YOSH O'QITUVCHINING XUSHMUOMALALIGI,NAZOKATI,DILKASHLIGI VA PEDAGOGIK MAHORATI Reja: 1.Pedagogik nazokat haqida tushuncha.Uning mohiyati va xususiyatlari.
2.Yosh o'qituvchining pedagogik mahorati.
3.O'qituvchi nazokatida dilkashlik va yosh o'qituvchilarning kasbiy pedagogik dilkashligini o'rganish dasturi.
4.Pedagogik odob.Pedagogning xushmuomalaligi.
Tayanch tushunchalar: nazokat, pedagogik nazokat, dilkashlik,pedagogik odob,xushmuomalalik.
O’qituvchining o’quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo’shilib keta olishi nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o’quvchilar orasida olib boriladi. O’zaro munosabatlarni ishonch va do’stlik tuyg’ulari bilan mustahkamlab borish o’qituvchidan jiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi.
Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis.
Pedagogik nazokat- o’qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor tuyg’usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik nazokat o’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig’indisidir.Pedagogik nazokat me’yorlari o’qituvchidan avvalo komil insonga xos hislatlarga ega bo’lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo’lib, u davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazish o’qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat o’qituvchisining o’zi avvalo komil inson bo’lishi, mukammal bilimlar sohibi, etuk insoniy fazilatlar egasi bo’lishi zarur. O’qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi:
-pedagogik nazokat o’qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallanib, takomillashib boruvchi jarayon;
-pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo’lmay, insoniy fazilatlar evaziga uzluksiz boyib boradi;
-o’qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o’zgartirishi mumkin;
-o’qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi talab etiladi;
-pedagogik nazokatni o’qituvchi har bir o’quvchi bilan o’zaro munosabatda o’zi uchun eng qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlashi lozim.
Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy vondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, 0'rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo'lish, ilg‘or xorijiy davlatlaming o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi.Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlami tashkil etish pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan holi bo'lish, o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyadarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o'zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo'llarini topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo'libgina qolmay, ayni vaqtda o'qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o'quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Pedagogik mahoratning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uni o'qituvchi shaxsi va kasbi to'g'risida mukammal ma’lumot va tushunchalarga ega ekanligidadir. O'qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarg ega bo'lishi bilan birga, kasbiy, ya’ni ixtisoslik fazilatlariga ham ega bo'lishi lozimligini tajriba ko'rsatmoqda.
Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. “Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan sunggina xakikiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko.
Pedogogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni ta'minlash bo'lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori choq-isiga erishganligini bildiradi.
O’qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o’qituvchining muhim hayotiy o'rni, uning o'z ishining ustasi bo'lishdir.
Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo’lmish dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin munosabatda bo’lishga intilishi deb ta’riflanadi. Bu intilish o’qituvchining o’quvchilar va atrofidagi kishilar bilan tez aloqa o’rnata olishi va belgilangan maqsadga erishishini ta’minlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga sodir bo’lmaydi, ayniqsa yosh o’qituvchilardan psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik, ehtiyotkorlik talab qilinadi. Psixologlar o’qituvchining dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta’kidlaydilar:
Birinchisi, ekstravert shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, osoyishtalikka va tashqi ta’sirchanlikka moyil kishilardir.
Ikkinchisi, introvert shaxslar: Ular faqat o’z ichki olamiga beriluvchan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o’z-o’zini nazorat qilishga, doimo ichki xavotirga moyil kishilardir.
Pedagog olimlar o’qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo bo’lishini ta’kidlaydilar. Biroq, ko’pincha pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar dilkash insonlar sifatida e’tirof etilganlar. O’qituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.
Pedagog olimlar o’qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo bo’lishini ta’kidlaydilar. Biroq, ko’pincha pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar dilkash insonlar sifatida e’tirof etilganlar. O’qituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.
Dilkashlik munosabatini doimiy ravishda o’z kasbiy faoliyatida mujassamlashtirgan o’qituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak:
-sinf jamoasiga nisbatan bir qolipdagi fikrlarning muayyan tizimiga ega bo’lishi;
-o’quvchilar bilan doimo erkin muloqot qila olishi, har bir o’quvchiga individual shaxs sifatida yondashishi;
-birorta ham o’quvchisining yomon bo’lishiga, ularning hurmat e’tiborini qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi;
-biror o’quvchiga nisbatan ishonchsizlik, salbiy munosabat sinf jamoasi bilan o’zaro yaxshi munosabatni yo’lga qo’yilishiga halaqit qilishini bilishi;
-o’quvchilar bilan muloqotda haddan tashqari masofani (subardinatsiya) saqlash mumkin emasligi;
Xushmuomalalilik va dilkashlik shaxsning insoniy fazilati sifatida o’qituvchining ham kasbiy faoliyatidagi yuksak fazilatlaridan biriga aylanib, o’qituvchining pedagogik muloqoti unumdorligini ta’minlaydi. Pedagogika oliy o’quv muassasalarida bo’lajak o’qituvchilarni kasbga tayyorlashda, xushmuomalalilik va dilkashlikni shakllantirish uchun maxsus tayyorgarlikdan o’tishni taqozo etadi. O’qituvchining dilkashligi – uchta tarkibiy qismni birlashtiruvchi jarayondir:
-muloqotda zaruriyatning mavjudligi;
-muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kayfiyat;
-kommunikativ ko’nikma va malakalarga ega bo’lish.
O‘qituvchi faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi. Pedagogik faoliyat o‘quvchi dunyoqarashi, e’tiqodi, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz masalalarni yechish jarayonidir. O‘qituvchi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni yechish usullarida, ularni hal qila olish yo‘llarini qidirib topa olishida ifodalanadi.
Mahoratli o‘qituvchi o‘quvchilar ruhiyatini, bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladi, dars materialini bayon etish jarayonida o‘quvchilarning qanday o‘zlashtirayotganini payqab, zarur hollarda bayon qilish usulini o‘zgartiradi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatish u yoki bu yuksak axloqiy sifatlarning mohiyatini anglatish demakdir. Har bir shaxsga ta’sir etish tarbiyachining pedagogik mahorati va obro‘siga bog‘liq. Bunda:
- o‘quvchining ijobiy xatti-harakatlariga to‘sqinlik qilmasligi;
- talab aniq va tushunarli bo‘lishi;
- qo‘yilgan talab va vazifalarning natijasini bilish;
- talab o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasiga mos bo‘lishi, o‘quvchilarga kesatish, luqma, minnat qilish bo‘lmasligi lozim.
O‘quvchilar jamoalarini tashkil qilishda o‘qituvchidan turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi. Jumladan:
1. O‘qituvchi jamoa a’zolarini yangi sharoitga moslashtirish jarayonida ularga ishonch, hurmat, xushmuomalalik talablarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo‘lishi kerak.
2. O‘quvchilar jamoasidagi yetakchi kuch — tayanch o‘zagini tanlash.
3. Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish.
4. Jamoada yangi an’ana, qonunqoidalarning dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish.
5. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
Har bir pedagogning dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomalaning asosiy vositasi tildir. Shunday ekan, tarbiyachi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Haqiqiy o‘qituvchi bolalarning kayfiyati noxushligini darrov fahmlaydi.
O‘quvchiga qo‘pol muomala qilish o‘qituvchining faoliyatiga putur yetkazadi. “Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashqqa” degan edi ulug‘ olim Arastu. Ana shu g‘oyalarga asoslangan holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishi lozim:
- tarbiyada ulg‘ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh
-yigit-qizning betakror va o‘zigagina xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqiy erkinligini e’tiborga olish;
- milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon madaniyatining ilg‘or tajribalariga asoslanish;
- o‘quvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, to‘laqonli bolalar yoshiga mos hayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ko‘ngilochar va shunga o‘xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada o‘quvchilar o‘zlari xohlagan ishga qo‘l ursin, muvaffaqiyat hissini tushunib, o‘zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bo‘lsin.
Demak, o‘qituvchi jamiyat hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi, murakkab shaxs strukturasiga ega bo‘lgan insonning kasbiy qiyofasidir. Ijtimoiy turmushning barcha sohalarida erishilgan yutuqlarning zaminida uning mehnati yotadi. O‘quvchilarning pedagogik-psixologik tayyorgarligi va bilimlar integratsiyasi, muomala madaniyati, psixologik vaziyatlarni e’tiborga olish kabilar kuchli bo‘lishi kerak. Yuksak saviyali, zo‘r mahoratli o‘qituvchilargina xalq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalay oladi.
Pеdаgоg оdоbi umuminsоniy vа milliy ахlоqning qоnuniyatlаri, vаzifаlаri, tаmоyillаri, tushunchаlаri, tаlаblаri, mеzоnlаrini tа’lim-tаrbiya jаrаyonidа оydinlаshtirib, pеdаgоgning tа’lim оluvchilаr, kаsbdоshlаri, оtа-оnаlаr, tа’lim muаssаsаsi rаhbаrlаri bilаn munоsаbаtlаridа nаmоyon bo’lаdigаn kаsbiy-ахlоqiy хususiyatlаri yig’indisidir.
Ахlоqiy tа’lim-tаrbiyaning tаrkibiy qismi sifаtidа pеdаgоg оdоbi fаzilаtlаrini shаkllаntirishdа ikki yo’nаlishdаgi аlоqаdоr tushunchаlаrni tаhlil qilish mаqsаdgа muvоfiqdir: birinchisi – jаmiyatning o’qituvchi shахsigа munоsаbаti; ikkinchisi – o’qituvchi shахsining jаmiyatgа munоsаbаti.
O’qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo’lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o’qituvchi-tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir.
O’qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e‘tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e‘tiqod va sifatlar o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, o’quvchilar, ota-onalar va boshqa kishilar bilan muomala, munosabatlarida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishida ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt o’qituvchi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarida namoyon bo’ladi.
O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlar, tushunchalariga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog’liq tarzda bir qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g’urur, baynalmilalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, mas‘uliyat, vijdon, halollik, rostgo’ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda tahlil qilinadi. Bolalarga yaxshilik qilish, o’qituvchilik burchi, o’qituvchilik sha‘ni, qadr-qimmati, o’qituvchilik mas‘uliyati, o’qituvchilik vijdoni, talabchanlik va adolatli bo’lish, o’qituvchining ma‘naviy qiyofasi halolligi, pokligi, rostgo’yligi kabilar o’qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularning chuqur va puxta o’zlashtirish bo’lajak o’qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Demak, o’qituvchining muomala odobi-u aloqa qiladigan odamlar, muassasalar bilan o’zprofessional vazifasini bajarayotganda sodir bo’ladigan axloqiy munosabatlar majmuidir. Bu yondoshuv asosida pedagogik muomala odobini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasidagi muomala; o’qituvchi bilan pedagogik jamoa o’rtasidagi muomala; o’qituvchi bilan ota-onalar o’rtasidagi muomala; o’qituvchi bilan maktab rahbarlari o’rtasidagi muomala.
Muomala odobida o’qituvchining axloqiy ongi, axloqiy faoliyatining yetuklik darajasi, axloqiy ehtiyojlari va axloqiy yo’nalishlari, so’zi bilan ishining birlik darajasi, xullas, muallimning faol hayotiy nuqtai-nazari namoyon bo’ladi.
0 ‘qituvchilik faoliyati ushbu kasbni tanlagan har bir yosh yigit
qizlardagi qobiliyat va iste’dodning barcha qirralarini ishga solish
majbur qiladi. A.S.Makarenkoning fikricha, “jamoada 40
qobiliyatsiz о 'qituvchi о rniga 4 ta qobiliyatli tarbiyachi-o ‘qituvi
bo'lgani ma’qul”ligi haqida gapirgan edi. Bu bilan u qobiliyat
kishilar ta’lim-tarbiya ishiga katta zarar etkazishi mumkinlig
alohida uqtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar: A.Xoliqov ,,pedagogik mahorat"darslik, A.Ziyayev PEDAGOGIK MAHORAT o'quv qo'llanma,Toxtaxodjaeva M.X. “Pedagogik mahorat” DarslikMirziyoev SH.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”–T. O’zbekiston, 2017.
Internet saytlari:azkurs.org,ziyonet,arxiv.uz, ziyo.uz,kompy.info va hokazo
Foydalanilgan adabiyotlar
I.A.Karimov. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T, 1997 y. 7-12 betlar.
V.A.Kruteskiy. Pedagogik psixologiya asoslari. T, 1976 y. 296-300 betlar.
M.G.Davletshin. Zamonaviy maktab o’qituvchisining psixologiyasi. T, 1999 y. 11-18 betlar.
E.G’oziyev. Oliy maktab psixologiyasi. T, 1997 y. 94-98 betlar.