12.2. Muloqot treninglarining bosqichlari Kontakt о ‘rnatish bosqichi. Bunda har bir ishtirokchi Qarshimdagi odam kim?” degan
savolga javob bera oladigan savollami bilishi lozim. Umuman shaxs o‘z qarshisidagi odam, ya’ni
suhbatdoshi haqida imkon darajasida ko'proq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Psixologik
adabiyotlarda ta’kidlanishicha, muloqotga kirishayotgan odam haqida hech boimaganda 5-7 tagacha
ma’lumotga ega bo’lish maqsadga muvofiqdir:
Agar odam suhbatdoshi haqida quyidagilarni bilsa, u bilan kontakt o‘rnatishi oson kechadi: - Ismi
- Mutaxasssligi (kasbining o'ziga yoqadigan va yoqmaydigan tomonlari)
- Oilaviy ahvoli
- U qadrlaydigan insoniy sifatlar
- Qiziqishi yoki xobbisi.
- Sog’ligi haqidagi ma’lumotlar
Bu ma lumotlar qatori qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, chunki suhbatdoshi haqida
ma’lumotlaming ko‘pligi samarali muloqot o‘matishning kafoloti liisoblanadi.
Demak, har qanday odam muvaffaqiyatli muloqotga kirishish uchun suhbatdoshi haqida
ko'proq ma’lumot bilishi talab etiladi. Samarali muloqotni tashkil qilishda c'liborga olinishi lozim
bo'lgan yana bir holat shundan iboratki, bunda trening ishtirokchilari "Qarshimdagi odam qanday
holatda"" degan savolga javob bilishi ta ab etiladi. Ma’lumotlar va stereotiplarga nazar tashlasak,
semiz odamlar ozg'in odamlarga nisbatan bag'rikengroq bo'lishi ta’kidlanadi. Demak, bunday
holatlami ham albatta hisobga olish lozim. Bunda kishining salomatligi, kayfiyati, emotsional holati
kabilarga e ’tibor berish talab etiladi v a ishtirokchilar ana shular o'rgatiladi.
Masalani muhokama qilish bosqichi. Bir dona kishining fikriga ko'ra, “Eng yaxshi
suhbatdosh bu - gapirishni biladigan emas, balki tinglashni biladigan suhbatdoshdir”. Aksariyat
kishilar gaplashayotganda sizni eshitayapman, deyishadi. Aslida esa suhbatdoshni suhbatdoshni
eshitish emas, tinglash lozim bo'ladi.
Tinglash 2 xilda amalga oshadi:
Passiv tinglash
Faol tinglash