10
qiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zamrligini aytib o'tadi. Abu Ali ibn Sino bolani maktabda o'qitish va
tarbiyalash zarurligini qayd etish bilan birga bola jamoada o'qitilishi lozimligini ham alohida
ta’kidlaydi.
Uning fikricha, agar o'quvchi jamoada o'qisa zerikmaydi,
bir-biridan ortda qolmaslik
uchun ilgariga harakat qiladi, buning asosida esa insondagi musobaqalashish
istagi rivojlanishi
yotadi, bundan tashqari bolalar birgalikda bo‘lganlarida ular o‘zaro bir-birini hurmat qilishga
o'rganadilar, do'stlashadilar, o‘quv materiallarini o'zlashtirishda bir-birlariga ko'mak-lashadilar.
Bulaming barchasi trening jarayonida ishtirokchilarda yuzaga keltirilishi lozim bo‘lgan ko‘nikma
va malakalarga aynan mos keladi.
Ibn Sino bolani jamoada o'qitish haqida fikr yuritar ekan bolada o'z shaxsiy fikrini bayon etib
bcra olish ko‘nikmasini shakllanlirish lozimligini ham ta’kidlab o'tadi. Bola jamoada o'qir ekan
moslashuvchan, o'z fikriga ega shaxs bo'lib kamolga yetadi. Allomaning fikriga ko'ra,
bolalar
jamoasini o'qitishni jismoniy mashqlar bilan uyg'unlikda, birgalikda olib borish zarurdir. Chunki
bular bolaning barkamol - ham jismonan, ham aqlan yetuk bo'lishi uchun zarur bo'lgan omillardir.
Dostları ilə paylaş: