77. .Hozirgi zamon psixologiyasinning sotsiologiya bilan tutashganligi?
Sosiologiya va psixologiya jamiyat va shaxs, ijtimoiy guruhlar va guruhlararo munosabatlar bilan bog’liq muammolarni ishlab chiqishda ko’pchilik umumiy qiziqishlarga ega bo’ladilar. Sotsiologiya ijtimoiy psixologiyadan shaxs va insonlararo munosabatlarni o’rganish metodlarini o’zlashtiradi. O’z navbatida, psixologlar birlamchi ilmiy ma’lumotlarni to’plashning an’anaviy ijtimoiy usullari: anketa to’ldirish va so’rovnomadan keng foydalanadilar.
Asosan sotsiologlar tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy ta’lim berish kontseptsiyasi ijtimoiy va yosh psixologiyasida ham qabul qilingan. Bunga qarama-qarshi psixologlar tomonidan taklif etilgan shaxs va kichik guruhlar nazariyalari ijtimoiy tadqiqotlarda o’z aksini topmoqda.
Sosiologlar va psixologlar birgalikda ish olib borishi muhim bo’lgan va bu ikki fan vakillarining ishtirokisiz hal etilmaydigan ko’pgina muammolar mavjud. Bu muammolar qatoriga odamlar o’rtasidagi munosabatlar, milliy psixologiya, iqtisodiy, huquqiy, davlatlararo munosabatlar psixologiyasi va boshqalar kiradi. Shuningdek, bu qatorga ijtimoiylashtirish va ijtimoiy ko’rsatmalar, ularni shakllantirish va tubdan o’zgartirish muammolarini ham kiritish mumkin.
Ijtimoiylashtirish mexanizmlari, ya’ni, insonning madaniyat bilan qo’shilib, boshqa odamlar tomonidan to’plangan tajribadan bahramand bo’lish usullari alohida e’tiborga loyiq. O’zida zarur tajribani jamlagan insonni ijtimoiylashtirishning asosiy manbalari sifatida ijtimoiy uyushmalar (partiyalar, sinflar va boshqalar), oila, maktab, ta’lim tizimi, adabiyot va san’at, matbuot, radio, teledasturlar katta ahamiyatga ega.
Ijtimoiylashtirishning qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi zamonaviy tasavvurlar asosidagi ijtimoiy ta’lim nazariyasiga ko’ra, insonning hulq-atvori uning turli ijtimoiy vaziyatlarda turli odamlar bilan muloqoti, o’zaro ta’sirlashuvi va hamkorlikdagi faoliyati, shuningdek, boshqa odamlarni kuzatish, ularga taqlid qilish, hayotiy misollarda ta’lim va tarbiya topish natijasi bo’lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |