47.Psixologik xizmatning maqsadi?
Turli yoshdagi insonlarga to’g’ri yo’nalish berishdan iborat
48.Psixologik xizmatning vazifalari?
Shaxslarni qiynayotgan muammolarga yechim topishdan iborat
49.Psixologning kasb-hunarga yo’naltirish ishlari?
50.Psixologning psixologik-diagnostika ishlari?
51.Psixologning psixoprofilaktik ishlari?
52.Psixologiya ma’rifat va tashviqot ishlari?
53.Psixologning psixokorreksoin ishlari?
Bu sohalar bilan bir qatorda yoki, real hodisalar va inson turlarini, yoki, bilimlar sohasi yoinki maxsus kurslarni ifodalovchi umuman kutilmagan so’z birikmalari yuzaga kelmoqda, xususan,: qarzdor, qarz beruvchi, qimmatli qog’ozlar egasi, narx-navo, so’roq qilish, futbolchilar, rassom, diktatura, bezori, kasbiy daraja, ishonch, e’tiqod, jinsiy munosabatlar, murabbiylik faoliyati, muloqot, ishoratlar, hissiy kuyish, muxbirlik psixologik madaniyati, o’qituvchilik faoliyati, bir tarafmalilik, dizayn, bolalar o’yini, baxtsizlik, hissiy munosabatlar, ayol xiyonati, janjal, yutuqqa erishish, sayohat, millatga tegishlilik, qasd qilish hulq-atvori, ta’sir o’tkazish, ishdan bo’shatish, bolalar ijodiyoti, tarbiyasi og’ir o’smirlar, aqli zaif o’quvchi, bayram, tabassum, jizzakilik, er-xotinlar, telefon so’zlashuvlari, qotil psixologiyasi shular jumlasidandir. An’anaviy psixologik fanlar – umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, yosh va pedagogik psixologiya chuqur o’zgarishlarga uchramoqda. Bundan farqli o’laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish yuritadi, noma’lumlikni ilmiy tarzda ochib beruvchi keng hajmli va chuqur tadqiqotlarni olib bormasdan, mijozning amaliy ehtiyojlari, masalan, savdo tashkiloti, vazirlik yoki idora, harbiy kasalxona yoki umumta’lim maktabi bilan ish ko’radi. Amaliy psixologlarning asosiy ish vositasi – treninglar, xususan: psixodrama, jismoniy treninglar, NLP-treninglar, o’zini o’stirish treninglari, ijtimoiy o’zaro munosabatlar treninglari, geshtalttreninglar, shaxsiy o’sish treninglari va biznes-treninglar, autotreninglar va qobiliyatlarni rivojlntirish treninglari, ota-onalar va bolalar uchun treninglar10.
Amaliy psixologiyaning bir qismini qator masalalarni, jumladan, ish bo’yicha yuzaga keladigan qiyinchiliklar (ishdan qanoatlanmaslik, hamkasblar va boshliqlar bilan kelishmovchiliklar, ishdan bo’shatilish imkoniyati, yangi ish izlash muammolari), shaxsiy hayotdagi tartibsizliklar oiladagi ixtiloflar, baynalminal oilalarning muammolari, maktab yoki oliygohdagi yomon o’zlashtirish, ota-onalar va bolalar munosabatlarining muammolari, o’ziga nisbatan ishonch va hurmatning yetishmovchiligi, shaxslararo munosabatning o’rnatilishi va mustahkamlashdagi qiyinchiliklarni hal etuvchi – psixologik maslahat tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |