74
treninglar psixologik treninglar deb ataladi. Ayrim mutaxassislar hozirgi kunda mavjud bo‘lgan
psixologik treninglami quyidagi uchta yirik guruhga ajratish mumkinligini qayd etishadi:
1. Ijtimoiy-psixologik treninglar - bu trening ishtirokchilarga o'zining atrofidagilar, oilasi,
yaqinlari va o‘z-o‘zi bilan muloqot san’atiga о rgatuvchi treninglardir. Shuningdek, bunday trening
guruhlari tarkibiga shaxsda “uxlab yotgan” imkoniyat va qobiliyatlami
yuzaga chiqarishga
ko‘maklashuvchi shaxsni rivojlantiruvchi treninglar ham kiradi.
2. Kommunikativ treninglar guruhda va undan tashqari (mijozlar, xaridorlar, hamkorlar,
raqobatchilar bilan ishlash)dagi samarali muloqot ко nikmalarini
egallashga qaratilgan
trening]ardir. Bunday ko'nikmalar xuddi xorijiy tillar yoki avtomobilni boshqarish ko‘nikmalari
kabi egallanadi. Trening mashg‘ulotlari mobaynida tabiiy holatga mos keluvchi, hayotiy
vaziyatlarga yaqinlashtirilgan amaliyot O‘talishiga ham imkon yaratiladi,
bu esa ishtirokchilarga
olgan ko‘nikmalarini amalda qo'llay olish imkonini beradi.
3. Professional treninglar. Bunday treninglar juda ko‘p mutaxassisliklarni qamrab oladi,
jumladan, hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida savdo menejerlari uchun m o l jallangan treninglarga
ehtiyoj katta.
Mutaxassislaming ta’kidlashlaricha, bugungi kunda sportchilar va ishchilar jamoasida
treninglarga bo‘lgan
ehtiyoj juda katta, chunki sportchi va ishchidan bir yoki bir necha faoliyatni
birvarakayiga, tez va muvaffaqiyatli bajarish talab etilmoqda. Shuningdek, boshqaruv treninglariga
bo‘Igan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Treninglar boshqaruv sohasiga kirib borar ekan, bunday
treninglaming asosiy vazifasi tashkilotni, savdoni va shu kabilami muvaffaqiyatli boshqarishga doir
ko‘nikma va malakalami shakllantirishdan iborat bo‘lib qoldi.
Treninglaming turlari haqida gapirilganda uning quyidagi ikki turiga urg‘u berish lozinr.
birinchisi, psixologik va psixoterapevtik treninglarga juda yaqin boigan
individual rivojlanish va
shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar ko‘rinishida mavjud. Treningni bunday ko'rinishlari
shaxsiy (jismoniy shaxslar uchun) bo‘lib, shaxsni barkamollashtirish, uni rivojlantirish, unga ruhiy
ko‘mak berish, undagi depressiya, stress va shu kabi salbiy ruhiy holatlaming oldini olish bilan
bog‘liq muammolarga qaratiladi.
Ikkinchisi, korporativ treninglar ko‘rinishida bo‘lib, bunda gumh ishtirokchilarini oldindan
kelishilgan va aniq maqsadga yo‘naltirilgan ko'nikma, malakalarga o‘rgatiladi.
Korporativ treninglaming o'zini yana quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Boshqaruv treninglari, ulaming vazifalarini quyidagi shaklda ko‘rsatish mumkin:
- missiyalami shaklllantirish va uning realizasiya qilish strategiyasini ishlab chiqish - natijada
aniq
shakllantirilgan, trening ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan missiyaga
ega bo‘linadi, shuningdek uning realizasiyasi uchun zarur bo‘lgan konkret rejalarga ham ega
bo‘linadi.
- effektiv qarorlar qabul qilish - natijada ishtirokchilar o‘z oldilariga qo'yilgan
muammolarning hal etilishi yuzasidan tayyor ko'rsatmalarga ega bo‘lishadi, slmningdek trening
ishtirokchilarida muammolami hal etish yuzasidan ko‘nikmalar hosil qilinadi.;
- tashkiliy o ‘zgarishlami optimallashtirish - tashkiliy O ‘zgarishiaming optimal rejasiga ega
boiinadi, ishtirokchilar o‘zgarishlar jarayonini boshqarish yuzasidan ko‘nikmalarga ega boTishadi; -
liderlik ko'nikmalarini shakllantirish - trening ishtirokchilari liderlik sifatlari va ko‘nikmalariga ega
bo'lishadi;
2. Marketing sohasidagi treninglar.
- tashkilotdagi marketing sohasini boshqarish - ishtirokchilar
tashkilotdagi marketing ,
sohasini boshqarish taktika va strategiyalarini o'zlashtiradilar;
- sotuvchilik mahorati ortadi; - iste’molchi bilan effektiv qayta aloqa o'matishga o'rganadi; -
effektiv prezentasiya (mahsulotm tag'dim etish)ga o‘rganadi; - mijozlar bilan ishlashga o‘rganadi;
- iste’molchining ehtiyojlarini o ’rganadi.
3. Kadrlar tayyorlash borasidagi treninglar.
- yangi xodimlami izlashning effektiv usullari;
- lavozimga kirishish;
- o'zining komanda (jamoa)sini tuzish;
75
- effektiv muloqotga kirishish;
- shaxslararo o‘zaro ta’sir,
- nizolami hal etish;
- o‘ziga ishonch kabilami shakllantirishga yordam beradi.
4. Xavfsizlik borasidagi treninglar.
- pulli razvedka va kontrrazvedka;
- korporativ xavfsizlikni tashkillashtirish yuzasidan ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Psixologik treninglami qaysi muammoni yechishga va qanday maqsaddt tashkil etilishiga
qarab, asosan quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1.Shaxslararo muloqotchanlik ko‘nikmalarini hosil qilish uchun tashkil etiladigan treninglar.
2. Shaxsni rivojlantiruvchi (barkamollashtiruvchi) treninglar
3. Turli xil psixologik muammolardan chiqib ketish uchun ko'nikmalar hosil qilish
maqsadidagi treninglar (Ruhiyatni sog‘lomlashtiruvchi treninglar)
Dostları ilə paylaş: