Eksperiment guruhi eksperiment omili (mustaqil o’zgaruvchi) ta’sir ettiriladigan guruht.
Nazorat guruhi eksperiment omillarining ta’sirini sezmaydi.
Agar eksperiment guruhida nazorat ostidagi (mustaqil) o’zgaruvchilar o’zgartirilsa, nazorat guruhidagi mustaqil o’zgaruvchilar o’zgarishlarsiz sqlanib qoladi. Nazorat guruhi qiyosiy birlik bo’lib xizmat qiladi.
Kengroq tarqalgan eksperiment metodlarini ko’rib chiqamiz.
Laboratoriya eksperimentisun’iy shroitlarda maxsus asboblarni qo’llagan holda ta’sir etuvchi omillarning qat’iy nazorati yordamida amalga oshiriladi. Masalan, inson tafakkuri xususiyatlarini o’rganish. Sinaluvchiga ajratilgan vaqt ichida yechishi lozim bo’lgan aqliy vazifalar qatori taklif etiladi. Har bir vazifani bajarish ma’lum ballar miqdori bilan baholanadi, ballar yig’indisi esa aqliy rivojlanish darajasining ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi.