9
avlodni hayotda chidamli, matonatli, o‘z kuchiga ishonadigan qilib tarbiyalash uchun jismoniy
mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlanadi. Agar bu fikrlami psixologik
trening asoslari bilan bog‘laydigan bo‘lsak, trening jarayonida psixogimnastik mashqlar (aynan
jismoniy harakatlar orqali o‘tkaziluvchi mashg'ulot qismijdan foydalanish orqali ishtirokchilar o‘z
hayotida sodir boiayotgan turli vaziyatlarda to'g'ri yo‘l topishga, qiyinchiliklami o‘zi hal qilishga,
to'g'ri qaror chiqara olishga yordam beruvchi ko'nikma va malakalami hosil qilishagi. Aynan
shunga oid fikrlar qadimgi manbalarda ham aks etgan.
Bundan tashqari qadimgi manbalardan o‘qib bilishimiz mumkinki, qadimgi Rimda ma’lum bir
hududga tegishli muammolarni hal etish uchun oqsoqollar kengashlari tuzilgan va ular kengash
muhokamasida dumaloq holatda o‘tirishgan. Bu holatda o‘tirish trening o'tkazishning muhim
jihatlarida ta’kidlangan dumaloq stul shaklida o'tirishga asos solgan boisa, ehtimol. Yana bir misol,
qadimgi Rimda ritsarlaming yig'ilishlari ham dumaloq stol atrofida bo'lih o'tgan. Bu ham
yuqoridagi holatni ifodalashga asos boiadi. Bu fikrlarda aynan fanning asoslari hamda unga tegishli
qonuniyatlar ochib berilganligini ko‘rish mumkin.
Shu o‘rinda antik davr faylasuflaridan biri, qadimgi yunonistonlik idealistik fikrlar
targ'ibotchisi, faylasuf va olim Axastu (384-322)ning fikrlarini keltirib o‘tish mumkin. Arastuning
fikricha, insonda insoniy go‘zal fazilatlar hosil qilish va unda ezgu xulq-odat hamda ko‘nikmalarni
tarkib toptiriup uchun muntazam o'tkaziladigan jismoniy mashqlar bo’lishi zarurdir. Har bir kishi
shunga odatlanishi, buning uchun esa unda doimiy harakat va istak bo’lishi lozim. Buning
natijasida odatiy ko‘nikishdan axloqiy xatti-harakatlar hosil boiadi va xulq-atvor ko‘nikmalari
paydo boiadi.
Qadimgi Spartada ham shunga o'xshash fikrlar mavjud bo’lib, spartaliklar o‘z farzandlarining
jismoniy jihatdan baquwat va sog'lom bo’lishi uchun ulami turli mashqlar, o'yinlar bilan
chiniqtirganlar. Spartaliklar o‘z farzandlarini jismoniy mashqlar orqali sovuqqa, ochlikka, og‘riqqa
bardoshli qilib tarbiyalashga harakat qilishgan. Ahamiyatli tomoni shundaki, ular jismoniy
mashqlami bajarish jarayonida bolaiami olti-yetti nafarlik guruhlarga bo‘lib ishlaganlar va har bir
guruhga alohida vazifalar berganlar. Bundan ko'zlangan maqsad - guruhdagi bolalar oitasida o‘zaro
bir-birlariga bo‘lgan ishonchni shakllantirish, shuningdek o‘zaro qoilab- quvvatlashga erishish
ko'nikmasini shakllantirishdan iborat bo‘lgan.
Alohida ta’kidlash lozim, spartaliklarda ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari
egallar bo’lib, bu mashqlar o‘ta qiyinligi bilan ajralib turgan. Buning sababi esa qadimdan maiumki,
qadimgi spartaliklar o'zlariga baquwat va jismonan sogiom jangchilami tayyorlashga harakat
qilishgan.
Antik davr faylasuflarining ilk fikrlari mazmun va mohiyat jihatdan ham, maqsad va vazifa
jihatdan ham hozirgi zamon trening mashg’ulotlariga toia mos keladi. Bu bilan antik davrlarda
trening mashg‘ulotlari o‘tkazilgan degan, xulosaga kelish, noto'g'ri albatta. Lekin aynan antik davr
faylasuflarinig ilk qarashlarida o‘yin va masbqlaming inson hayotiga va ruhiyatiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishi ta’kidlab o'tilgan.
2.2. Sharq allomalarining guruhlar bilan bogiiq fikrlari
Navbatdagi bosqich sharq uyg'onish davri allomalarining qarashlari boiib, ular ham o'z
asarlarida guruhiy hamjihatlik, hamkorlik va birlik shaxsda bir qator xislatlami vujudga keltirishini
bayon etishgan. U lardan A.Farobiy, Ibn Sino, M.Sa’diyning fikrlarini quyida tahlil qilamiz.
Dostları ilə paylaş: