5-MA’RUZA
AMERIKA PSIXOLINGVISTIK MAKTABI
Reja:
1 ‘’Psixolingvistika’’ terminining fanga kiritilishi
2 Amerikalik lingvistlarning qarashlari
Tayanch so‘z va iboralar: psixika, fiziologiya, bixeviorizm, neobixeviorizm, stimul, reaksiya, oraliq o‘zgaruvchi, assotsiativ munosabat, assotsianistik nazariya.
1953-yilda AQShning Blumington shahridagi Indiana universitetida Charlz Osgud, Djon Keroll, Tomas Sibeok singari Amerikalik olimlarning tashabbusi bilan universitetlararo seminar tashkil qilindi va mazkur seminarda psixolingvistika termini rasman fan sifatida muomalaga kiritildi.
Bu davrda bir tomondan, deskriptiv lingvistika rad etilar, ikkinchi tomondan, deskriptiv an’analar bosim o‘tkazar edi. Deskriptivistlar va nodeskriptivistlar orasidagi eng shiddatli munoqashalardan biri “so‘z” masalasi edi, ya’ni so‘z o‘zi nima, so‘z til birligi sifatida mavjudmi? Deskriptivistika tomonidan ishlab chiqilgan tahlil amallari deskriptivistlarning “morfema” tushunchasi bilan kifoyalanib, “so‘z” tushunchasini inkor qilinishiga olib keldi. Vaholanki, til so‘zlashuvchilari so‘zning obyektiv reallik ekanligini his qilishadi. Pirovardida psixologiya “so‘z” tushunchasini, deskriptivistika esa “morfema” tushunchasi afzal ko‘rdi. Deskriptiv lingvistikada eng kichik birlik fonema hisoblanadi. Holbuki, real vaziyatda segmentlangan nutq oqimining “tabiiy” birligi bo‘g‘in hisoblanadi. Masalan, dada so‘zi fonemalarga (d-a-d-a) emas, bo‘g‘inlarga (da-da) ajraladi. Sintaksis darajasiga chiqar ekan, deskriptiv lingvistika konstruksiya tushunchasini olib kirdi. Psixologlar esa yanada “sezilib, ko‘rinib turadigan” gap bilan ishlashdi. Shunday qilib, ikki: lingvistik (fonema, morfema, konstruksiya) va psixologik (bo‘g‘in, so‘z, gap) birliklar qatori yuzaga keldi. Psixolingvistika – 54 da ana shu ikki qatorning to‘qnashuvi muqarrarlashdi.
Boshqa tarafdan, XIX-XX asrlarda Yevropa psixologiyasining an’analarida tanazzul holati vujudga kelgan edi. Tabiiy fanlar, xususan, fizika, fiziologiyaning shiddatli rivojlanishi natijasida miya tuzilishi, uning mexanizmlar faoliyati haqidagi neyrofiziologik tasavvurlar jiddiy ishlab chiqilgandi. Bu bilan bir qatorda, psixik faoliyat sohasi ochiq, tushunarsiz edi. Psixika nima degani? Inson qanday o‘ylaydi? Inson tafakkuri, tasavvuri, emotsiyalarining asosi nima? Bu sof fiziologiyami? Unda nima? Bular fanda yangicha talqin “psixofizik muammo”ni paydo qildi. Jumladan, fiziologik va psixologik hodisalar mavjud bo‘lib, fiziologiyani aniq eksperimental metodlar bilan o‘rganish mumkin. Bu “tabiat”, “materiya”. Uning yonida esa qandaydir ilg‘ab bo‘lmas psixologik jarayonlar. Odamlarning miyasi va bioximik jarayonlar bir xil ko‘rinsa-da, har bir odam o‘ziga xos psixikaga ega. Amerika bixeviorizmi (behavior “xulq, xatti-harakat”) Yevropa klassik psixologiyasiga qarshi o‘ziga xos reaksiya sifatida yuzaga keldi.
Shu bilan birga, 40-50-yillarda aholining keng ko‘lamdagi ko‘chishi natijasida turli qatlamlarga mansub kishilarga chet tillarni o‘rgatishda qator muammoli savollar yuzaga keldi: Bolalarga necha yoshdan chet tilini o‘rgatish mumkin? O‘zga madaniyatlarni qanday o‘zlashtirish mumkin? Yangi tilning tuzilishini o‘rganishda ona tilidan tarjima amalga oshiriladimi yoki yangi tafakkur tuzilishi shakllanadimi? Tabiiyki, bunday savollarga chet tili o‘qituvchilari javob bera olmasdilar. Ularni javoblash uchun psixologik bilim talab qilinar edi. Aqli zaif, gung va ko‘zi ojiz bolalarning ta’limida ham qator muammolar tug‘ilgandi. Bu kabi muammolarni hal qilishda ham psixologning yordami lozim edi. Shuningdek, nutq buzilishining sabablarini o‘rganishda va nutqni qayta tiklashda faqat tibbiyot xodimlarining yordamigina emas, balki psixolingvistlarning ham yordami zarur edi.
Yuqorida qayd qilingan sabablarning barchasi seminarning tashkil qilinishiga va psixolingvistikaning yangi fan sifatida shakllanishiga turtki bo‘ldi. Ikki oy davom etgan seminarda psixolingvistikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi va uning kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Ushbu seminar natijalari Ch.Osgud va T.Sibeok tahriri ostidagi “Psixolingvistika. Nazariya va tadqiqot muammolari ocherki” (Psycholinguistics: A Survey of Theory and Research Problems/ Ch.E.Osgood & T.A.Sebeok. Baltimore, 1954)da e’lon qilindi. Seminar natijalari (keyinroq “Psixolingvistika – 54” deb nomlangan) butun dunyodagi psixolingvistik tadqiqotlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Nutqiy faoliyat jarayon sifatida qadimdan faylasuflarning tadqiqot obyektiga aylangan. Qadimgi Misr obidalarida qayd etilgan “Til yurakdagi fikrni takrorlaydi” iborasini tilning ruhiyat bilan chambarchas bog’liqligi va uning mahsuli sifatida nutqda reallashishi haqidagi ilk ta’rif deyish mumkin. Keyinchalik bu fikrlar antik davr faylasuflari tomonidan rivojlantirildi. Ular til va nutqni farqlab, nutqni so’zlash jarayoni tarzida baholadilar. Jumladan, eramizdan avval V asrda yashagan grek faylasufi Demokrit “Til belgi sifatida muloqot uchun xizmat qiladi va voqelikni aks ettiradi” degan g’oyani ilgari suradi. Platon esa “Kratil” asarida ushbu g’oyani rivojlantirib, nutqni inson ongida yaratiladigan faoliyat deya baholaydi.95 Buyuk faylasuf Aristotel ham nutqning kommunikativ xarakterda ekanligini e’tirof etgan holda og’zaki va yozma nutqni farqlaydi. “Tovushlar qo’shilmasida ifodalangan nutq, qalbdagi tasavvurlar belgisi, yozuvdagi ifoda tovushlarning belgisidir”.96 “Ritorika” asarida qayd etilishicha nutqni tashkil etuvchi uchta tushuncha mavjud: “etos”, “logos”, “pafos”. Etos – insonning axloqi bilan bog’liq etik pozitsiyani, logos - suhbatdoshga bevosita ta’sir o’tkazuvchi ma’noni, pafos- muloqot maqsadi va vaziyatiga mos keladigan ifoda shaklini anglatadi. Notiqning nutqi mana shu uch tarkibiy qismdan tashkil topmog’i shart deb hisoblaydi Aristotel.97 SHarqda ham til va nutqqa notiqlikning bevosita asosi sifatida qaralgan, ushbu asos esa nutq sohibining axloqiy, ma’naviy- ma’rifiy yetukligi bilan uzviy bog’liqligi ta’kidlangan. Jumladan, Forobiy “quvvai notiqa”ni inson fozilligining muhim belgilaridan biri hisoblasa, Husayn Voiz Koshifiy nutqda so’zning o’rni, so’z tanlashda voizning didi, nazokati, tinglovchining umumiy saviyasini hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi. Amir Temur ham nutqiy ifodaning aniqligi va rostligini yuksak qadrlagan. Alisher Navoiy nutqiy faoliyatni insonni hayvondan ajratgan buyuk ne’mat sifatida baholaydi va har bir so’zga zargar kabi yondashadi. Z.M.Bobur farzandlariga nutqning sodda, ravon, aniq bo’lishi muvaffaqiyatning garovi ekanligini uqtiradi. SHu kabi fikrlar tilimiz fidoyilari bo’lgan M.Behbudiy, A.Fitrat, A.CHo’lpon, A.Avloniyning qator maqolalarida ham o’z aksini topgan.
Til belgilarning murakkab tizimi sifatida shaxsning intellektual faoliyati, idroki, xotirasi, tafakkuri o’rtasida vositachidir. Bu tizimga kirgan belgilar real olamdagi narsa va hodisalarni cheklanmagan holatda ifodalay oladi. Barcha til belgilari birlashib, shu til egalari yashaydigan va nimalarnidir yaratadigan alohida umumiy manzarani hosil qiladi. Aynan mana shu sababga ko’ra insonlarning turmush tarzi, ijtimoiy holati rang-barang bo’ladi va bir-birlaridan o’zaro farqlanadi.98 Til va nutq birliklari belgi sifatida ma’no, tushuncha, fikr ifodalaydi. SHu bois F.Sossyur tilni fikr ifoda etuvchi belgilar sistemasi deya ta’riflaydi. Tilning belgi tabiatiga ega ekanligi va informatsiya uzatish, informatsiyani qabul qilish qobiliyatida yaqqol ko’rinadi. Demak, tilning tarkibini tashkil qiluvchi struktural elementlar ijtimoiy vazifa bajaruvchi belgilar sistemasidir. Insonning olamni anglash, idrok etish va qabul qilish salohiyati beqiyos. SHuning uchun tashqi olam uning ichki olamiga bemalol jo bo’ladi. Ammo har bir hodisa shu insonning ong va qalb prizmasidan qanday o’tadi va qayta akslanish qay tarzda sodir bo’lishini hech kim, hech qachon ayta olmaydi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, insonning ichki olami tashqi olamdan ko’ra kengroq, rang-barangroq deyishga to’la haqlimiz. Inson haqida gap ketganda “inson olami”, “insonning ichki dunyosi” kabi atamalar bejiz qo’llanmaydi. Zotan, har bir inson alohida bir olam va uning ma’naviyati, axloqiy darajasi, fe’l-atvori va xatti- harakati bevosita ana shu ichki dunyo qiyofasi, ichki olam ko’rinishi orqali baholanadi. Insonning ma’naviy olami esa, o’zini aql-zakovat, tafakkur, iroda va eng asosiysi, ko’p asrlardan beri tilshunoslar, tibbiyotchilar, ruhshunoslar, faylasuflarning tadqiqot manbaiga aylangan o’zaro nutqiy munosabatlar orqali namoyon etadi. Psixolingvistika so’zini birinchi bo’lib Amerikalik psixolog N.Pronko 1946 yil chop etilgan maqolasining sarlavhasida qo’llagan bo’lsa ham, bu atama 1953 yilga kelibgina Amerika- ning Indiana shtati Blumington shahrida o’tkazilgan universitetlararo tadqiqiy seminarda alohida fan, ilmiy nazariya nomi sifatida mazmun va mohiyat kasb etdi.Seminar tashkilotchilari taniqli amerikalik psixologlar J.Kerrol va CH.Osgud, tilshunos, etnograf T.Sibeok edi.Ikki oy davom etgan tadqiqotlar,bahs va munozaralar mahsuli sifatida “Psixolingvistika nazariy va tadqiqiy muammolar haqida ocherk” nomli kollektiv to’plam chop etildi va juda katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Kitobda nutqiy faoliyatni eksperimental tadqiq etishning amaliy vazifalari nazariy nizom tariqasida qisqacha yoritilgandi. Tez orada psixolog va tilshunoslarning nutqiy faoliyatni kompleks tadqiq etishga yo’naltirilgan chaqiriqlari ommaviy axborot vositalarida chop etildi. Butun Yevropa, Rossiyaning vayronalar ichida ekanligi,ikkinchi jahon urushining dahshatlari hali unut bo’lmaganligi, iqtisodiyot hali to’la izga tushmaganligi e’tiborga olinsa, ushbu chaqiriq noo’rinday tuyiladi. Aynan shunday og’ir davrda nutqiy faoliyat muammosining ko’tarilganligi, davlat miqyosida mablag’ bilan ta’minlanishi ko’pchilikni ajablantirdi. Haqiqatan ham, jamiyatda nutqiy faoliyat tadqiqiga ma’naviy ehtiyoj juda katta bo’lgan. Ikkinchi jahon urushi natijasida kelib chiqqan birinchi ehtiyoj urush izdan chiqarib yuborgan migratsiya jarayoni hisoblanadi. CHunki o’sha yillari yevropaliklar jon saqlash ilinjida okean ortiga – Amerikaga qochib ketgandilar. Tinch va farovon hayotni orzu qilganlarning son-sanog’i, millatlarning adog’i ko’rinmasdi. Amerika maorif tizimi emigrantlarning oqimi oldida ojiz qoldi. Muhojirlar to’laqonli hayot kechirish, ishlash uchun tabiiy ravishda yerli aholi bilan muloqotga kirishishga harakat qilar, ammo hamma ham buni uddalay olmayotgandi. Muloqotga kirishish uchun esa ingliz tilini o’rganish zaruratga aylandi. Amerikalik lingvistlar oldida quyidagi masalalarni hal qilish muammosi turardi. Katta va kichik yoshdagi turli millat vakillariga qanday qilib til o’rgatish mumkin? Yevropalik bilan osiyolikka bir xil metod bilan yondashish mumkinmi? Til o’rganishda o’quvchining yoshi, jinsining ahamiyati bormi? Muhojirlar ingliz tilini tez va oson o’rganishlari uchun nima qilish kerak? Mana shu kabi savollarga javob izlash jarayonida hozirda ommalashgan turli bosqichlardan iborat qisqa ingliz tili kurslari ochildi va asta-sekin takomillasha boshladi.
Ikkinchi asosiy ehtiyoj urushdan yarador bo’lib qaytgan jangchilarni kundalik hayotga, jamiyatga qaytirish ehtiyoji butun dunyoda hal qilinishini kechiktirib bo’lmaydigan muhim masalaga aylangandi. Mana shu ezgu niyat medik,psixolog, pedagog, lingvistlarni birlashtirdi. Miyasi shikastlangan, eshitish,ko’rish,nutq organlari jarohatlangan, xotirasini yo’qotgan bemor- larning har biri individual yondashuvni talab qilardi. Bu juda ham mashaqqatli, murrakab jarayon ediki, natijasini ba’zan yillab kutishga to’g’ri kelardi. Mana shunday amaliy tadqiqotlar natijasida, bir necha fanlar chorrahasida asta-sekin psixolingvistika shakllandi, tilshunoslik- ning tatbiqiy yo’nalishi sifatida tanildi va fan sifatida mazmun, mohiyat kasb etdi. SHu davrda fanlar uyg’unligida yuzaga kelgan neyrolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika ham yangi bosqichga ko’tarildi. Ushbu tarixiy faktlar ham jamiyat rivojida tilning ahamiyati beqiyos ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Psixolingvistika termini ham shu yillari ko’p qo’llana boshlasa-da, faqat 1957 yilga kelib psixolingvistikani tilshunoslikning bir bo’limi sifatida tan olish kerakligi haqidagi fikr o’rtaga tashlandi. Yuqorida nomi zikr etilgan asarning dastlabki ikki bobida psixolingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va mavqei haqida so’z boradi. J.Jenkins turli bixevioristik nazariyalarni, ya’ni Gazri, Golman, Skinner, Xal nazariyalariga to’xtalib, ularni mexanik va atomik xarakterga egaligini ta’kidlaydi. Aniqroq qilib aytsak, ular insonning murakkab xulq-atvorini to’la qamray olmaydi. SHuning uchun bu kitobdagi psixologik kontsepsiya asosini CH.Osgudga mansub neobixeviorizm tashkil qiladi.99 Fikrimiz isboti uchun tilshunoslik tarixiga yana bir karra nazar tashlashga to’g’ri keladi. Psixologiya va tilshunoslik fanining hamkorligi uzoq tarixga ega. Umumiy va nazariy tilshunoslikning shakllanishiga asos solgan V.Gumboldt lingvistik kontsepsiyasining eng muhim jihati – nutqiy faoliyatda sotsiallik va individuallik dialektikasi tushunchasini tilshunoslik faniga olib kirganidir. Olim har bir tilda til egalarining dunyoqarashi aks etishi, tillarning xilma-xilligi faqat tovushlarning turlicha ekanligida emas, balki har bir millatdagi dunyoni ko’rishning farqliligi natijasi ekanini aytadi. “Tillarning struktur farqlanishi va uning kishilarning ruhiy olamiga ta’siri” nomli maqolasi psixolingvistik qarashlarning ilk nazariy manbasi sifatida tan olinadi. V.Gumboldt lingvistik qarashlarining falsafiy asoslari sifatida nemis faylasuflari I.Kant va G.Gegel falsafasini ko’rsatish mumkin. Xususan, I.Kantning “Antropologiya pragmatik nuqtai nazaridan” asarida kommunikatsiya jarayonida kommunikantlar o’rtasidagi axborot uzatish va qabul qilishning ziddiyatli xarakterda bo’lishi ta’kidlanadi. Faylasufnin bu xulosasiga tayangan V.Gumboldt kommunikantlar o’rtasidagi tushunish va tushunmaslik antinomiyasi to’g’risidagi g’oyani ilgari suradi. Til Gumboldt nazarida inson va jamiyatni bog’lab turuvchi vosita. Til shakli tabiatiga ko’ra sotsial bo’lib, u nutqiy faoliyatda til materiyasi uchun tashkillashtiruvchi manba bo’lib xizmat qiladi. Til materiyasi bir tomondan tovushlar yig’indisi, ikkinchi tomondan ichki kechinmalar, hissiy taassurotlar yig’indisidir. Unisi ham, bunisi ham individual hodisa. Til shuning uchun ham o’ziga xos mohiyat kasb etadiki, o’zining ma’nosini doimo tafakkurdan o’tish aktidagina saqlab qoladi, ammo bus-butunicha tafakkurdan holidir.Til va tafakkurning o’zaro bog’liqligi haqida N.Mahmudov shunday deydi: “...til rasolashgan sari tafakkur, tafakkur rasolashgan sari til rasolik kasb etib boradi”. Tafakkurning reprezentatsiyasi til hisoblanadi. Ong amalda til formasida mavjud. SHu bilan birga til va tafakkur murakkab qarama qarshiliklarga boy bo’lgan dialektik birlikdir. Til fonetika, grammatika qonunlari asosida tashkil topgan material hodisa bo’lsa, tafakkur obyektiv borliqning inson miyasida aks etishining oliy formasi sifatida ideal hodisadir. Til shakli o’ziga xosligini til materiyasining hosil bo’lish jarayonida namoyon etadi. Til bir tomondan barqarorlik, ikkinchi tomondan o’zgaruvchanlik belgisiga ega. Til faolligi ijtimoiy, sotsial hodisa sifatida individga ta’sirida namoyon bo’ladi. O’z-o’zidan tilning ijtimoiyligi ham individ nutqida faollashadi, reallashadi. Bunday ilmiy qarashlar tilshunoslik tarixida til va nutqni bir-biridan ajratishga zamin yaratdi. Gumboldt turli insonlar tilidagi o’xshashlikni tovush birligi va ruhiy ma’no birligidan izlagan. U tovush birligini irsiyat bilan bog’lab, ruhiy birlikni esa jamiyat birligi sotsial faktor bilan izohlaydi. SHunday fikrni Gumboldtdan 900 yil oldin “ikkinchi muallim” nomi bilan mashhur bo’lgan Abu Nasr Forobiy ham bildirgan edi. “Har qanday bilish dastavval, o’zini qurshab turgan olamdagi narsa va hodisalarni kuzatishdan boshlanadi. CHunki tafakkur faoliyati bilan hosil qilingan mohiyat o’zining tabiiy asosidan oldin bo’lishi mumkin emas. Bilishdan maqsad haqiqatga erishmoqdir”.. Ong faqat obyektiv olamning in’ikosini emas, balki insonning o’z ruhiy faoliyatini anglashini ham o’z ichiga oladi. Ong voqelikning ham aqliy, ham hissiy in’ikosini qamrab oladi. SHuningdek, u inson hissiyotlarini, irodasini ham o’z ichiga oladi. SHunga uyg’un fikrni tildagi o’zgarishlarni nozik ilg’ay oladigan tilshunos olim N.Mahmudov quyidagicha ifodalaydi: “Olam benihoya murakkab, muhtasham va ayni paytda muntazam voqelikdir, inson bolasi ibtidoiy sezgi organlari va intiho bilmas aqliy zakovati bilan bu murakkablikning tarkibini aniqlashga, bu muhtashamlikning hashamlarini idrok etishga, bu muntazamlik asosidagi mavjud intizomni inkishof qilishga tinimsiz urinish mashaqqatidan huzur qilib yashaydi”. SHuning natijasida har birimizning ongimizda o’zimizga xos olam manzarasi va uni ifodalashga qodir bo’lgan o’zimizga mos til boyligimiz bor. Va bu buyuk ne’matning nimaga sarflanishi har bir insonning bilimi, iqtidori, tarbiyasi va madaniyatiga bog’liq. “Forobiy bugungi til falsafasi uchun g’oyat muhim tushunchalarga (konstanta – aktsidentsiya, zot-tazohir, umumiylik-xususiylik; fahmiy (hissiy) bilish-idrokiy bilish), asos solgan ulug’ faylasuf bo’lish bilan birga, tilshunoslikning umumiy masalalarini yoritib bergan ulkan tilshunos olim hamdir”.105 Lisoniy va mantiqiy faoliyatlar o’zaro qo’shilib, yagona nutqiy tafakkur faoliyatini tashkil etadi. Demak, nutqiy birliklarning hosil bo’lishi va ularning tushunilishi aqliy faoliyatning natijasidir. “Tafakkur voqelik haqidagi axborotni qabul qilish, to’plash, qayta ishlash va tartibga solish usulidir”. – degan xulosaga keladi SH.Safarov o’zining “Kognitiv tilshunoslik” risolasida. SHu kabi fikrni buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning til va nutq borasidagi qaydlarida ham uchratish mumkin. Alisher Navoiy fikrlariga e’tibor berilsa, bu olim V.Gumboldt va F.de Sossyurlardan ancha oldin til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlaganining guvohi bo’lamiz. Alisher Navoiy imkoniyat tarzidagi so’zni (til birligi), sohibi ixtisos (so’zlovchi) tomonidan turli jilvalantirilishi (nutq birligi ) mumkinligini bayon qiladi. Bizningcha, psixolingvistikaning negizini ham ayni shu fikrlardan izlash to’g’ri bo’ladi. “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida ta’kidlanishicha, so’z go’yo durdur. Durning joylashish o’rni dengiz tubi bo’lsa, so’zning joylanish o’rni ko’nguldir (xotiradir). Dur g’avvos yordamida dengiz tubidan tashqariga chiqarilib, jilvalantirilsa va g’avvosning qiymati javharni jilvalantira olish qobiliyatiga qarab belgilansa, so’z sohibi ixtisos tomonidan ko’ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqning qiymati so’z qo’llash mahoratiga uni jilvalantirish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Dengiz qa’rida harakatsiz imkoniyat tarzida turgan durlar g’avvos yordamida harakatga keltirilsa, ko’ngil tubidagi imkoniyat tarzidagi so’zlar ham so’zlovchi tomonidan nutq jarayonida o’z jilvasini topadi.106 Ushbu ilmiy qarashlarni XXI asr tilshunoslarining tadqiqot obyektiga aylangan nutqning yaratilishi va unda subyektning o’rni, so’zlovchi va tinglovchining o’ziga xos jihatlarini kommunikatsiyaga ta’siri, kommunikantlar ruhiyatining nutqda aks etishi, nutqning yaratilishi kabi dolzarb masalalarning negizi deyish mumkin. CHunki sharqda lisoniy umumiylik va xususiyliklarni farq qilishga intilish shu fan paydo bo’lgan kundan boshlab mavjud.107
Agar Gumboldt tilni jarayon, ontologik birlik, inson ruhiy faoliyatining muhim qismi sifatida ko’rib chiqqan bo’lsa, uning izdoshi SHteyntal esa til yo jarayon, yo ontologik hodisa degan fikrni bildiradi. “Til mohiyat sifatida porox emas, ammo jarayon sifatida portlashdir” – deydi SHteyntal. (Ta’riflardagi mohiyat birligi, ifoda planining har xilligi kishini hayratga soladi. Hattoki ilmiy uslubda ham zamon va makon, imkoniyat va voqelik, sharq va g’arbning o’ziga xosliklari o’z aksini topar ekan, Navoiyda “dur”, “jilva”, SHteyntalda “porox”, “portlash”. Hatto, shu misolning o’ziyoq psxolingvistikaning ildizlarini ancha uzoq asrlarga olib ketadi). Bunday mantiqiy fikrlash SHteyntalni tilni subyektiv – psixologik tushunishga olib keldi. R.SHor o’z vaqtida bunga to’g’ri baho bergan edi: “SHteyntal Gumboldt g’oyalarini tubdan qayta qurmoqda. Gnoseologik muammolarni tillarning o’zaro munosabati muammolari bilan, ong va turmush, individual nutq taraqqiyoti muammolari bilan, individual tafakkur va individual nutq taraqqiyoti muammolarining o’rnini almashtirgan holda qayta qurmoqda”. SHteyntalning xulosasi shu bo’ldiki, umumiy tilshunoslik va psixologiya o’zaro chambarchas bog’liq tushunchalar, ya’ni til xuddi xayol, iroda kabi psixologik kategoriyani hosil qiladi. Psixologiya mohiyatni, tilshunoslik esa jarayonni o’rganadi. Bunday qarash tilshunoslikda individual psixologiya deb nom oldi va olimga quyidagicha ta’rif berilishiga sabab bo’ldi: “SHteyntalning shaxsi Robinzon kabi o’ziga o’zi kompozitor, organchi va organ edi”. Agar til faqatgina individual hodisa bo’lsa xalq tili, millat tili degan tushunchalarni qanday tushunmoq kerak? Bu tilda so’zlashuvchilarni nima birlashtiradi? SHteyntal bu hodisani nasldan naslga o’tuvchi holat sifatida baholaydi. Bu kontsepsiya, albatta, yanglish edi va Boduen de Kurtene shuning uchun ham SHteyntalni yolg’on tushunchalarni tadqiq qilishda ayblagandi. A.Potebnya so’zga quyidagicha baho beradi: “So’zsiz hech qanday fikr almashuv, hech qanday insoniyat erishgan bilim bo’lmas edi”. Potebnya dialektikani sotsial va individual-psixologik tushunishda Gumboldtga yaqin. Olim V.Gumboldtning “tushunish – tushunmaslik” antinomiyasini rivojlantirdi. Mazkur holatni individual psixologiya bilan uzviy bog’lab, bir narsani so’zlovchi va tinglovchi turlicha tasavvur qilishi mumkinligini, natijada so’zlashuvchilar o’rtasida predmet obrazi turlicha namoyon bo’lishini ta’kidlaydi. A.Potebnya bir qator lisoniy hodisalarni izohlash da psixologizm yo’lidan boradi. Masalan, so’zning paydo bo’lishini insonga obyektiv borliqning ta’siri deya izohlaydi. “Yosh grammatiklar” SHteyntal izidan bordilar. Ular uchun til jarayon yoki jarayonlar yig’indisi emas balki, “psixik obrazlar” yoki assotsiatsiyalar yig’indisidir. Bu haqda G.Paul shunday deydi: “Psixik holatlar bir qalbda individual psixologiyaning umumiy qonuniyatlariga bo’ysungan holda ro’y beradi”. Boduen de Kurtene esa tilni muayyan bir jamiyatni tashkil etgan individlar ongida, psixikasida, individlarning tili sifatida yashaydi degan g’oyani ilgari suradi, o’z tadqiqotlarida shaxs nutqiga asosiy e’tiborni qaratadi.
Dostları ilə paylaş: |