CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 6
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
436
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
TA’LIMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
USULLARI
Zaxro Rasulovna Melibayeva
Qo’qon shahar 31-umumiy o’rta ta'lim maktabi musiqa fani o’qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada umumta‘lim maktablarining darslarida
zamonaviy axborot
texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Zamonaviy
ta’limni olib borishda axborot texnologiyalarining o’rni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Ta’lim, axborot texnologiyalari, kompyuter, dars, tarbiya.
Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda
shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi.
Darslarda
o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga
yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish
qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli
ko‘rinishlaridan
foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish,
qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim
jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning
mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.
Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan,
ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning
maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma
va malakalarini
hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni
oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona
tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy
boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil
fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy
tafakkurni rivojlantirish
orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa
ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning
madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Ulug’ donishmandlardan biri «...kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga
yaxshi
bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga
erishishga
qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan
o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz,
kelajak
avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim,