Psixologik maslahat



Yüklə 7,29 Mb.
səhifə1/16
tarix07.01.2024
ölçüsü7,29 Mb.
#210762
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
19-PSIXOLOGIK-MASLAHAT-ZAMIRA-NISHANOVA-2010-Oquv-qollanma-


O kZ BEKlSTON R ESPU B LIK A SI OLIY VA O lRTA MAXSL'S TA’L IM VAZIRLIG1
ZAMIRA NISHANOVA, SHODIYA ASOM UDDINOVA

PSIXOLOGIK MASLAHAT


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o'quv yurtlari pedagogika va psixologiya yo‘nalishida t a ’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan

u ¿ B t M M U í N h AYLASUFLARl MILLI Y JAMIYATI NASHRIYOTI


T OSH KE NT - 2010





88.4
N-68
Nlshanova, Zamira Taskarayevna.
Psixoiogik maslahat: o 'q u v qo‘llanma/Z.T. Nishanova, Sh. A som ud- dinova; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o 'rta maxsus ta’lim vazirligi. - Toshkent: « 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010.
- 248 b.



  1. Asomuddinova, Shodiya



BBK 88.4ya73



O'quv qo'llanmada psixoiogik maslahatni tashkil etish texnikasi, bosqichlari, te.xnologiyasi kabi maslahatning qiziqarli jarayonlari aks etgan. Mazkur faoliyat psixolog mutaxassisdan maxsus, juda chtiqur bilim hamda kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. O'quv qo'llanmada psixolog-maslahalchi uchun juda muhim masaialar usrida kengroq to'xtalib o'tilgan.
Qo'lianmadan oliy o'quv yurtlari pedagogika-psixologiya yo'nalishi (5140800)
bo'yicha ta ’lim olayotgan talabalar, o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, umuman, shu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin.

T a q r iz c h i la r : F . I . H a y d a ro v - Psixologiya fa n la ri n o m z o d i , d o ts e n t,


S .M . T o ‘y ch iy ev a - P sixologiya fan la ri n o m z o d i, d o tse n t.

ISBN 9 7 8 - 9 9 4 3 - 3 1 9 - 9 7 - 4


© « O 'z b c k is to n faylasuflari m illiy ja m iy a t i» n a s h r iy o l i , 2 0 10 .

K IR IS H
Psixologik maslahat —bu psixolog kasbiy mutaxassislik faoliyatida nisbatan yangi soha hisoblanib, mamlakatimiz fan taraqqiyotida psixologiyaga oid ilmiy îadqiqot ishlari psixologiya fanini o ‘qitish, psixologik korreksiya va psixodiagnostika kabi an ’anaviy amaliy ish shakllari bilan bir qatorda mustaqil faoliyat sohasi sifatida yaqinda ajralib chiqdi. So‘zsiz bu faoliyat mutaxassisdan m axsusjuda chuqur bilim hamda kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. Bu tayyorgarlikni oddiygina tashkil etish, yuqorida sanab o ‘tilgan bilim sohalari va m alakalar bilan almashtirish m um k in emas, biroq psixolog- maslahatchi uchun mazkur bilimlarning barchasi ham juda zarur.
Psixologik maslahatlarsohasidagi bilimlar faqat amaliy psixolog bolishni xohlovchilar uchun emas, balki ijtimoiy xizmat xodimlari va dcfcktologlar (maxsus psixologiya sohasidagi mutaxassislar) uchun ham majburiy hisoblanadi.
Hozirgi kunda mutaxassislarni tayyorlashda barcha oliy o 'quv yurti dasturlariga psixologik m aslahat fani kiritilgan va yaqin kelajakda amaliyot bilan shug‘ullanuvchi psixologlar soni bo‘yicha respublikamiz dunyoning rivojlangan mamlakatlariga tenglashib oladilar, deb hisoblashga b a rc h a asoslar m avjud. B u n d a y mutaxassislarni oliy o‘quv yurtlarida aynan psixolog-rnaslahatchi sifatida tayyorlash boshlandi.
Oxirgi yillarda mamlakat oliy o ‘quv yurtlarida tayyorlangan oliy psixologik m a’lumotga ega bolgan psixologlarning ko‘pchilik qismi psixologik maslahat sohasida bilimlarini oshirish ehtiyojini his etmoqdalar, lekin bu ehtiyoj hozirgi kungacha t o l a qondirilmagan. Vaziyatning bunday ahvoliga asosiy sabablardan biri bizning flkrimizcha, mamlakatda birorta ham psixologik maslahat bo‘yicha o‘quv qo kllanma yaratilmaganligi hisoblanadi.
0 ‘quv qo'llanmadan birinchidan, faqat endi amaliy psixolog bo‘lishni istaganlar, ijtimoiy xizmat xodimlari yoki maxsus psixologlar (defektologlar) va majburiy fanlardan biri sifatida psixologik maslahatni o'rganishi kerak bo‘lgan bakalavrlar foydalanishlari mumkin. Ikkinchidan, bu kitob insonga kundalik hayotida foydali bilim va malakalar tizimi sifatida shunchaki amaliy psixologiya bilan qiziquvchilar uchun mustaqil bilim olishda foydali boMishi mumkin.

Bizlarda turli sabablar bilan professional psixolog-maslahatchiga yordam so‘rab murojaat etish uchun imkoniyat bo‘lmaydi, oqibatda o kz yaqinlarimizga mana shunday psixologik yordamni o kzimiz ko‘rsatishimizga to ‘g ‘ri keladi.


0 ‘quv qo‘llanma psixologik maslahat nima ekanligi, u qanday
tashkil etilishi va olib borilishi to‘g‘risida asosiy, keng qamrovli va tushunarli bayon etilgan m a’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda odamlar o‘zlarining kundalik hayotlarida duch keladigan ko'plab odatiy muammolarni hal etishga qaratilgan psixologik maslahatni qanday olib borish bo'yicha ko'plab foydali maslahatlar va misollar keltirilgan.
I B O B . P S IX O L O G IK M A S L A H A T N IM A ?
Psixologik maslahat deb muhtoj b o lg anlarg a maslahat va tavsiyalar sifatida mutaxassis psixolog tomonidan bevosita beriladigan psixologik yordam ko crsatish bilan b o g ‘liq b o ‘lgan a m a l iy psixologiyaning alohida sohasiga aytiladi. Ular psixolog tom onidan mijoz hayotida duch kelgan muammoni dastlab o'rganib chiqish va shaxsiy suhbat asosida beriladi. Ko‘pincha psixologik maslahat oldindan belgilangan soatda, buning uchun maxsus jihozlangan xonada, odatda begona odamlardan xoli va yakkama-yakka, yuzma- yuz o‘tkaziladi.
Psixologik maslahat bir soatdan uch soatgacha davom etadigan psixologning mijoz bilan shaxsiy suhbati shaklida o‘tkaziladi. M ana shu suhbat davomida mijoz ocz muammolari, o‘zi to ‘g‘risida gapirib beradi. Psixolog o ‘z navbatida muainrnoning mohiyatini tushunib yctish, bu m uam m oni o ‘zi uchun h am , mijoz uchun h a m oydinlashtirishga harakat qilib diqqat bilan tinglaydi, maslahatlar davomida mijozning shaxsi baholanadi, uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib mijozga uning muammosini qanday qilib amaliy hal ctish bo‘yicha ilmiy, asosli tavsiyalar beriladi.
Psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga beriladigan maslahat va takliflar ko‘p hollarda mijoz psixolog-maslahatchi yordamisiz o ‘z muammosini o‘zi to‘la hal eta olishiga qaratilgan boladi.
Psixologik maslahat — bu inson hayotida yuzaga keladigm barcha psixologik muammolarni hal eta olishiga, ishonchiga asoslangan odamlarga amaliy psixologik yordam ko'rsatish uchun yuzaga kelgan amaliyotdir.
Lekin mijoz har doim ham uning muammosi mohiyati nimadan iborat ekanligini va o ‘zining kuchi va imkoniyatlariga tayanib, uni qanday qilib hal etishni aniq bilmaydi va tushunmaydi.
Professional tayyorlangan psixolog-maslahatchi m ana shu bo‘yicha unga yordam ko'rsatishi kerak. Psixologik maslahatning asosiy vazifasi mana shundan iborat. Maslahat berish davom ida psixolog odatda qisqa vaqt ichida mijoz muammosini amaliy hal etish usulini topish va aniq ifoda etish uchun qaratilgan maxsus ish uslublari va unga ta ’sir ko‘rsatish metodlarini qo‘llaydi. Shu

bilan birga ushbu yechim mijoz amalga oshirishi uchun tushunarii va mumkin bo‘ladigan qilib amalga oshiriladi.


Psixolog-maslahatchining mijoz bilan uchrashuvi ko‘pincha bir-
ikki uchrashuv bilan cheklanmaydi. Ko‘pchilik hollarda mijoz bilan uch marta va lindan ko‘p uchrashib ancha uzoq muddat davomida maslahat berib borish talab etiladi. Bunday uzoq muddatli maslahatlarning zarurligi quyidagi odatiy hollarda yuzaga keladi:

  • Mijozning muammosi shunday murakkab bo‘Iadi-ki, bir- ikki soat davomida uni tushunib olish deyarli mumkin emas. Mijozning birem as, balki bir necha muammolari mavjud, ularning har birini hal etish alohida maslahatni talab etadi;

  • Taklif etilayotgan muammoning yechimi mijoz tomonidan darhol va to‘la mustaqil amalga oshirilishi mumkin emas va maslahatchi tomonidan qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni talab etadi.

  • M ijozning individual xususiyatlari sababli psixoîog- maslahatchi uning muammosini darhol va qo‘shimcha yordamsiz hal eta olishiga to ‘la ishonmaydi. Agarda mijoz o‘ziga yetarlicha ishonmasa, o ‘z hayajonlari va xulqini boshqara olmasa, agarda uning intellektual rivojlanish darajasi qiyin vaziyatlarda oqilona, to ‘g‘ri yechimni mustaqil qabul qilish uchun yetarli bo‘lmaganda bunday hollar uchrab turadi.

Kim, qachon va nima uchun psixolog-maslahatchiga murojaat etadi?


Ko‘pincha aholining o‘rta qatlami deb ataluvchi jismoniy va soglomlik holati bo‘yicha yuksak xavf zonasida bo‘lgan odamlar psixolog- maslahatchiga murojaat etadilar. Yuksak xavf zonasi deganda nerv, psixik hamda jismoniy kasallanishi oson bo'lgan odamlar va haqiqatdan ham kasal bolib qolishlari mumkin bo'lgan vaziyatlar tushuniladi.
Boshqa, jismoniy va psixik jihatdan kuchli, ancha sog‘lom odamlar bunday vaziyatlardan faqatgina toliqish yoki noqulaylikni his etish bilan chiqib ketadilar.
Psixologik maslahatga murojaat etuvchilar —bu odatda hayotga
yetarlicha yaxshi moslashib olmagan va o‘z ishida unchalik band bo‘lmagan odamlar b o ‘ladi, chunki psixologning to‘la, batafsil maslahatini olish uchun vaqt talab etiladi.
Psixolog-maslahatchiga hayotda va ham m adan ham k o 4p yordam so‘rab murojaat etuvchilar orasida ko‘plab omadsiz odamlar bor, aynan omadsizlik o‘zini jismoniy nosog‘lom deb o‘ylovchi mana shu odamlar psixolog tomonidan yordam kutishga majbur etadi. Psixolog-maslahatchiga murojaat etuvchilar orasida u voki bu emotsional chetlanishga ega odamlar uchraydi, bu chetlanishlar o ‘z navbatida ko‘plab ruhsizlik holati va umidsizlik oqibati hisoblanadi. Bu odamlar qachon psixologdan faol yordam izlashni boshlaydilar. Bu odatda ularda muammo paydo bolishi bilan darhol sodir boMmaydi, balki ularning h ay o t id a eng og‘ir d a m la r boshlanganida murojaat etadilar.
Odam nima qilishni bilmaganida, yoki o ‘z m uam m osini mustaqil hal etish uchun uning imkoniyatlari qolmaganda psixolog- m aslahatchiga yordam so ‘rab keladi. Ruhiy holati y o m o n bolganida, uning xayolida u bilan yoki unga yaqin odamlar bilan qandaydir q o 'rq in ch l i holat sodir bo M ayotgandek, y o m o n oqibatlarga olib kelishi mumkindek tuyulganda odam yordam so'rab psixologga murojaat etishi mumkin.
Odamlar psixolog-masiahatchidan nimani kutishadi? N im a uchun unga murojaat etishadi? Bu savolfarga quyidagicha javob berish mumkin: 1. Ba’zi mijozlar o ‘z muammolarini um um an qanday hal etish ni biladilar va psixolog-masiahatchidan faqat ruhiy madad izlab boradilar. 2. Boshqalari m uam m oni qanday qilib hal etishni bilmaydilar va maslahat so‘rab boradilar. 3. 0 ‘zlariga to 'ia ishonmaydiganlar yoki o‘z muammolarini hal etish uchun mavjud imkoniyatlaridan qaysi birini tanlashni bilmaydiganlar. Ularni ishontirish va ularning faolliklarini kerakli tomonga yo‘naltirish kerak. 4. Bu ko‘pincha bir o ‘zi yakka bo‘lgan odamlar —shunchaki kim bilandir yurakdan gaplashib olish kerak, ularda odatda jiddiy psixologik muammolar bolmaydi, lekin vaqti-vaqti bilan diqqat bilan eshitadigan va mehribon suhbatdoshga juda muhtoj bo‘ladilar. Psixologik maslahat mijozlari orasida shunchaki qiziquvchanlik yoki shunchaki u bilan bahslashish istagi psixolog-maslahatchiga olib keladiganlari ham uchrab turadi. Ba’zilar haqiqatan ham psixolog- m aslahatchi nim a ekanligini va u nim a b ilan shug'ullanishini bilishni xohlaydilar, boshqalar oldindan ular

bekorchi ish bilan shug‘ullanadi, deb ishonadilar va psixolog- maslahatchini noqulay holatga solib, uni bunga ishontirishga harakat qiladilar.


Psixolog-maslahatchining pozitsiyasi u barcha mijozlarni qabul qilishi, ular nima uchun kelganliklari, kayfiyatlari qandayligi va maqsadlari qandayligidan q a t ’i nazar ularga diqqat bilan, m ehribonlik b ilan m unosabatda b o ‘lishlaridan iborat. Bu professional psixolog uchun faqat o‘z obro‘si va mavqeini saqlab qolish uchungina emas, balki u kabi o‘zining professional odob qoidalari bo‘yicha unga murojaat etganlar va yordamga muhtojlarga, shu jum ladan m aslah a tlar davom ida o ‘zini aytarli odobsiz tutganlarga ham yordam ko‘rsatishga majbur.
Psixologik m aslahat odamlarga amaliy psixologik yordam ko‘rsatishning boshqa turlaridan nimasi bilan farq qiladi? Masalan, individual va guruhiy psixoterapiyadan farqli ravishda, u psixolog- maslahatchining mijoz bilan shaxsiy aloqalari nisbatan qisqa vaqtligi va epizodik xususiyatini nazarda tutadi. Individual va guruhiy psixoterapiyaning har xil turlari odatda psixologning mijoz bilan ancha uzoq muddatli - bir necha haftalardan, to bir necha oylargacha va hatto bir necha yillargacha muntazam aloqasini, mijoz bilan ishlashda ko‘p soatlar sarflashga moMjallangan.
Psixoterapiyada (psixologik maslahat amaliyotidan farqli
ravishda) mijozni psixologik muammolardan xalos etishda psixolog faol roi o‘ynaydi. Aynan u muammoni hal etishga qaratilgan faol harakatlarni amalga oshiradi. Mijozning o‘zi esa asosan passiv rol o‘ynaydi, ya’ni shunchaki psixoterapevt ta ’sir ko‘rsatishini qabul qiladi va ularga javoban harakat qiladi. Psixologik maslahatda vaziyat boshqacha boMadi: bu yerda psixolog-maslahatchi asosan faqat maslahat beradi, ularni amalga oshirish esa mijozning ishi boMib qoladi, faollik rolini u o'zida saqlab qoladi.
Amaliy psixologik ishlar boshqa turlarida maslahat berishdan farqli ravishda olib boriladigan psixoterapevtik amaliyot bevosita shaxsiy aloqalarni, psixolog va mijozning o‘zaro munosabatlarini, hatto mijoz o‘z muammosini hal etayotgan davrda ham o‘zaro aloqalarini ko‘zda tutadi. Psixologik maslahatda mijoz bilan ish boshlanishida psixodiagnostika iloji boricha kam boMishi va asosan
psixolog-maslahatchiik maslahat davomida mijoz xulqini kuzatish natijaiariga tayanishi kerak.
Psixodiagnostika maxsus psixologik testlardan foydalanmay bevosita mijozdan olinadigan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahli] qilishni o ‘z ichiga oladi. P s ixokorreksion ishlarda psixodiagnostika ancha katta rol o ‘ynaydi. Odatda maslahatlareng boshida o'tkaziladi va unga ancha ko‘p vaqt ajratiladi. Mijoz bilan ishlash yakuniy natijalari uchun psixolog-maslahatchi to‘g‘ridan t o ‘g ‘ri professional javobgar h isoblanm aydi. ( M ijoz u n in g m aslahatlaridan foydalanishi yoki foydalanm asligi u c h u n m aslahatchi javobgar emas.) M aslah a tch i faqat m i jozning muammosi to‘g‘risidagi o‘zining xulosasini to ‘g ‘riligi va mijozga berilayotgan amaliy maslahatning samaraliligi uchun javobberadi. Psixoterapevtik amaliyotning boshqa turlarida psixolog mijoz bilan o‘z ishlari yakuniy natijalari uchun shaxsan javobgar, chunki uning o'zi mijozning psixologiyasi va xulqini tuzatish bilan shug‘ullanadi, uning o ‘zi o‘z xulosa va tavsiyalarini amalga oshiradi.
Amaliy korreksiya (tuzatish) bilan shuglullanuvchi psixoterapevt esa uning metodlarini professional egallagan bo‘lishi kerak, chunki uning ishining asosiy qismi shu metodlarni qo‘llashdan iborat bo'ladi.



Yüklə 7,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin