SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
ǀ
ISSUE 5
ǀ
2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 378
PSIXOLOG FAOLIYATINING ETIK MUAMMOSI, KASBIY
ME’YORLARNING O‘ZIGA XOSLIGI
Shaxnoza Po‘lot qizi Shavkatova
Otabek Ganiyevich Nabijonov
Buxoro davlat universiteti Amaliy
psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada psixolog faoliyatining etik muammosi, kasbiy me’yorlarning
o‘ziga xosligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Psixolog shaxsining axloqiy jihatlari va
me’yorlari haqida so‘z boradi. Psixologik xizmatni tashkil etish uchun amaliyotchi
psixologdan talab etiladigan jihatlar yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
etika,
psixoterapiya,
psixokorreksiya,
patopsixologiya,
defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, sotsiologiya.
Kirish:
Amaliy psixolog statusiga ega bo‘lishni istagan insonga bir qator talablar
qo‘yiladi ularning birinchisi u oliy ma’lumotli psixolog bo‘lishi zarur. Bunday diplom
oliy o‘quv yurtini bitirganda yoki ikkinchi mutaxassislik orqali olinadi. Bundan tashqari
amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya, patopsixologiya, defektologiya,
psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, sotsiologiya, huquq fanlaridan xabardor
bo‘lishi talab qilinadi. U albatta bolalar bilan muloqot qila olishi talab qilinadi. Amaliy
psixolog albatta psixologik maslahat sirlaridan habardor bo‘lishi lozim. Amaliy
psixolog albatta hamma sohalarda ishlaydi. Amaliy psixologning statusi rahbar kabi
yuqori bo‘ladi va shu bilan birga u hammaga hamdard bo‘la oladigan inson bo‘lishi
talab qilinadi. U mijoz bilan suhbatlashayotgan albatta mijozning psixologik
xavfsizligini ta’minlashi zarur bo‘ladi. Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida
ishlash vaqtida albatta psixodiagnostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat
bera olishi talab qilinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog EHM sohasini yaxshi bilishi
talab qilinadi.
Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson
muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u
suhbatga kirisha olishi va insonlarni o‘ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi zarur
bo‘ladi. U o‘zida ishonch uyg‘ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik ta’sir
o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Demak bo‘lajak amaliy psixologlar uchun birinchi talab
ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan psixolog
o‘z ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning shaxsiyatiga
tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo‘lishi talab qilinadi. Ularning
axloqiy jihatlari quydagilarni hisobga olishi kerak:
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
Dostları ilə paylaş: |