Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


Ishtirokchilarning pozitsiyasi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

Ishtirokchilarning pozitsiyasi 
Ishtirokchilaming guruhda o'ziga xos turli xil rollari va ijtimoiy pozitsiyalari iiiavjud bo‘ladi. 
Bu borada R. Shindleming (K. Rudestam, 2000) gumhiy rolllar klasssifikasiyasi keng tarqalgan 
bo‘lib, bu rollami quyidagicha taqsimlash mumkin: 1 ider guruhni harakatga undovchi va o‘z 
ortidan ergashtira oluvchi. Ekspert__u isliiirokchilami lol qoldiruvchi, ulami xursand qiluvchi, 


66
qolaversa ularning hurmatiga ‘•lib keluvchi o‘ziga xos ko'nikma, malakalarga ega boTadi va har 
doim ma iumotlami tahlil etish jarayonida o'zining shaxsiy munosabatlarini bildirib turadi. 
Konformist — passiv ishtirokchi, javobgarlikdan qochuvchi va imkon darajasida o‘zini borligini 
bildirmaslikka intiluvchi ishtirokchi. Bundaylar odatda har doim va liamma narsada lideming 
fikriga qo'shilishadi. 
Autsayder — (eng orqada qolgan) - o‘z fikrini bildirishdan qo'rqish yoki qobiliyatlariga 
ishonchsiziik natijasida guruhdan orqada qolgan ishtirokchi. < Ippozitsioner — har doim lideming 
fikrlariga qarshi chiquvchi va unga faol qarshilik korsatuvchi ishtirokchi. 
Gumhiy jarayonda ishtirokchilar tomonidan namoyish etilayotgan rollar qoidaga ko'ra, 
ulaming hayotiy real pozitsiyalarini aks ettiradi.
 
10.7. Treningni samarasiga gnruhiy iqlimning ta’siri 
Guruhning hajmi. Trening mashg'ulotlarining samarasi asosan trenerga bo’g’liq deyilsada, 
lekin bu jarayonga ta’sir ko'rsatadigan ayrim holatlar ham mavjudki, ulami albatta hisobga olish 
lozim. 
Treninglaming samarali bo’ishida 7-15 nafar ishtirokchidan iborat bo’gan guruhlar optimal 
hisoblanadi. Agar guruhning hajmi 15 kishidan ortsa, ishtirokchilar uiasidagi munosabatlarda o'zaro 
ta’sirchanlik kamayadi va ulaming o'zaro hiimkorligi pasayadi. Shuning uchun yodda tutish lozim, 
guruhda o'zaro ishonch imilutmi yaratish uchun gumh ishtirokchilarining soni 20 kishidan 
ortmasligi lozim. Agar ishtirokchilar soni 20 kishidan ortsa, bunday holda dasturga asosan guruhiy 
mashg'ulotlami kiritgan ma’qulroqdir (chunki individual mashg'ulotlar ko'p vaqtni nladi va 
guruhning zerikishiga olib keladi). 
Trening samarasiga ta’sir ko'rsatuvchi omillardan yana biri ishtirokchilarning mashg’ulotga 
kirishishga tayyorlik darajasidir. Shuningdek, ishtirokchilami motivasiyasini oshiruvchi omillardan 
biri mashg‘ulot maqsadining aniqligi va ishtirokchilaming maqsadlari bilan uyg'unligidir. Bunmg 
uchun ularga mashg’ulot yakunida ular aynan qanday natijalarga ega boTishlarini tushuntirish 
lozim. 
Trening samarasiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri guruhning ochiqligi yoki yopiqligidir. 
Yopiq guruh deb toki guruh a’zolarining barchasi o‘z maqsadlariga erishmagunlaricha yangi 
a’zolaming kirishi mumkin boTmagan guruhlar aytiladi. Ochiq guruhlarda esa guruhga yangi 
a’zolaming kirishiga ruxsat benladi, faqat ayrim hollardagina. 
Trening samarasiga ta’sir etuvchi yana bir holat - guruhdagi uyg unlik (uyushqoqlik)ning 
mavjudligidir. Bu ham guruhning o‘ziga xos holatlandan biri bo Tib, bu holat guruhning ma’lum bir 
natijaga erishuvida muhim rol о ynaydi, ■ shuningdek uyushqoqlik guruhning emotsionalhk 
ko'rsatkichi sifatida hamT baholanadi. 
Uyushqoqlik - bu atama ostida guruhning ma’lum bir maqsadni anglagan holdq 
muvaffaqiyatga erishish yoTida motivasiyalaming uyg’unligi asosida hamkorlikdagj faoliyatga 
intilishi tushuniladi. Bunday universal guruhiy holat barcha trening* guruhlarida kuzatiladi. 
Guruhni uyushqoqligini ta’minlash uchun trenerdan katta mahorat talab etiladiki, bunda u 
guruhning uyushqoqligi mashg’ulotlaming samarasmi ta’minlovichi omil ekanligini unutmasligi 
lozim. Uyushqoqlikni oshmsh uchun trener guruh a’zolarining kuchli salbiy va ijobiy emotsiyalami 
birgalikda kechirishlanga, his etishlariga olib keluvchi maxsus psixologik usullardan, shuningdek 
guruhiy birhkni talab etuvchi turli mashqlardan foydalanishi lozim. Uyushqoqlik guruh a zolarida 
guruhda o‘zini xavfsiz his etishiga, zo'riqishlami chiqarishiga, o‘zaro samimiy va ishonch 
muhitiningg yaratilishiga olib keladi. 
Treningni samarasiga guruhiy rivojlanish bosqichlari ham o‘ziga xos holda ta’sir ko'rsatadi, 
shuning uchun trener bu bosqichlarni bilishi va hisobga olishi lozim. Guruhiy faoliyatning 
rivojlanish bosqichi ishtirokchilaming bir-birlariga bo lg munosabatlaridagi pozitsiya va his-
tuyg‘ulariga (shuningdek, guruhdagi psixologi muhitga) asosan farqlanadi. 
Odatda guruhiy rivojlanishning quyidagi bosqichlari farqlanadi:
1. Tanishuv / birinchi kontakt / shakllanish (guruhning shaklanishi va o'zaro tanishuvim; 
guruh bilan tanishuvning yakunlanishi kabilami o‘z ichiga oladi).


67
2. Emotsional silliqlanish / individual maqsadlar bosqichi / jipslashish bosqichi. Ushbu 
bosqichda har bir ishtirokchining maqsadi o'ziga xos taassurot qoldirishdan iborat boTadi; dastlabki 
kontakt bosqichida jinsiy mayl va o'zini himoyalash instinktlari sayqallanadi. Bu guruhiy 
jarayonlarda quyidagilar orqali namoyon boTadi:
• qulay holatni vujudga keltirish - bu kichik guruhchalaming yuzaga keltirilishiga imkon 
beradi; 
• ishtirok uchun guruhning bahosi — bunda trener va guruh a’zolarining chidamliligi, 
bilimlari darajasi aniqlanadi;
• jmslar orasidagi farq — yoqishga intilishlar — bir-biriga tegishish, o‘zaro piching qilish va 
boshqalar.
3. Agressiya bosqichi /inqiroz/ qarama-qarshilik /guruhiy maqsadni anglash/ tartibsizhk. 
Ushbu bosqich o'zida har doim ham negativ munosabatlami aks ettirmaydi. 
4. Konstruktiv ish bosqichi /yaxlitlik/ uyg'unlik. Jshtirokchilar uchun maqsad: o'zlanm o‘zaro 
yagona birlik sifatida anglash. Bu bosqichda konstruktiv faoliyat boshlanadi va yagona guruhiy 
maqsad shakllanadi. 
5. Tugallash bosqichi /so‘nish/ xayrlashuv/yangi bosqichga yakun yasash. Bu bosqichda 
yangi maqsad paydo boTishi va bu maqsad asosida xuddi shu guruh orasidan yangi guruh paydo 
boTishi mumkin. 6. Refleksiya bosqichi /xotiralar/ ma’lumotlami egallash. 
Qisqa muddatli (8-18 soatga mo’jallangan) guruhlarda guruhiy rivojlanishning ushbu 
bosqichlari to’liq kechmaydi. Uzoq muddatli guruhlarda esa, ayniqsa ishtirokchilami shaxsiy 
rivojlanishiga yo’naltirilgan trening gumhlarida bu bosqichlar aniq namoyon bo'ladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin