63
his etadilar, "sheriklik" hislarini sezadilar. Bu holat trening mashg‘ulotlari jarayonida trenerga
guruhda o‘zaro ishonch, samimiylik muhitini yaratishga hamda guruhni ahillashtirishga halaqit
berishi mumkin.
Bunday holda trener nima qilishi kerak: ishtirokchilami "ajratadigan” va aralashtirib
yuboradigan o'yinlardan foydalangan holda juftliklar va kichik guruhlardagi ishtirokchilami doimo
almashtirib borishi kerak. Ishtirokchilaming bir- birlarini yanada chuqurroq bilishlari va
tanishishlariga yordam bemvchi o‘yin!ar o'tkazishi kerak.
Treneming yoki ishtirokchilaring diqqatini jal etish, ularni chalg‘itish.
Psixologiyada shaxs tiplari borasidagi bilimlardan bilamizki, kishilar rasida namoyishkorona
tipdagi
shaxslar ham mavjud, Xuddi shuningdek har qanday trening guruhlarida ham shunday
ishtirokchilar topilib qolishi mumkinki, ular iloji boricha hammaning diqqatini o‘zlariga
qaratmoqchi bo‘lishadi. Buni ular turli xilda amalga oshiradilar: barcha savollarga har doimo o‘z
fikrlarini bayon etishga intilishadi, boshqalaming gaplarini hurmatsizlarcha bo'lib qo'yishadi,
ishtirokchilar va trener o‘rtasida nizo keltirib chiqarishga harakat qilishadi, bema’ni (ba’zida
axloqsiz) "hazil- !razul"larga yo‘l qo‘yishadi, mashg'ulotlarga qiziqishlari yo‘qligini namoyish
etishadi yoki har xil qiliqlar chiqarishadi.
Bunday holatda trener nima qilishi kerak: agar bu xil qiliqlar guruhga ishlayotgan bo'lsa, ya’ni
guruhni izdan chiqarib, trenerga va mashg'ulotlarga qarshi qo‘yayotgan bo‘lsa, hech qachon bunday
ishtirokchini noverbal ravishda rag‘batlantirish kerak emas (tabassum qilish, bosh qimirlatib
tasdiqlash va h.k.). Ularga so'zlash uchun beriladigan vaqtni cheklash kerak,
guruhning ishi va
diqqati bir xil taqsimlanganligini e’tirof etish kerak: "Men sizning gapingizni bo lishga majburman,
axir boshqalar ham gapirishlari kerak-ku". Boshqa ishtirokchilarga, ayniqsa gapirmasdan
o‘tirganlarga murojaat etish kerak, "buzg unchi ishtirokchi bilan mashg'ulotdan bo‘sh vaqtda
individual tarzda ochiq gaplashib, iming xatti- harakatlariga nisbatan tanqidiy fikrlami bayon qilib,
uning ishi noto g riligini tushuntirish lozim.
Jim o ‘tiradigan, indamas ishtirokchilar.
Trening mash g ‘ ulotlarida, ayniqsa muloqotchanlik ко nikmalarini oshirish yuzasidan
o‘tkaziladigan treninglarda ayrim ishtirokchilar treneming bergan savollariga javob bermaydilar,
baxs-munozaralarda ishtirok
etishdan bosh tortadilar, har gal gapirish uchun navbat kelganida
“Menda fikr yo‘q “Bilmadim kabi boshqalaming g‘ashiga tegadigan javoblar beradilar. Bu hoi
birinchidari ishtirokchilaming jahlini chiqarishi, ikkinchidan o'sha ishtirokichga nisbatan salbiy
hissiyotlaming paydo bo'lishiga, uchinchidan uning guruhdan ajralib qolishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga trener uchun ham qiyinchilik tug dirishi mumkin, ya’ni ishtirokchilar orasida fikr
bildirmaslikka intiluvchilar ko‘payishi va mashg ulot sifati pasayishi ehtimoli ortadi.
Bunday holatda trener nima qilishi kerak: trener ularga qiyin bo lmagan savollar bilan
murojaat qilishi, ulami juftliklardagi mashqlarga ko'proq
jalb etishi kerak, rolli o'yinlarda ularga
yetakchi rollami berishi kerak, agar ulardan qandaydir tashabbus chiqib qolsa, buni albatta qo'llash
kerak, ko‘proq “Aqliy hujum usulini qo'llashi va uning qoidalarini ta’kidlab hamma gapirishi
kerakligirii ta kidlashi lozim va guruhning hamma a’zolarining fikrini davra bo'ylab so'rab chiqishi
kerak.
Qarshilik ko‘rsatish — o'zini himova qilish. Ba’zi ishtirokchilar treningga o'zining juda ko‘p
ichki muammolari bilan tashrif buyuradilar, ulardagi bunday holat ulaming atrofdagi kishilarga
nisbatan salbiy munosabining asosi bo lishi mumkin va ulaming muammosi bunday tipdagi
ishtirokchilaming guruh qoidalariga bo'ysunmasligida ko'rinishi mumkin. Masalan, mavzuga
tegishli bo‘lmagan bahslarga chaqiruv; mashg'ulot va trenerga nisbatan o‘z
ishonchsizligini ochiq
namoyon qilish; trenemi nizolarga undash (bunda ishtirokchi trener o‘zini qanday tutishini, jahli
chiqishi yoki chiqmasligini tekshirib ko'rmoqchi bo‘ladi); agar trener bunday "buzg'unchi"
ishtirokchilaming qiliqlariga e’tibor bermasa, ular hech narsa gapirmay jim o‘tirish reaksiyasi orqali
javob berishlari mumkin. Bunday ishtirokchining qarshiligi u konstruktiv ravishda namoyon eta
olmaydigan ichki zo'riqishi bilan bog'liq bo‘lishi ham mumkin.
Bunday holatda trener nima qilishi kerak: ishtirokchi bilan individual tarzda gaplashishga
harakat qilishi kerak; agar guruhda bitta shunday ishtirokchi bo‘lsa, uning ichidagi gaplami ayta
64
olishi uchun imkoniyat yaratish kerak;
uni nima qiynayotgani, nima uchun g'azabiantirayotgani,
odamlarga bo‘lgan nafratining asosi nimaligi haqida gaplashish kerak; faol ishlash uslublaridan
foydalangan holda, ya’ni zo'riqish, agressiyani susaytiruvchi o'yinlami qo'llab, undagi salbiy
hislami susaytirishga yoki chiqarib yuborishga harakat qilish kerak.
Guruh a ’zolari va trener munosabatlarida nizo navdo bo'lishi.
Ko'pgina trening mashg'ulotlarida kuzatilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, ish jarayonida guruh
a’zolari o‘rtasida, kichik guruhlar orasida yoki boshlovchi va ishtirokchi munosabatlarida nizolar
paydo bo'lishi mumkin. Masalan, ayrim ishtirokchilar o‘z shaxs xususiyatlari yoki hayotdagi
ijtimoiylashuvining natijasi sifatida bahslarda о z fikrlarini har doim ham muloyim va chiroyli
tarzda bayon eta olmaydilar va natijada guruh a’zolari o‘rtasida nizolar paydo bo'lishiga olib kelib
qo'yadilar, o'z-o'zidan ular nizolami hal etish yo'l-yo'riqlarini ham bilmaydilar.
Bunday holatda trener nima qilishi kerak: trener bahsni munozaraga aylantirishi,
ishtirokchi
qo'pol ravishda bayon etgan fikmi qaytadan to'g'riiab aytishi, ishtirokchilardan о z fikrlarini ochiq,
lekin muloqotchanlik madaniyatiga amal qilgan holda bayon etishlarini so rashi va shundan so'ng
boshqalardan qaysidir tomonning fikriga qo shilishlarini so'rash yoki shaxsiy fikrlarini aytishga
undashi kerak.
Ishtirokchilaming trenerga nisbatan munosabat bitdirichi
Ishtirokchilar trenerga turli xil chalg'ituvchi savollar berishi mumkin (trenerni uyaltirish,
xijolatga qo'yish maqsadida); treneming shaxsiy hayotiga aloqador judayam nozik savollar berishi
mumkin. oilaviy hayotning nozik masalalari hakida ochiqdan-ochiq gapirib boshqalaming
noroziligi yoki hijolat bo'lishiga sabab bo‘lishi mumkin;
Bunday holatda trener nima qilishi kerak: bu xildagi vaziyatlardan chiqib ketish uchun trener
ishtirokchilar bilan birga ishlab chiqilgan, mashg'ulot vaqtida barcha amal qilishi lozim bo'lgan
xulq-atvor va xatti-harakat qoidalariga murojaat kilishi lozim, ya’ni ishtirokchilarga yoki aynan
o‘sha ishtirokchiga qoidalarni yana bir bor takrorlatish kerak.
Qoidalarning ta’sirini oshirish uchun 2 va 3-kun boshlanishida ishtirokchilar bilan roll!
o‘yinlar tashkil qilish maqsadga muvofiq, har bir guruh pontomima shaklida ko‘rsatib bersa yanada
yaxshiroq samara beradi.
Agar guruhdagi ishtirokchilar yoki kichik guruhlar o‘rtasida о zaro nizolar kelib chiqsa, nizoni
konstruktiv yo'l bilan hal etishi lozim; agar trener va ishtirokchi Л o'rtasida nizo paydo bo'lsa, trener
o'z hissiyotlarini bayon etib ishtirokchi bitan Я gaplashishga urinib ko'rishi, kompromissga kelishga
urinishi va kezi kelganda o‘z Щ xatosini tan olishi kerak.
Trener quyidagi qoidani har doim esda tutishi kerak:
Trener hamma ishtirokchilarga albatta
yoqishi va o 'zi ham hammani yaxshi ко rishi shart emas, ular bir-hirlariniyaxshi ko'rishga ham
majbur emaslar!"
Dostları ilə paylaş: