I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala
Biznes treninglar. Biznes treninglaming maqsadi shaxsga yoki kishilar guruhiga (masalan, korporasiya
ishchilariga) biznesda muvafaqqiyatga erishish yo'llarini o'rgatishdan iboratdir. Barchaga ma’lumki,
bunday yutuqlarga ijtimoiy hayotning to'g'ri kelgan ishtirokchisi emas, balki о z oldiga aniq maqsad
qo'ygan insonlargina erishadi. Agar ulaming psixologik muammolari, xarakter xususiyatlari yoki
muloqotchanlik ko'nikmalarining yetishmasligi samarali ishlashga halaqit bersa, u holda bimday
insonlar biznes va kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erisha olmaydilar. Shuning uchun ham
yuqoridagi trening turlarining uchallasi ham shaxsning ijtimoiy muvafaqqiyatiga ta’sir qiladi. Biroq
shunday treninglar guruhi borki ularda ijtimoiy ko'nikmalar alohida ajratib koTsatiladi va bunday
treninglar biznes treninglar deb nomlanadi.
Yaqin vaqtgacha bu guruh treninglari orasida samarali savdo (tovar hamda xizmatlar savdosi)
treninglari juda mashhur edi. Bunday treninglarda qatnashganidan so‘nggi natijalarda mijoz-
sotuvchilar
iste’molchi
(shaxs
yoki
korporasiya)ga
nisbatan
psixologik
yondashishni
o‘zgartirganlar, buning natijasida esa ulaming sotuv ko‘rsatkichi o‘sgan, shuningdek o'zlarinmg
daromad darajasini ham oshirishga muvaffaq bo'lganlar.
Biznes-treninglar guruhga ayrim koinmunikativ treninglami ham kiritish mumkin. Bunday
treninglaming maqsadi — insonlaming o'zaro ta’siri va muloqot qobiliyatini mukammallashtirish
orqali mijozning ijtimoiy muvafaqqiyatga erishishini ta’minlashdan iboratdir. Bunday treninglar
“inson faktori” birinchi masala hisoblanadigan barcha biznes sohalarda samara beradi.
Bundan tashqari, biznes treninglarga taym-menejment treninglarini ham qo'shish mumkin.
Bunday treninglarda ish vaqtini, ishdan tashqari dam olish vaqtini rasional rejalashtirish ilmi va
san’atini o‘rgatiladi.