44
oshirishi ko'zda tutiladi. Shu tariqa trening mashg'ulotida o'yin - faqat ko'ngilxushlik emas,
balki
guruh yoki biror bir ishtirokchining xulq-atvorini boshqarish, o'zgartirish, shuningdek trener uchun
zarur yo'nalishda harakatlanish vositasi sifatida namoyon bo'ladi.
O'yinning belgilari
O'yinning quyidagi belgilari mavjud:
-Chegaralanganlik - har qanday o'yin ma’lum bir davrda va vaqtda o'ynaladi. 88
Demak, trening jarayonida qo'llaniladigan o'yinlarda ham chegaralganlik holati mavjud bo'lib,
har qanday o'yining boshlanish va tugash vaqti bo'ladi.
-Estetiklik - o'yinga xos belgilardan yana biri shuki, u go'zallik uchun xizmat qiladi, demakki,
madaniyat uchun xizmat qiladi. Buni shunday tushunish mumkinki, o'yin o'ynash jarayonida
ishtirokchilarda ham jismoniy, ham aqliy, ham ma’naviy qadriyatlar rivojlantiriladi.
-Ixtiyoriylik - o'y inni o'ynash
qonun ham, burch ham emas. Unda majburiylik elementlari
yo'q, demak o'yinda ixtiyoriylik mavjud. Hech kimni majburlab o'ynatib bo'lmaydi. O'yinda erkinlik
mavjud bo'lib, mana shu narsa ishtirokchilami o'zigajalb etadi.
- G'ayritabiiylik - trening jarayonidagi har bir o'yin o'zicha g'ayritabiiydir. Ya’ni o'yin orqali
ishtirokchilar ma’lum bir muddat qandaydir hayvon, o'simlik yoki kundalik hayotda o'zlari
ishlatadigan narsalarga aylanib qolishlari
va ular nomidan gapirib, ulaming holatini his qilishlari
mumkin bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: