40
o‘zgarishlami diqqat bilan kuzatishi va ana shunday" daqiqani payqab olishi kerak boTadi. Bu
daqiqa shundan iboratki, bir tomondan mashqning maqsadi uchun va uning muhokamasi uchun
yetarli materiallar yig'iladi, boshqa tomondan esa guruhning ko‘pgina ishtirokchilari mashqni
bajarishni davom ettirish niyatida bo'lib va uni tugatishga roziligini ham izhor etadilar.
Psixogimnastik mashqning yakunida albatta muhokama jarayonini o‘tkazish shart. Bunda
quyidagi tavsiyalarga amal qilinishi lozim boTadi: Agarda mashqni o‘tkazishdan maqsad ko'proq
va mazmunli axborot olishga yo'naltirilgan bo‘Isa, demak uning muhokamasiga ham shuncha ko‘p
vaqt sarflanadi. 80
Bu vaqtda ulaming mashqning tag-zamirida yotgan mantiqni anglash borasidagi fikilari so
raladi va treneming o‘zi ham mashqning asl mohiyatini ochib bemvchi fikrlami bildiradi (Masalan,
“Mevali salat” mashqi zamirida insonning yashash uchun kurash instinkti yotishi kabi).
Agar mashqning maqsadi guruh a’zolarining holati qay darajada o'zgarganligini bilishga
qaratilgan bo‘lsa, u holda muhokama jarayonida: "Siz о zingizni qanday his qilyapsiz?", "Hozir
kayfiyatingiz qanday?" kabi qisqa savollar beriladi. Bunday sharoitda aksariyat holatlarda
“kayfiyatim ko‘tarildi”, “mazza qildim , zo r bo ldi , faollashdim”, “tetiklashdim” kabi ijobiy va
hissiy javoblar beriladi va shu bilan chegaralaniladi. Ba’zi hollarda esa ishtirokchilaming aniq bir
holatini ко rgan boshlovchi o‘zi ham ularga quyidagicha gap qotishi mumkin: "Ko‘rib turibmanki,
hammangiz xushvaqtsiz, demak endi keyingi murakkab ishlarga ham о tish mumkin , Men
ko‘ryapmanki, hamma tabassum qilayapti, menimcba kayfiyatlar yaxshi, demak, mashg'ulotni
davom ettirish mumkin" va h.k.
Guruhlarda birgalikda o‘tkaziladigan psixogimnastik mashqlarda g‘olib va mag lublarbo
Imasligi va hech kim o'zini yakkalanib qolganday xis qilmasligi kerak, aksincha psixogimnastik
mashqdan asosiy maqsad bu — vaqtixushlik qilishdir va u mashq ishtirokchilarida umumiylik,
mushtaraklik hissini vujudga keltirishi lozim Psixogimnastik mashqiar bolalarda ham, kattalarda
ham boshqalarga ishonch, diqqatni jamlash, kirishimlilik va o‘zaro muloqot kabilarga ko‘nikma,
malakalar hosil qiladi. Shu tarzda mashqiar ishtirokchilaming nafaqat aqliy jihatdan, balki umuman
shaxs sifatida rivojlanishiga ham katta yordam beradi.
Shuningdek, psixogimnastik mashqiar ishtirokchilami uzoq davom etgan zo'riqtiruvchi
mashg‘ulotlar yoki noxush hayotiy vaziyatlardan so‘ng o'zini tiklab olishiga yordam beradi. Trener
yodda tutishi kerak bo‘lgan holatlardan yana biri mashg'ulotning boshlang'ich bosqichida guruhdagi
barcha ishtirokchilar ham mashqlarda ishtirok etishni istayvermaydilar va ulami majburlash kerak
emas. Lekin bu ulaning xohishini qondirish kerak, deani ham emas. Trener ulami turli usullar bilan
qiziqtirishi va mashqdagi ishtirokini ta’minlashi lozim. Odatda tajribalarda shu narsa isbotlanganki,
bunday ishtirokchilar bitta psixogimnastik mashqda qatnashsalar, o‘z- o‘zidan keyingi mashqlarda
ham ishtirok etishni istab qoladilar. Shuningdek, treneming har doim yelib-yugurib harakat qilishi
ishtirokchilami faol bo‘lishga undash bilan birgalikda, guruhda xush kayfiyat, do‘stlik muhitini
yaratishga ham yordam beradi.
Psixogimnastik mashqning oxiri doimo qandaydir emotsional ahamiyatga ega bo‘lishi kerak.
Ya’ni psixogimnastik mashq oxirida albatta ikki xil holat kuzatilishi zamr: birinchidan,
ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat kuzatilishi lozim. Ikkinchidan, psixogimnastik mashqdagi
o‘zaro munosabatlardan mantiqiy yakun kelib chiqishi kerak.
Dostları ilə paylaş: