Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə46/101
tarix01.04.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#54581
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
Mutaxassislikka kirishdan oraliq savollar javoblari kasbiy kamol

Qiyosiy psixologiya – bu xayvonlar psixikasi bilan inson psixikasini takkoslab urganadigan fandir. Uning tarmogi zoopsixologiyadir.

43.Chet el O’zbekiston ta’lim tizimiga psixologik xizmatning tatbiq etilishi?

Ta’lim sohasini islox qilishning asosiy omillaridan biri insoniyat manfaati va ta’limning ustivorligiddir. Ta’limga psixologik xizmatning kirib kelishi uning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir.

Xorij mamalakatlarida psixologik xizmat xususan, AQSh da 1800 yildan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyalsh muammosini o’rgangan eksperemental psixologlar edi. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot “koeffisiyentini” aniqlash keng tarqalib, keyinchalik “Gaydens” xizmatining rivojlanishiga olib keldi.

Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo’lib, bu sohada 1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1900 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil yetildi. 1970-yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil yetadi. Bunday guruhlar esa maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxasisni o’z ichiga oladi. Bunday brigada 800 –1000 ta o’quvchiga xizmat qiladi. Bular bir maktabda joylashib, bir nechta maktabga xizmat qilishi mumkin.

Ko’pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik psixologik markazlar shaklida tashkil etilgan. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog’lom shaxsning o’sishini ta’minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb tanlash muammosidir.

Birinchi bo’lib 1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat ashkil yetildi. Uning rahbari X.I.Liymes, Yu.L.Serd bo’lib tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun ish olib bordilar.

Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta hissa qo’shgan. Ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyani yoqlagan va bir qancha psixologik xizmat asarlari muallifidir.

Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o’sha davlat hududida yashovchi fuqarolarning ijodiy o’sishi va axloqiy potensialiga bog’liq bo’ladi. Bu sifatlarni shaklanishi odamlarining maktabgacha ta’lim muassalarida tarbiyalanish va maktabda o’qish yillariga to’g’ri keladi. Chunki bu yillar inson shaxsi va uning individual xususiyatlari bo’lmish temperamenti xarakter qobiliyatlari qiziqishlari va hakozolarning shakllanishi uchun yeng qulay davr hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ham ilgariroq ham xalq ta’limi tizimiga qarashli maktabgacha ta’lim muassalari, maktab, kollej, lesey va h.k.larda ta’lim tarbiya jarayonlarda sezilarli qiyinchilikga duch kelinar yedi. Ayniqsa keyingi davrlarda bu muammolarda keskin tus olayotganligi sir yemas.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkini psixolog xizmatiga muxtojlik bugun yoki kecha paydo bo’lmasdan , ayrim mamlakatlarda allaqachonlar hayotga tadbiq yetilib yaxshigina rivojlanmoqda.

Jumladan, bu kasb AQShda o’tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo’lib hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980 yillarda maktab psixologlarining Milliy assosiyasi tuzilgan yedi. AQShda maktab psixologining markaziy vazifalarida biri o’quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test savollari orqali baholash hisoblanadi.

AQShda psixologik xizmat uning kelajagi rivojlanish haqidagi ma’lumotlar K.R.Reynolds, T.B.Gudkin va boshqalarning 1984 yil Nyu-Yorkda chop etilgan kitobida yoritilgan

Maktablarda psixolog xizmatini tashkil qilish haqidagi anchagina tajribalar Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, yani Chexoslovakiya, Vengriya, Yugoslaviya, Polsha, Balgariyada to’plangan.

Bu mamlakatlarning ko’pchligida tuman va viloyatlarida markazlashtirilgan pedogogika-psixologiya yoki maslahat markazlari tashkil etilgan bo’lib, ular xalq ta’limi muassalariga yordam beradi. Chexoslavakiya va Vengriyada psixologik xizmatning asosiy mazmuni sog’lom shaxsni shakllantirish, shaxsni rivojlanishdagi ayrim kamchiliklarga o’z vaqtida e’tibor berib, tuzatib borish, kasb tanlash masasalari psixodiagnostika, bolani qanday tibdagi maktabga yoki bog’chaga berish kabi muammolarni hal qilish, kasbga yo’naltirish, psixoterapiyaning turli formalari (logopediya, psixonevrologiya v.h.k.) usullarini qo’llashdan iborat.

Bu mamlakatlarda psixologik konsultasiyalar orqali ota-onalarga amaliy yordam ham beriladi, ya’ni boladagi o’qishga qiziqmaslik, maktabdan qo’rqish, o’g’irlik yolg’onchilik, bolani uydan yoki maktabdan qochib ketishi bola xulqidagi tasodifiy o’zgarishlar, nutqning buzilishi so’zlashda duduqlanish, bolaning ota-onasi ustidan shikoyati, doimiy bosh og’rig’i uyqusizlik, sababsiz tez toliqish v.h.k.lar sababi ilmiy jihatdan tushuntirib beriladi va ota-onalarda bolalari uchun hadiksirashlarini yo’qotishga harakat qilinadi. 1989-yilda O’zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sabab Nizomiy nomli T.D.P.U.da amaliyotchi psixologloglar tayyorlash fakulteti ochildi. O’zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida Ye.G’oziyev, M.G.Davleshyen, G.B.Shoumarov, V. M. Karimova, Sh. R.Baratov, Ye.H.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nizamova, H.S.Safo yev, F,L.Xaydarov, B.R.Qodirov, S.X.Jalilova, va boshqalar fan rivojida o’z hissasini qo’shgan va hozirga qadar o’z izlanishlarini davom yettirmoqda. 1998 yilda Sh.R. Baratov “Ta’lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil yetishning psixologik xususiyatlari” mavzusida ish olib bordi va doktorlik dissertasiyasini yoqladi.

Ayniqsa mamlakatimiz xalq xo’jaligiga bo’lajak hodimlarni tayyorlashda bosh bo’g’in bo’lmish xalq ta’limi tizimida psixologik amaliyotning yo’lga qo’yilganligi, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida „O’quvchilarni kasb- hunarga yo’naltirish va psixologik - pedagogik Respublika tashhis markazi“ ning tashkil etilganligi va barcha viloyatlarda uning viloyat, tuman bo’limlarining ishlashi, joylarda „Psixologik xizmat“ markazlarining faoliyat ko’rsatishi, bu muassasalarda xizmat qilish uchun respublikamizning yetakchi ilmiy dargoxlarida: M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milily universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti va viloyatlardagi bir qator oliy o’quv yurtlarida amaliyotchi psixolog mutaxasislarning tayorlanayotganligi bunga yaqqol misol. Shuningdek,respublikamizda o’zining ilmiy psixalogik saloxiyatiga ko’ra chet –yel amaliyotchi psixologlar bilan baxslasha oladigan, ilg’or chet-yel psixologik markazlarida amaliyotlarini o’tagan psixolog mutaxassis, olimlarimizning mavjudligi, ular o’z faoliyatlarini maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirishlari uchun yetarlicha ilmiy uslubiy bazaga yegaligi kabilar, pespulikamizda amaliy psixalogiyani rivojlantirish istiqbolli yekanligidan dalolat beradi.

Inson ruxiyati, unga ta’sir kursatishi, boshqarish usullarini bilmay turib, ijtimoiy hayotni boshqarib bo’lmaydi. Xozirgi hayotimiz shunday bosqichdagi, ijtimoiy hayotni maqsatga muvofiq boshqarishni hayotda katta axamiyat kasb yetmoqda. Shu munosabat bilan umumpsixalogik savodxonlik kun tartibiga qo’yilishi tabiiy. Chunki psixologik savosizlik-bu avvolo o’zgalar bilan tug’ri muloqatga kirisha olmaslik , uz-uzini va ijodiy jarayonlarni boshqara olmaslik, doimiy stress (ruxiy tanglik)ni keltirik chiqaradi. Shunoing uchun xam amaliy psixologlar, avvalo keng axoli o’rtasida psixologik savodxonlik kabi savodli ishni amalga oshirishni zu zimmalariga olishlari zarur.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin