Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Agressiyaning frustasion nazariyasi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

 
15.6. Agressiyaning frustasion nazariyasi 
Djon Dollard tomonidan taklif etilgan bu nazariya yuqorida keltirilgan yondoshuvlarga 
qarama-qarshi qo‘yiladi. Unda agressivlik evolyusion emas, balki situativ jarayon sifatida qaraladi. 
Bu nazariyaning asoschisi D.Dollard va uning hamkasblari - “frustrasiya doimo agressiyaga olib 
keladi” degan fikmi ilgari suradilar (Jon Dollard, 1939). Masalan, faraz qiling, talaba bugun darsga 
kech qolmaslik uchun nonushta qilmasdan keldi. Uch para dars tugagunicha uning qorni och qolib 
ketdi. Talaba darsdan so‘ng mazza qilib ovqatlanishni mo‘ljallagan edi. Mana qo‘ng‘iroq ham 
chalindi. Lekin guruh murabbiysi kirib guruh yarim soatga qolshi lozimligini, shoshilinch 
muhokama qilinishi lozim bo'lgan masala borligini aytdi. Talaba sabr bilan guruh yig‘ilishining 
tugashini kutdi, ovqatlanish uchun oshxonaga borganida, oshpazlar talabaga bugun xo'randa ko‘p 
bo'lganligini, shuning uchun tayyorlangan ovqatlar tugaganligini aytishdi... Ovqatlanish ehtiyojini 
qondira olmasdan o‘rtog‘iga bergan va’dasini bajarish uchun, o'rtog'i bilan kutubxonaga qaytgan 
talabaning ahvolini tasawur qilish qiyin emas. 
Aytingchi, talabaning o‘rtog‘i undan ehtiyot bo'lgani yaxshimikan? Uning o'rtog'iga biror 
yomon gap aytishga boigan ehtimol ortadimi? 
Frustrasiya - bu maqsadga erishishga xalaqit qiluvchi barcha to‘siqlardir (shu jumladan, 
ovqati tugagan oshxona ham). Agar shaxsning maqsadi kuchli motivasiyalangan bo'lsa va u 
maqsadining amalga oshishidan qoniqish olishni kutayotgan bo‘lsayu, uning bu istagi to‘siqqa 
uchrasa, bunday holatda frustrasiya yanada kuchayishi mumkin. 
Frustrasiya agressiyaning paydo bo‘lishi uchun motivasiya hosil qiladi. D.Dollard va 
M.Milleming ftkriga ko'ra, frustrasiyani keltirib chiqaruvchi sababga nisbatan agressiyani namoyon 
qilish jamiyat yoki jamoatchilik tomonidan jazolanishi yoki kamida muhokama qilinishi mumkin. 
Bunday jazodan qo‘rqish esa agressiyani boshqa nishonga, ob’ektga (eshikni qarsillatib yopish, 
aybsiz b o ‘lgan shaxsga ja h l qilish) yoki shaxsning o ‘z -o ‘ziga qaratilishi (suitsid sodir qilishi)ga 
sabab bo'lishi mumkin (Dollard, 1939; Miller, 1941) Frustrasiya va agressiya nazariyasi borasida 
o‘tkazilgan labaratoriya tadqiqotlari ikki xil natija berganligini ko'rish mumkin: frustrasiya ba’zan 
agressiyani kuchaytirgan bo‘lsa, ba’zan aksincha, susaytirgan. Masalan, Yudjin Bemstayn va Filip 
Uorchel o'tkazgan tajriba bunga yaqqol dalildir: eksperimentatoming assistenti eshitish apparati 
ishlamay qolayotganligi tufayli hadeb guruhiy qaror qabul qilishga xalal beraveradi, bu hoi majlis 
ishtirokchilarida frustrasiyani keltirib chiqazgan, lekin hech qanday agressiyaga olib kelmagan. 
Tadqiqotchilaming fikricha bu yerda frustrasiya agressiyaga sabab bo'lmaganimng sababi 
frustrasiyani keltirib chiqazgan manba aniq va yctarlicha tushunarli boiganidir. 
Frustrasiya va agressiyaning aloqadorligi ilk nazariyalarda oshirib talqin qilinganligini 
payqagan Leonard Berkovis bu nazariyani qayta ko'rib chiqdi. U quyidagi taxminni ilgari surdi: 


101
frustrasiya jahl va agressiv harakat qilishga emotsional tayyorlikni keltirib chiqaradi (frustrasiya 
agressiyani emas, balki agressiv harakat qilishga tayyorlikni keltirib chiqazadi). Har qanday inson 
atrofidagilardan uning istaklariga mos harakatlami kutadi, agar uning bu kutuvlari amalga oshmasa 
yoki kutilgan harakatni bajarishiga imkoni bo’la turib, buni bajarmasa, bu hoi frustrasiyani keltirib 
chiqaradi va o'z-o'zidan insonning jahli chiqishiga sabab bo'ladi (Averill, 1983; Weiner, 1981). 
Frustrasiyani his qilgan odam qachon dilozorga tashlanadi, qachonki uni bunga majbur qilishsa. 
Agressiya kelib chiqishi uchun, albatta va har doim ham frustrasiya boiishi shart emas, lekin 
frustrasiya bilan assosasiyalahadigan stimullar doimo agressiyani kuchaytiradi (Carlson & Oters, 
1990). 
Bu nazariyaning asosiy jihatlari quydagicha ifodalanadi:
- Frustasiya har doim biror-bir shakldagi agressiyaga olib keladi. 
- Agressiyani chorlovchi masalalarda doimo uchta omil hal qiluvchi uluuniyatga ega bo'ladi:
1. Sub’ekt tomonidan kutilayotgan bo'lg'usida erishiladigan mnqsudgn crishisli darajasi - agar 
shaxs o‘z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishi anchii vaqtgu cho‘zilib ketsa, bunday holat albatta 
agressiyani chaqiradi;
2. Maqsadga erishish yo'lidagi to'siq kuchi - shaxsning o'z oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida 
uchragan to'siq yengib bo'lmas darajada bo'lsa yoki shaxs tomonidan shunday deb tushunilsa, 
agressiya vujudga keladi.
3. Ketma-ket ffustasiyalar soni - agar maqsad yo'lida bir-to'siq ortidan ikkinchisi, uning 
ortidan uchinchisi kelaversa va bu ketma-ketlik davom etaversa, bu albatta shaxsda agressiyani 
keltirib chiqaradi. 
Yuqoridagi uch holatni quyidagicha tushuntirish mumkin: sub’ekt o'z oldiga qo'ygan 
maqsadidan qoniqishni qay darajada ko'p kutsa, bu yo'lda to'siqlar qay darajada kuchli bo'lsa va 
to'siqlar qay darajada ko'p blokirovka qilinsa, agressiv xulq-atvorga turtki shuncha kuchli bo'ladi.
Frustasiyalar ketma-ket sodir bo'lganda ulaming kuchi bir-biri bilan qo'shilib, katta kuchdagi 
agressiv reaksiyani tug‘dirishi mumkin. 
Bundan tashqari organizmdagi og‘riq va frustrasiya (maqsadga erishish yo‘lida to‘siq paydo 
boiishi) ko‘pincha tushkunlik va adovat hissini keltirib chiqarishi va buning ortidan agressiya 
yuzaga kelishi olimlar tomonidan tasdiqlangan. Agar frustrasiya qo‘rquv yoki ikkilanish tufayli 
kelib chiqqan bo'lsa, shaxs alamini (agressiyasini) ko‘pincha boshqalardan oladi. Bu holat fanda 
“agressiyani chiqarib yuborish” fenomeni deb ataladi. 
O ‘z agressiyasini chiqarib yuborish uchun shaxs turli xil nishoniami topadilar. Misol sifatida 
quyidagi tarixiy holatni keltirish o'rmli. Germaniya Birinchi jahon urushida mag'lubiyatga 
uchragach, bu davlatga iqtisodiy tartibsizlik, inqiroz kirib keldi va ko‘pchiiik nemislar buning 
alamini olish uchun yevreylami tanlashdi va ularga nisbatan yovuzlikni his qila boshlashdi. A.Gitler 
hokimiyat tepasiga kelishidan ancha oldin, bir nemis lideri shunday degan edi: “Evreylar - bu 
bizning agressiyamizni chiqarishimiz uchun juda qulay ob’ektdir. Agar yevreylar bo'lmaganida edi, 
ulami o'ylab topishga to‘g‘ri kelgan bo'lardi” (G.W.Allport. 1958). O'rta asrlarda odamlar o'zidagi 
qo‘rqinch va agressiyani jodugarlarga ko'chirishgan, vaqti-vaqti bilan ulami gulxanda kuydirib
alamini chiqarib yuborganlar. 
Hozirgi kunda agressiyani chiqarib yuborilishi yuzasidan quyidagi holatlami kuzatish 
mumkin:
1. Oila muhiti - ba’zi oilalarda ota-ona o‘z ag-essiyasini o‘z juftiga yoki farzandlariga 
namoyon qiladi. Bu psixologik jihatdan katta xato hisoblanadi, chunki bunday xatti-harakat bolada 
agressiv xulqning shakllanishiga olib keladi. 
2. Ijtimoiy muhit - ayrim kishilar o‘z agressiyasini oiladan tashqarida - o‘z tengqurlari, 
hamkasblari b lan bo‘lgan munosabatlarda namoyon qilishga harakat qiladilar. Bu ham o‘ziga 
yarasha muammolami keltirib chiqarishi mumkin, ya ni agressiv shaxsni o‘sha guruhdagilar 
orasidan siqib chiqarilishi o‘sha shaxs uchun yolg‘izlanib qolish hissini keltirib chiqaradi. Bu esa 
muammo ustiga muammo tug‘dirmasdan qolmaydi. 
3. Ommaviy axborot vositalari - bugungi kunda aksariyat kishil—r o‘z agrcssiyalarini 
kompyuter va uyali telefon vositalaridagi o‘yinlar orqali bartaraf etishga urunayotganligi haqidagi 


102
fikr keyingi paytlarda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilmoqda. Bu ham o‘ziga xos muammoni 
yuzaga keltirmoqda, ya’ni bunday kishilar aksariyat hollarda agressiv o‘yinlar bilan mashg'ul 
bolishadi va bunday o‘yinlar ularda agressiv hulq-atvomi yanada kuchaytiradi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin