Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?


Psixologiya kasbiy faoliyati ,psixologiyaning metodlari?



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə55/101
tarix01.04.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#54581
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
Mutaxassislikka kirishdan oraliq savollar javoblari kasbiy kamol

59.Psixologiya kasbiy faoliyati ,psixologiyaning metodlari?

Har bir fanda aniq, ishonchli uslublar mavjud bo’lishi kerakdir. Bu fanning asosi bo’lib xizmat qiladi. Birinchi usul sifatida o’z o’zini kuzutish usulini kiritishimiz mumkin. o’z o’zini kuzatish usuli psixologiya fanini boshqa fanlardan ajratgan usullardan biri hisoblanadi. Psixologik tahlil vaqtida uchta asosiy usul foydalanilgan bu tizimli tahlil, eksperimental genetik, eksperimental patologik usul deb nomlanadi. Tizimli tahlil usuli quyidagicha amalga oshiriladi: psixolog sinaluvchining oldiga mavjud bo’lgan muammoni qo’yadi, sinaluvchi esa shuni yechishi kerak bo’ladi. Bunda psixolog nafaqat yakuniy natijani qayd qiladi, balki butun tadqiqot davomida o’zini qanday tutganligini tahlil qiladi, buning yoniga eksperimental genetik usulni kiritishimiz mumkin, bu bolalarni tahlil qilayotgan vaqtda katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki yuqori psixik jarayonlar uzoq muddatli rivojlanishning maxsulidir. Shuning uchun ham psixolog uchuchn bu jarayon qanday kechganligini kuzatish juda muhimdir. Eksperimental-genetik usul rus olimlari tomonidan keng qo’llanilgan. Keyingi usul shaxs patololgiyasini aniqlashda ishlatilgan. Bundan tashqari psixologik testlar usuli mavjud.

Psixologiyaning o’zining metodlari mavjud. Ilmiy tadqiqot usuli orqali ma’lumotlar olinadi, ilmiy nazariyalar ishlab chiqiladi va ular tekshiriladi. Har qanday fanning rivojlanishi uning metodlarining ishonchliligiga tayanadi.

Psixologiya fanida ikkita asosiy usulni ajratishimiz mumkin. Obyektiv va subyektiv metodlar.

Subyektiv metodlar tekshiriluvchilarning o’zini baholashiga va o’ziga hisobat berishiga tayanadi. Subyektiv usullarga quyidagilar kiritiladi: kuzatish, o’z o’zini kuzatish, so’rov11.

Kuzatish usuli psixologiya fanidagi eng qadimiy usullardan biri hisoblanadi, u sodda usullardan biridir. Bu usul insonlarning rejali kuzutishi asosida amalga oshiriladi, bunda sinaluvchilarning hayotiga aralashmasdan amalga oshiriladi. Psixologiyada kuzatish hamma jihatlarini qog’ozga qayd qilish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish usulidan hamma insonlar foydalanishi mumkin. Biroq ilmiy kuzatish oddiy kuzatishdan farqlanadi. Ilmiy kuzatish tizimli tarzda amalga oshiriladi. Kuzatish turli xil ko’rinishlarda amalga oshiriladi. Qo’shilib kuzatish bunda psixolog voqyealar ishtirokchisiga aylanadi. Keyingi usul o’zini o’zi kuzatish hisoblanadi. O’zini o’zi kuzatish maxsus usul bo’lib hisoblanib, faqat psixologiya fanida qo’llaniladi. Bu yutuqlar bilan bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, o’z hissiyotlarini kuzatish qiyin. Ikkinchidan, o’zini o’zi kuzatishda subyektiv fikrdan qochish mumkin emas. Uchinchidan, o’zimizning hissiyotlarimizni ko’rsatib berish qiyindir. O’zini o’zi kuzatish psixolog uchun juda muhimdir. O’zini kuzatish usuli eksperiment bilan birgalikda qo’llaniladi. Bunda eksperimental o’zini kuzatish deb nomlanadi. Har bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. Obyektiv voqyelikning bunday hodisalarini to’plab, solishtirib, guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil ravishda mavjud olamning obyektiv qonunlarini ochib beradi. Bu ma’lumotlarga ega bo’lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi. Shunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo’nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli. Ilmiy metod o’z tuzilishiga ko’ra, yondoshuvlar va muolajalar yig’indisidan iborat. Ilmiy tadqiqotlarning metodlari yordamida olimlar keyinchalik ilmiy nazariyalar tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli ma’lumotlar oladilar.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin