Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə64/101
tarix01.04.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#54581
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101
Mutaxassislikka kirishdan oraliq savollar javoblari kasbiy kamol

Qayd etish eksperimenti deb, vazifasi ma’lumotlarni oddiy ravishda qayd etish va ta’riflash, ya’ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro’y beradigan voqyelarni qayd etishdan iborat bo’lgan eksperimentga aytiladi. Qayd etish eksperimentsi tabiiy eksperimentdan vazifalarning real holati oddiy qayd etilishi va olingan natijalar o’zaro eksperimentgacha va eksperimentdan so’ng solishtirilmasligi bilan farq qiladi. Masalan, bolalarda xotiraning rivojlanish darajasini aniqlash. Sinaluvchilarga materialni eslab qolish va namoyish qilishga doir vazifalar qatori taklif etiladi. Ularni bajarish natijalariga ko’ra, xotiraning rivojlanganlik darajasi aniqlanadi. Assotsiativ eksperiment – K.G. Yung, M. Vertgeymer va D. Klyayn tomonidan bir vaqtda taklif etilgan va shaxs motivatsiyasini tadqiq etishga mo’ljallangan loyihalash metodi. Bu metodda sinaluvchiga rag’bat so’zlar to’plamiga javoban miyaga kelgan so’zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga kelgan tasavvurlar rag’bat-so’z va sinaluvchining javobi o’rtasidagi bir xil tasavvurlarning turi, qaytarilishi, vaqtiga ko’ra qayd etiladi.

S.L. Rubinshteyn eksperimentning to’rt xil o’ziga xos xususiyatiga ta’rif bergan edi. Birinchidan, eksperimentda kuzatuvchi vaziyatga faol aralasha olmaydigan kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchining o’zi o’rganayotgan hodisani yuzaga keltiradi. Ikkinchidan, tadqiqotchi o’rganilayotgan jarayonning kechishi va ifodalanishi sharoitlarini o’zgartirishi mumkin. Uchinchidan, eksperimentda o’rganilayotgan jarayonni aniqlash uchun qonuniyatli aloqalarni o’rnatish maqsadida, alohida sharoitlarni o’zgarishli tarzda istisno qilish imkoni mavjud. Va, nihoyat, to’rtinchidan, tadqiqotchi olingan ma’lumotlarning matematik qayta ishlanishini qo’llagan holda sharoitlarning miqdoriy nisbatlarini ham o’zgartirishi mumkin.

Eksperiment metodining muhim afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi sustkashlikka yo’l qo’ymay, uni qiziqtiruvchi psixik hodisaning yuzaga kelishini kutib o’tirmasligi lozim. Eksperimentda tadqiqotchi sharoitlarni o’zi yaratganligi uchun bu sharoitlarni, hamda, ularning sinaluvchiga ko’rsatadigan ta’sirini ham to’laligicha hisobga olish imkoniyati tug’iladi. Sharoitlarning tadqiqotchi tomonidan yaratilishi ularni bir necha marta takrorlash imkonini beradi. Bunday takrorlash, bir tomondan, olingan natijalarning obyektiv tasdiqlanishi bo’lib xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, ma’lumotlar to’planishi va ularni miqdoriy baholash imkoniyatlarini ochib beradi15.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin