Psixologik xizmat tuzilishi va uni boshqarish


Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzating



Yüklə 154,5 Kb.
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü154,5 Kb.
#211862
1   2   3   4   5   6   7   8
Psixologik xizmat tuzilishi va uni boshqarish

Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzating



 


 


 


 




BARCHA YANGILIKLAR


  •  OMMAVIY TADBIRLAR

  •  YIG`ILISHLAR

  •  UCHRASHUVLAR

  •  MATBUOT KONFERENCIYALARI

  •  SEMINARLAR

  •  DAVRA SUHBATLARI

  •  RASMIY TASHRIFLAR

  •  BRIFINGLAR

  •  E`LONLAR

  •  TALABALAR UCHUN

  •  PROFESSOR-O`QITUVCHIGA

  •  AMALIYOT BO`YICHA E`LONLAR VA YANGILIKLAR

  •  XALQ TA`LIMI YANGILIKLARI

  •  KORONAVIRUSDAN SAQLANING

  •  XALQARO UCHRASHUVLAR

PSIXOLOGIK XIZMAT NIZOMI


  • PSIXOLOGIK XIZMAT RAHBARINING VAZIFALARI

  • PSIXOLOGIK XIZMAT KO’RSATISH YO’NALISHLARI VA VAZIFALARI

  • Лаборатория Игровой Терапии

  • PSIXOLOGIK XIZMAT MAZMUNI

  • PSIXOLOGIK XIZMAT XUJJATLARI

  • PSIXOLOGIK XIZMAT XODIMLARINING INDIVIDUAL MAS`ULIYATI

  • PSIXOLOGIK XIZMAT XODIMLARINING MAJBURIYATLARI

  • PSIXOLOGIK XIZMAT XODIMLARINING HUQUQLARI

  • NIZOMGA O’ZGARTIRISH VA QO’SHIMCHALAR KIRITISH

Psixologik xizmat AQSHda 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQSHning birinchi amaliyotchi psixologlari olzini-o‘zi tarbiyalash muammosini o‘rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffitsentini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik «Gaydens» xizmatining rivojlanishiga turtki bo'ldi. Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine boMib, u bu sohada 1894- yildan boshlab ish boshlagan. 1905- yilda Fransiya ta’lim vazirligi Binega umumiy dastur bo‘yicha o‘qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muamrnosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni o‘rganadigan Bine-Simon testi yaratildi. 1909- yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970- yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi, ta’lim psixologiyasi va psixomotor rivojlanish bo‘yicha bittadan mutaxassisni o‘z ichiga oladi. Guruh 800 — 1000 o‘quvchiga xizmat qiladi, bir mak- (abda joylashib, bir necha maktabga xizmat qilishi mumkin. 1985- yilda Fransiya pedagogik psixologlarining funksiyalari aniqlab berildi. Pedagogik psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o‘qituvchilarni va ota-onalami ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o‘z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlangan. 3 Ko‘pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980- yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo‘yicha modda maktab to‘g‘risidagi qommga kiritildi. Psixotogik xizmatning asosiy mazmuni — sog‘lom shaxsning o‘sishini ta’minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklami korreksiya qilish (tuzatish), kasb tanlash muammolarini o‘rganish va hal qilishga turtki berishdir. Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy vazifasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir. Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va o‘sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936- yilda pedologik qarashlarni to‘xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga ms psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to‘xtab qoldi. Faqat 1960- yillarning oxiriga kelib, psixologlaming maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi. 1984- yilda Moskvada "Psixologik xizmat muammolari bo‘yicha I umumittifoq anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat seksiyasi ham ish olib bordi. Sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib Estoniyada 1975- yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi. Eston psixologlari «tarbiyasi qiyin» o‘smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar. Rossiyada 1982- yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Iqtidorli olima I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo‘shgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifi hisoblanadi. 1989- yilda 0 ‘zbekistonda amaliyotchi psixologlaming yetishmayotganligi sababli Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi. 0 ‘zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida olimlardan M.G.Davletshin, E.G‘. G ‘oziyev, B,R. Qodirov, 4 ( Г . B .Shoum arov, V .М .K arim ova, S h.R .B aratov, F.N.Sattarov, F.S. Ismagilova, N.S. Safoyev, F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. 1998- yilda Sh.R.Baratov «Ta’lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Psixologik xizmatni 3 nuqtayi nazardan qarab chiqish mumkin: 1. llmiy nuqtayi nazar. 2. Tashviqot nuqtayi nazar. 3. Amaliy nuqtayi nazar. Faqat mana shu nuqtayi nazarlarning birligigina psixologik xizmat predmetini tashkil etadi. Ilmiy nuqtayi nazar psixologik xizmatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo‘nalish ijrochilarining asosiy vazifasi maktab psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorreksiya va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdan iborat. Tashviqot nuqtayi nazari xalq ta’limi xodimlarining psixologik bilimlardan foydalanishini nazarda tutadi. Bu yo‘- nalishda pedagoglar, metodistlar va didaktlar asosiy harakatlantiruvchi shaxslar bo‘lib maydonga chiqadi. Xizmatning amaliy nuqtayi nazarini maktab psixologlari amalga oshiradilar, ulaming vazifasi — u yoki bu aniq vazifani hal qilish uchun ota-onalar, o‘qituvchilar, sinf jamoasi, bolalar bilan ish olib borishdan iborat. Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo‘- nalishi: dolzarb va kelajak yo‘nalishlari mavjud. Dolzarb yo‘nalish o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi muammolarni hal q ilishga qaratilgan. Kelajak yo‘nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o‘quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g‘oyani olib kiradi. Ikki yo'nalish ham bir-biri bilan bog‘liq. 5 1.2. Psixologik xizmat haqida Nizom Kollejlar va akademik litseylardagi psixologik xizmat o‘rta maxsus ta’limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollejva akademik litsey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o‘quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlaming taraqqiyoti ta’minlaganligini psixologik xizmat to‘g‘ri tashkil etilgan deyish mumkin. Psixolog o‘zining inson xulq-atvori va ruhiy faoliyati, ruhiy taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ulaming o‘quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o‘zaro munosabat xususiyatlariga, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bog‘liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo'llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o‘quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik xizmat uch asosiy bo‘g‘indan tuzilgan: — aniq o‘quv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi; — tuman xalq ta’limi qoshidagi tashxis markazi psixologi; — respublika kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologikpedagogik tashxis markazi psixologi. Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda, bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o‘z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o‘z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko‘rsatuvchi jamoatchilik xodimlari bilan yaqindan ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o‘zaro to‘ldirishi asosida quriladi. 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi — shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, 6 In'laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi qulay shartsharoitlar yaratishdan iboratdir. Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o'tkazish obyekti bo'lib, maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, maxsus o'quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o‘quvchilar, ola-onalar hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tatqiq qilish mumkin. Psixologik xizmatning mazmuni: a) psixoprofilaktika; b) psixologik maorif va ma’rifat; d) psixodiagnostika; c) psixik rivojlanitirish va psixokorreksiya; 0 psixologik maslahat. Psixologik xizmat haqida Nizom 1996- yili Xalq ta’limi Va/iri tomonidan tasdiqlangan. 2001- yilda bu Nizomga o'zgartirish kiritildi. Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo‘lishi mumkin: a) xalq ta’limi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o‘quvchilar, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trening mashg‘ulotlari o‘tkazish va aholining psixologik madaniyatini o'stirish maqsadida; b) ilmiy ommabop adabiyotlami yaratish va ularni tarqatish; d) ommaviy axborot vositalarida ehiqishlar; e) psixodiagnostik tadqiqotlar o'tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar); f) psixologik maslahat berish; g) psixologik konsiliumlar o‘tkazish; h) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan loydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglami amalga oshirish; i) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv dasturi, o‘quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar. Psixologik xizmat haqidagi Nizom 6 bo‘limdan iborat. Ular: 1. Umumiy qoidalar. 2. Psixoprofilaktik ishlar. 3. Psixodiagnostik ishlar 4. Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar. 5. Psixolog maslahati. 6. Psixologik xizmat xodimlarining mas’uliyati. 7 Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o‘z ichiga olgan. 1. Psixologik xizmat xalq ta’limi va oliy o‘rta maxsus ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 2. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxsning (pedagog, o‘quvchi, talaba, ota-ona) manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi. 3. Psixologik xizmat mutaxassislari o‘z faoliyatlarini tibbiyot xodimlari, defektologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog‘atga yetmagan o‘smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo‘mitasi, ishlab chiqarish jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar. Amaliyotchi psixologlar o‘qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta’tili muddati barcha o‘qituvchilar bilan barobardir. 0 ‘quvchilar soni 500 gacha bo‘lgan maktablarda 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar soni 250 ta bo‘lsa, 1 shtat birligi psixolog ishlashi kerak. Bog£chalarda har 2 bog‘chada 1 psixolog ishlashi maqsadga muvofiq. Oliy va o‘rta maxsus, xalq ta’limi tizimidagi psixologlaming faoliyati, psixologik maslahat va muammolaming ijtimoiy-psixologik faol usullari, psixokorreksion, psixotashxis, ijtimoiy, pedagogik, bolalar psixologiyasi sohalari bo‘yicha umum psixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. 1.3. Psixolog maslahati Psixologik xizmat faoliyati o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini tashxis qilishga, ta’lim-tarbiyadagi xatoliklaming psixologik sabablarini aniqlashga qaratilmasdan, balki bunday xato va kamchiliklarni yo‘qotish va oldini olishga qaratiladi. Bundan psixologning aniqlangan chetlashishlarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi. Psixologik xizmat faoliyati bolalar, yosh va pedagogik psixologiya, psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida timumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim. Psixologning maslahat berish rejasida quyidagi ishlar o‘z aksini topishi zarur: 1. Bolalar, o‘qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan sluig‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan, ma’muriyat (dircktor, rektor, mudir) o‘qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq, yaqqol masiahatlar berish. 2. Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush iiurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda masiahatlar uyushtirish. 3. Ma’muriyat, bolalar, o‘quvchilar hamda talabalar va ota-onalarga ularning ruhiy o‘sishi xususiyatlariga oid ma’lumotlar berishi, farzand asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish ishlarida qatnashish, tashkilotlaming g‘amxo‘rlik va vasiylik to‘g‘risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabat bildirishi lozim. 4. Ota-onalarga bolaning ruhiy rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o‘zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlaming yoshi, jinsi, individual-tipologikxususiyatlari muammosi bo‘yicha ilmiy-amaliy masiahatlar beradi. 5. Maktab o‘quvchilari, o'rta maxsus va kasb-hunar kolleji hamda akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to‘g‘risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik masiahatlar berish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish. Mazkur ishlar o‘quvchilami maktab, kollej va litseylarda «‘qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o ‘rganishga yo‘naltirilgan b o ‘lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim-tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini 9 aniqlashga moijallangandir. Tashxis ishlari guruhiy yoki individual tarzda o‘tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi. Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab o‘quvchilarini, akdemik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi, ularning bilim saviyalarini belgilaydi. 0 ‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini tashxis qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg‘ulari, o‘zini-o‘zi boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi. Maslahat berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo‘lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar ko‘pincha psixologga quyidagi muammolar: turli fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, bolalarning o‘qiy olmasligi va o‘qishni istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta’sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari orasida oila muloqoti va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo‘llari, o‘quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo‘llari, o‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish bo‘yicha murojaat qiladilar. Amaliyotchi psixologga o‘qituvchilar ham murojaat qiladilar: — kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatni yaxshilash masalalari, o‘z-o‘zini tarbiyalash, kasbiy va shaxsiy o‘z-o‘zini bilish, aqliy mehnat va xulq-atvor madaniyati va boshqa muammolar bo‘vie ha maslahat so‘raydilar. Psixolog o‘quvchilar bilan bevosita aloqada ularda vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri maslahat berish deb ataladi. Ba’zan o‘quvchilarga va otaonalarga o‘qituvchilarning u yoki bu muammolari bo‘yicha 10 maslahat beradi, bu bavosita maslahat berishdir, bunda ma'lum qoidalariga amal qilishga to‘g‘ri keladi. Maslahat berish markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan shaxsning o‘zaro ta’sir jarayoni, ular orasida ishonchli o‘zaro munosabatni o‘rnatish yotadi. Bunda psixolog — maslahat bemvchi, o‘qituvchi, ota-ona — maslahat beriluvchi, o‘quvchi mijoz rolida bo‘ladi. Maslahat berish — psixologik xizmatning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Lekin psixologik maslahat o‘zi nimaligi liaqida yagona tushuncha yo‘q. Kollejlardagi yoki akademik lilseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq o‘quv muassasadagi o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlarining, rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo‘ladi. U har bir o4|uvchi yoki o‘qituvchining o‘zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab tizimini ham ko‘radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi. Maslahat berish ishini chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin. Psixolog maslahat 0 ‘qituvchi Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va o‘qituvehi o‘z sohasini yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon bo‘ladi. 1. 0 ‘quvchi muammolari bo‘yicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi. Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda. 2. Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o‘rganadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga vordam ko‘rsatadi. Sababl; aniqlash m uam mo 1 0 ‘quvchi bola bilan ishlash 3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, hunar bilim yurti tinglovchilari yangi tipdagi maktab, oliy o‘quv yurti talabalarida uchraydigan o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi muammolarni tashxis qiladi. 4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differensial tashxisni amalga oshiradi. Nuqsonlaming tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi. Assotsial xulq-atvor sabablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va taksikomanlik, alkogolizm, o‘g‘irlik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi. 5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda ishtirok qilish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va unga asoslanib, ularga nafaqalar belgilashda ishtirok etadi. 1.4. Psixologning rivojlantiruvchi va korreksion ishlari Psixologik xizmatning ushbu yo‘nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayonida faol ishtirok etishni taqozo qiladi. Xalq ta’limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan holda mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo‘lib, yosh, davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotga tatbiq etadi, o‘qituvchilar jamoasiga bolalar, o‘quvchilar va talabalar ta’lim va tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylini o‘sish darajasiga qarab o‘qituvchilarga korreksion ishlarni amalga oshirishda ko‘rsatmalar beradi. Psixologik xizmatning ushbu yo‘nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa bu bolalar, o ‘quvchilar, talabalar o‘sishida kechikish, ularda xulqning buzilishi, ta’limda o‘zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o'rganish hisoblanadi. Amaliy psixolog bolalar, o‘quvchilar, talabalaming psixik taraqqiyotdagi, xulq-atvor muomalasidagi nuqsonlar va hamda 12 kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dastorini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ijodiy qobiliyatlami o'stirish maqsadida treninglar olib boradi. Korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o'tkaziladi va butun mas’uliyat uning zimmasiga tushadi. Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar psixolog tomonidan liar xil shakllarda, vaziyatlarda hal qilinadi: a) amaliy psixologning maxsus ishi; b) mashg‘ulot ayrim bolalar, o‘quvchilar, talabalar guruhiga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi; d) ota-onalar pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy (adbirlar tarzida mashg‘ulotlar olib borish nazarda tutiladi. Rivojlantiruvchi psixokorreksion ishlar dasturini shunday luzish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo‘nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari hisobga olinishi lozim. 1.5. Psixologning psixoprofilaktik ish lari Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini tahlil qilib, biz psixologik xizmat doirasida alohida diagnostik ish, alohida korreksion ish haqida gapirish mumkin emas degan xulosaga keldik. Psixologik xizmatda diagnostik — rivojlantiruvchi yo‘nalishlar ishning yagonayo‘nalishlaridir. D.B. Elkoninning ta’kidlashicha, bolalarni tanlash uchun, aniqlangan chetlashishlarni tuzatish maqsadida psixik taraqqiyotni nazorat qilishga yo‘naltirilgan maxsus tashxis zarur. Taraqqiyotda bo‘- lishi mumkin bo‘lgan chetlashishlarni ertaroq tuzatish uchun psixik taraqqiyotni nazorat qilish kerak. Amaliyotchi psixolog laqatgina tashxis qo‘yish bilan cheklanmasdan, keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqadi, o‘zi bergan tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi, korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni o‘zi ham olib boradi. 13 Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion ishi murakkab faoliyat turlaridan biri bo‘lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostikkorreksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qilishi bilan birga kam ishlangandir. Bu jarayon birinchi bo‘lib, tarbiyasi qiyin va normal bolalarni o‘rganishga bag‘ishlangan pedadogik tadqiqotlarda L.S.Vigotskiy tomonidan qoMlangan. I.Shvansara shaxs taraqqiyotini tashxis qilishning bosqichli eksperimentalpsixologik nuqtayi nazarini taklif etadi. Bu bosqichlar quyidagilar: 1. Psixologga rasmiy iltimos. 2. Psixologik muammoni aniqlash. 3. Tadqiqot metodini tanlash. 4. Psixologik tashxis qo‘yish. 5. Amaliy tavsiyalar. Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishini birinchi nuqtayi nazar sifatida psixologning yoki bu tarbiyasi qiyin o‘quvchiga nibatan o‘qituvchining ma’lum ijtimoiy talabiga javobini ko‘rsatish murnkin. Bu holda o‘quvchiga «tarbiyasi qiyin» tashxisi (diagnozi) o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, voyaga yetmaganlar ishi bo'yicha nazorat xodimlari tomonidan qo‘yilgan boMadi. Psixologning vazifasi — qiyinchiliklaming sabablarini aniqlash va ularga mos tuzatish (korreksiya) metodlarini topishdan iborat. Psixoprofilaktik ish — amaliyotchi psixologning eng kam ishlangan faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Psixoprofilaktika muammolari ko‘proq Amerika adabiyotlarida aks etgan. Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko‘rsatiladi. Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog‘lom bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o‘quvchilarni qamrab oladi. Ko‘pchilik mualliflaming ta’kidlashicha, maktab ruhiy sog‘liq profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o‘tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar. Ikkinchi bosqich profilaktika m uam m olari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi — bolaning o‘qishi va xulq-atvoridagi qiyinchiliklami iloji boric ha ertaroq aniqlab, ulami yo‘qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va o‘qituvchilarga maslahat berishni ham o‘z ichiga oladi (bolaning o‘qishi o‘zgarishi uchun ta’lim uslubini o‘zgartirish). 14 Uchinchi bosqich. Psixolog o‘qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko‘rinib turadigan muammolari bor bolalarga o‘z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi — jiddiy psixologik qiyinchiliklami va muammolami yo‘qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog bola bilan alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o‘quvchilaming asosiy qismi psixolog e’tiboridan chetda qolib ketadi. Hozirgi Amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni ruhiy sog‘liq xizmati sifatida faoliyat ko‘rsatishning tarafdori bo‘lib chiqmoqdalar. Psixoprofilaktika amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus turi bo‘lib, maktabdagi barcha o‘quvchilar uchun shart-sharoitlami yaratishdan iborat. Shunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar. 1. Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shartsharoitlarini yaratish; 2. Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo‘sag‘asida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik nuqson va muammolami o‘z vaqtida oldini olish hisoblanadi. 1.6. Psixologik xizmat mahsuldorligining sharoitlari Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondashuv zarurligi hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda kam foydalaniladi. Bunga maktabda o‘qituvchilaming bola haqida ko'p gapirishlari dalil bo‘ladi. Chunki maktabda o‘quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida chuqur va har tomonlama ma’lumot beradigan mutaxassis yo‘q. Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv, bolani boshqalardan ajratib alohida o‘qitishni bildirmaydi, balki shaxsning u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o‘quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi. 15 Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi. Individual yondashuvning vazifasi — rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkoniyatlarini har bir shaxsning faolligini ta’minlashdan iborat. Bu nuqtayi nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qiyin» bolalarga emas, barcha o‘quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo‘ladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qo‘llaydilar, chunki bu ko‘zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba’zi yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi. Bunday diagnostik ishning asosiy maqsadi — o‘quvchi psixik taraqqiyotining umumiy holatini bilishdan iborat. Bunday ko‘p qirrali va to‘liq tashxis natijalari psixolog uchun ham, ota-onalar, o‘qituvchilar uchun ham «tarbiyasi qiyin» bola bilan olib boriladigan tuzatish va rivojlantirish ishlarining yo‘llarini aniqlash imkonini beradi. Bu usul yutuqlar bilan birga kamchiliklarga ham ega. Bu usulni qo‘llash juda ko‘p vaqtni olganligi uchun, uni amalga oshirishning har doim ham iloji bo‘lmaydi. Negaki, uzoq vaqt davomida nafaqat psixolog, balki «tarbiyasi qiyin» o‘quvchi ham charchaydi, tekshiruvda ishtirok etishdan bosh tortadi, topshiriqlami o‘zi sezmagan holda nomiga bajaradi. Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, ayniqsa, og‘zaki metodikalar qanchalik to‘liq bolm asin, qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari bunday metodikalar shaxsni to‘liq xarakterlash uchun yetarli bo‘lmaydi. Rasmiy iltimosga qanday munosabatda bo‘lish kerak? Kollej psixologi javob beradigan birinchi savol mana shu. Rasmiy iltimosga ikki xil munosabat, ikki xilma-xil ish uslubi mavjud. Birinchisi, rasmiy iltimosga o‘ziga xos bo‘lmagan javob qaytarishdir. Bu ikki usul bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, rasmiy talabga javob tarzida (uning mazmuniga bog‘liq bo‘lmagan holda) psixodiagnostik metodlar to‘plami qo‘llaniladi. 16 Ikkinchidan, rasmiy talabga o‘ziga xos javob qaytarishning usuli bo‘lib, mashhur amerikalik psixolog K.Rodjers psixologiya fani va amaliyotiga kiritgan psixologik ish to‘g‘ri hisoblanadi. Uning fikricha, «tarbiyasi qiyin» bola bilan ishlash uchun, rasmiy talabning mazmuni qiyinchiliklar sabablarini tushunishga teng, lekin bu muhim ahamiyatga ega emas. Bola shaxsini rivojlantiradigan shunday sharoit yaratish kerakki, bu sharoit uni xulq-atvoming salbiy shakllaridan voz kechishga va yangi ijobiy shakllarini yaratishga majbur qilsin. Rasmiy iltimosga o‘ziga xos bo‘lmagan javob qaytarishga teskari uslub — bu rasmiy talabga qat’iy mos tushadigan diagnostik metodikalarni tanlashdan iborat: masalan, yomon o‘zlashtirish haqida shikoyat tushganda, birinchi navbatda bilish jarayonlarining taraqqiyoti tahlil qilinadi. Bunday tashxis o‘zlashtirmaslik sabablarini aniqlay olmasagina, boshqa ko‘rsatkichlar qaraladi. Tashxis natijalariga mos ravishda, ko‘pincha trening turida amalga oshiriladigan tuzatish ishlari olib boriladi. Masalan, xotira kuchsiz rivojlanganda, uni maxsus mashq qildirish maqsadga muvofiq, ixtiyoriylik yetarli darajada rivojlanmaganda, uni shakllantirishning maxsus dasturlari kiritiladi. 1.7. Psixologik — pedagogik konsilium Psixoprofilaktik ishlarning usullaridan biri pedagogik psixologik konsiliumni tashkil etishdir. Yu.K.Babanskiyning ta’kidlashicha, o‘quvchilami o‘rganishni yaxshi yoMga qo‘yish uchun, toliq yozma tavsifnomalar yozishdan ko‘ra sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar haqidagi fikrlarini jamoa bo‘lib muhokama qilish, sinfga va o‘quvchilarga individual yondashuv rejalarini ishlab chiqish yaxshi natijalar beradi. Bunday jamoa bo‘lib, muhokama qilishlami shartli ravishda pedagogikpsixologik konsilium deb ataladi. Psixologik-pedagogik konsilium o‘qishda orqada qolish sabablarini yoki xulq-atvordagi kamchilik natijalarini muhokama qilishga yo ‘ nalti rilgan b olid i. 2-34 17 Pedagogik konsiliumda psixologning vazifasi — o‘quvchi intellektual taraqqiyotini baholashda o‘qituvchilarga har xil tomondan yondoshuvga yordamlashishdan iborat. Pedagogik konsilium imkoniyatlarini baholashda sub’yektivizmdan holi bo‘lishga, ulami obyektiv baholash imkonini beradi. Lekin, shuni ta’kidlash lozimki, o‘qituvchilarda u yoki bu o‘quvchi haqida o‘z fikri bo‘ladi, bu fikrlami o‘zgartirish juda qiyin. Shuning uchun konsilium natijasi foydali bo‘lishi uchun psixolog unga jiddiy tayyorlanishi kerak. Psixolog konsiliumda ishtirok etib quyidagi vazifalami amalga oshiradi: 1. Pedagogik jamoa o‘quvchi psixik va shaxsiy xarakteristikalarini turli tomondan ko‘rsatish, bunda albatta ijobiy kuchli tomonlarni ta’kidlash joiz. Kuzatish, suhbat, psixotashxis natijalariga asoslanib, o‘quvchi muammolarining kelib chiqishi haqida isbotlangan farazlami keltirish zarur. 2. Har bir o‘qituvchida o‘quvchiga nisbatan munosabatni o‘zgartirishga erishish zarur. Bu juda qiyin vazifa bo‘lib, uni ehtiyotkorlik bilan hal qilish zarur, konsilium o‘tkazguncha sekin-asta boshlash kerak. Ko‘pincha o‘qituvchi o‘quvchiga nisbatan fikrini o‘zgartirgisi kelmaydi. 0 ‘qituvchi bunda psixolog nima haqida gapirayotganini tushunmaganligi uchun emas, balki ongli ravishda o‘z hayotini murakkablashtirgisi kelmaganligi uchun shunday qiladi. 3. Barcha o‘qituvchilarning o‘quvchi muammolarini, uning shaxsi mohiyatini jamoa bo‘lib, tushunishlariga erishish. Faqat ana shu holda o‘quvchi foydasiga o'zaro harakat qilishlariga ishonish mumkin. Shunday qilib, psixologik-pedagogik konsilium psixoprofilaktik ishning muhim bosqichi hisoblanadi. Yuqori darajada tayyorlangan konsilium — o‘quvchilar, o‘qituvchilar va butun jamoaning rivojlanishiga yordam beradi. 1.8. Psixologik xizmat tuzilishi va uni boshqarish Psixologik xizmatning asosiy vazifasi — tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iboratdir. 18 Ilmiy tadqiqot vazifalari — o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning muhim muammolarini, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o‘quvchilar bilan o‘qituvchilar, maktab psixologlari, psixologlar bilan o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni hamda psixologning odobini o‘z ichiga oladi. Amaliy vazifalar — psixologik tadqiqot natijalarini amalda psixologik xizmat ishida qo‘llab, bolalaming maktab ta’limiga tayyorligini aniqlash, o‘quvchilaming o‘qish faoliyatini osonlashtirish, o‘quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish, . o‘quvchilaming qobiliyat va moyilliklarini aniqlash va rivoj- * lantirish, talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi «qiyin» bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir. Tashviqot ishlari — psixologik bilimlarni, psixologik umumta’limni targ‘ib qilib, o‘quvchilaming psixologik bilimlarini oshirish, ota-onalar uchun seminarlar, ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, anjumanlar o‘tkazishdan iborat. Bu sharoitlaming barchasiga alohida to‘xtalamiz. Kichik maktab yoshida insonning maqsadli yo‘nalishi — ta’lim va tarbiyasi amalga oshiriladi. Xuddi shu yosh psixik jarayonlaming ixtiyoriyligi, harakatning ichki rejasi, faol aqliy faoliyatga ehtiyoj, o‘quv ko‘nikma va malakalarini egallash uchun juda qulay yoki senzitiv yosh hisoblanadi. Boshqacha aytganda, kichik maktab yoshining oxiriga kelib bola o‘qiy olishi va o‘qishni istashi kerak. Ta’limning keyingi bosqichlarida vujudga keladigan barcha muammolar (o‘zlashtira olmaslik, maktabga borishni istamaslik) yoki bolaning o‘qiy olmasligiga, o‘qishga qiziqmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflaming oxirida u yoki predmetga qiziqish borliqqa, bilish jarayonlariga faol munosabatini belgilaydi. Faqat bir predmetga chuqur qiziqish ham o‘quvchilaming umumiy rivojlanishiga turtki boTadi. Agar boshlang‘ich sinflarda o‘qishga qiziqish shakllantirilmagan bo‘lsa, undan keyingi yosh davrlarida bu juda qiyin bo‘ladi, ikkinchidan yetarli darajada shakllantirilmagan o‘quv faoliyati o ‘smirlik davrida yangi tuzilmalarning paydo boTishiga to‘siq bo‘ladi. 19 Maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yorqin individual farqlarni ko‘rish mumkin. Bu ular o‘quv faoliyatida ko‘zga tashlanadi. 0 ‘quv faoliyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining umumiy va maxsus qobiliyatlari birinchi o‘rinda turadi. Tajriba o‘tkazilgan bolalarning 80 %ida qandaydir muvaffaqiyatga erishilgan. Shunday qilib, maxsus qobiliyatlarni o‘quvchilar individual farqlarining asosi sifatida qarab, o‘quv-tarbiya ishlarida ulami hisobga olish zarur. 0 ‘quvchilaming shaxsiy va psixik rivojlanishida umumiy maxsus qobiliyatlar muhim omil hisoblanadi. 0 ‘quvchi qiziqishlari va qobiliyatlarini anglashi, ularning qanchalik rivojlanganligidan qat’iy nazar umuman shaxsning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday iqlim yaratishda bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti muhim hisoblanadi. 0 ‘smirlaming tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, o‘zini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning o‘mini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday ko‘rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o‘smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e’tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ulami tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. 0 ‘smirda xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy yetukiigining muhim ko‘rsatkichi bo‘lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi. Ularda asosan muloqot — qadriyatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishga, o‘zini va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof-muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa tomonidan tan olinishi, o‘ziga ishonish, xatti-harakatlarining mustahkamligi va yuksak umumiy madaniyat, o‘z fikriga ega bo‘lish, mustahkam iroda, 20 0‘z-o‘zini nazorat qilish, halollik, ko‘ngilchanlik kabi qadriyatlar tizimining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Psixologik tashviqot ishlari teleko‘rsatuv va radio orqali eshittirish qilish, yakkama-yakka masiahatlar tashkil etish, muloqot treninglari uyushtirishdan iboratdir. Psixologik xizmatning uchala vazifasi o‘zaro chambarchas bog‘liq, ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq. Maktabdagi psixologik xizmat 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika Tashxis markazi tomonidan tashkil etilib, quyidagi tartib va darajaga egadir: 1. Yuqori darajada — psixologik xizmat vazifalarini aniqlash, uning hujjatlarini tartibga keltirish Respublika xalq ta’limi vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazining buyurtmasiga binoan yuqori malakali psixologlar (pedagogika institutlari, universitetlarining psixologiya kafedralari) tomonidan amalga oshiriladi. 2. 0 ‘rta darajada — mazkur hujjatlar tomonidan hali hisobga olinmagan yangi masalalarni amaliy ravishda hal etish — psixolog mutaxassislar (Xalq ta’lim vazirligi qoshidagi viloyat, tuman, shahar tashxis markazi) tomonidan amalga oshiriladi. 3. Asosiy ommaviy darajada — psixologik xizmatning kundalik vazifalarini, amaliy psixologik xizmat haqidagi qonun va qoidalarga binoan psixologik jihatdan to‘g‘ri hal qilish. Bu ish amaliyotchi psixologlar (maktab psixologi), viloyat xalq ta’limi boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat bo‘limlari, tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari qoshidagi psixologik xizmat (bo‘limlar) xonalari, maktab, maktabgacha tarbiya muassasalari, kasb-hunar kollejlaridagi amaliyotchi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. Maktab psixologi maxsus tayyorgarlikka ega (pedagogika institutlarining amaliyotchi psixologlar tayyorlaydigan maxsus kurslarini, universitet va institutlarning psixologiya fakultetlarini bitirgan) boyish lari kerak. Psixologik xizmatning tuzilishini quyidagi sxema tarzida tavsiya etish mumkin (1 - sxemaga qarang). 1- sxema. Psixologik xizmat tuzilishi. Kollej, litseydagi psixologlar direktorga va boshqarmaga bo‘ysunadi. Biroq kollej, litsey direktorlariga psixologik xizmat haqidagi qonunda ko‘rsatilgan vazifalar bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlami psixologga topshiriq yo‘nalishida berishlariga ruxsat etilmaydi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi psixologik xizmatni tashkil etish va boshqarishning muvofiqlashtirilgan Respublika tashxis markazi tariqasida xizmat qiladi. Bu markazning psixologlar, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 3 — 5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlari bo‘lishlari zarur. Viloyat o‘rta maxsus ta’lim boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent shahar o‘rta maxsus ta’lim boshqarmasi qoshidagi tuman tashxis markazlari o‘z hududlaridagi psixologik xizmatni tashkil etish va ulami nazorat qilish vazifalarini bajaradi. 22 Ь Bu bo‘limlar 2 — 3 kishilik xizmat xodimlariga ega boiishi 1 kerak. 0 ‘quvchilar soni 500 gacha bo‘lgan maktablarda 1 ta » psixolog lavozimi belgilanadi. 0 ‘quvchilari 500 kishidan ortiq *•' kontingentdagi maktablarda har 500 o‘quvchi uchun ikkinchi psixolog lavozimi belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi har bir bolalar muassasasida 1 shtat birligida bolalar psixologi lavozimi belgilanadi. Kollej va litseylarda har 250 o ‘quvchi uchun shtatli psixolog lavozimi tayinlanadi. 0 ‘quvchilar soni 250 kishidan; yuqori kontingentli hollarda har 250 ta o‘quvchi uchun qo‘shimcha psixolog shtati belgilanadi. Bu shtat birligi haqida ma’lumotlar 1996 yilgi Nizomdan olingan. 1.9. Psixolog ishining bolalar muassasalariga ko‘ra xususiyatlari Psixologlaming ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotganlariga ancha bo‘ldi. Biroq hozirgacha ham ko‘pchilik bu soha mutaxassislari ishiga biroz shubha bilan qarashmoqda.. Bunga ma’lum ma’noda psixologlaming o‘zlari ham aybdor. Ular o‘z faoliyatlarining, o‘z yordamining qanchalik muhimligini, yosh avlodni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishda ularning ishtiroki juda zarur ekanligini ko‘rsatib, ifodalab bera olmayaptilar. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning fikrimizcha, psixologlaming o‘z faoliyatida ta’lim-tarbiya muassasalari xarakterli xususiyatlariga yetarlicha e’tibor bermayotganliklari, muassasaning o‘ziga xos xususiyatlariga moslasha olmayotganliklaridadir. Turli yoshdagi, jinsdagi ma’lumot va e’tiqod darajasidagi odamlar bilan psixolog bir xil usulda ishlab boMadimi? Turli muassasa bu turlicha sharoit, turli muassasa — bu rivojlanishi jihatdan turlicha bo‘lgan bolalar. Buning ustiga har xil shartsharoitdagi muassasalarda psixolog yagona qolipga solingan yo‘ldan borishi mumkinmi? Bizningcha, mumkin emas. Shundan kelib chiqib, turli bolalar muassasalarida psixolog olib boradigan ishning bir-biridan farqi, o‘ziga xos va takrorlanmas xususiyatlariga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Biz 23 qisqacha tarzda psixologning maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boradigan ishlari, umumiy o'rta ta’lim maktablarida va mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari bilan amalga oshiradigan ishlarning ayrim jihatlari haqida tobxtalib o‘tamiz. Psixologning maktabgacha tarbiya muassasalaridagi o‘rni va vazifasi Maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari psixolog yordamiga muhtojmi? So‘nggi yillarda maktabgacha tarbiya muassasalarimizda psixologik xizmat ommalashib bormoqda. Ayni vaqtda maktabgacha maxsus tarbiya muassasalaridagina emas, balki oddiy tuman bolalar bog‘chalarida ham amaliy psixologlar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Yurtboshimizning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Sog‘lom avlod Davlat dasturi» da 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning salomatligini mustahkamlash, tarbiyasini to‘g‘ri tashkil qilish masalasiga ko‘proq ahamiyat berish zarurligining ta ’kidlanishi maktabgacha tarbiya muassasalarida psixologning o‘rni va rolini oshiradi. Zero, salomatlik tushimchasi nafaqat jismoniy, balki ayni bir vaqtda ruhiy salomatlik birligini anglatadi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, «Sog‘lom avlod deganda shaxsan men, eng awalo, sog‘lom naslni, nafaqat jismonan baquwat, shu bilan birga ruhi, fikri sog‘, im on-e’tiqodi butun, bilimi, m a’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman». Yaqin-yaqinlargacha bog‘cha psixologi o‘ziga xos noyob hodisalardan bin edi. Psixologning bir turdagi muassasalardagi vazifa va faoliyat yo‘nalishi aniq ko‘rsatilmagan edi. Eng muhimi, psixologlaming o‘zi uchun ham bu tarmoqda qanday hodisa va muammolarga duch kelish mumkinligini aniq tasawur etishga qiynalar edilar. Shuning uchun, hatto ularning o‘zlarida ham «0‘zi psixologga zarurat bormikan?» degan gumon paydo bo‘lardi. Hozir ham ayrim bog‘cha psixologlari muassasada o‘z o‘rinlarini topolmay qiynalayaptilar. Shuning uchun ular bog‘chadagi 24 ft'Z faoliyatladning dastlabki bosqichini odatda metodikalar orqali lolalarni tashxis qilishdan boshlaydilar. Shubhasiz, bu juda Ipnarali faoliyat yo‘nalishi. Bunda bolalarning umumiy rivojlanish Hftrajasi aniqlanadi va mavjud muammolar ko‘zga tashlana boshlaydi. Biroq tashxis va uning natijalarini qayta ishlash ancha ko'p vaqt talab qilingani uchun bolalarning muammolari bilan lhug‘ullanishga vaqt deyarli qolmaydi. Shuning uchun mutaxassislar maktabgacha tarbiya muaslasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan psixologlarga ishni dastlab unga yordam so‘rab murojaat qilgan ota-ona va tarbiyachilaming murojaatini o‘rganishdan boshlashni tavsiya etadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalari va tarbiyachilarining psixologga qiladigan murojaatlari uning mazmuni va xarakteri XUsusida risolamizning navbatdagi bo‘limida batafsil to‘xtalamiz. Ishonamiz, ushbu murojaatlarni o‘rganib, ularga o‘z vaqtida javob berishi bilan psixologlar o‘zini qanchalik kerakligini isbotlay oladilar. Ota-onalar va tarbiyachilarning psixologga murojaati So‘nggi yillarda mutaxassislar shunday fikrdaki, otaonalaming psixologga qiladigan murojaati biroz o‘zgarib, aniqroq xarakter kasb etdi. Oxirgi paytlarda ota-onalaming amaliy psixolog yordamiga bo‘lgan qiziqishi ancha ortdi. Psixologning oldiga maslahat uchun keladigan ota-onalar sonining ortishi buni isbotlab turibdi. Ehtimol, ota-onalar sekin-asta bola xulqatvoridagi ko‘p narsalarga o‘zlari sababchi ekanliklarini tushuna boshlaganliklari tufayli ularda psixologik xizmatga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Balki psixologik xizmatning xalq ta’lim tizimida ommalashishi va ilmiy ommabop adabiyotlarning kocpayib borayotgani ularni o ‘z farzandiga boshqacharoq qarashga majbur qilayotgandir? Xullas, aytish mumkinki, psixologning yordamiga bo‘lgan ongli ehtiyoj astasekin bo‘lsa ham o‘sib bormoqda. Maktabgacha tarbiya muassasalarining psixologlari amaliyotida asosan ota-onalarning quyidagi bir necha guruhdagi murojaati uchraydi: 25 1. Birinchi guruh murojaatlari «muammoli murojaat» emas. Ular bilish xarakteriga ega. Ota-ona bolaning psixik rivojlanishini nazorat qilish kerakligini tushunib, psixologga farzandlarinmg psixik va aqliy rivojlanish darajasini aniqlab berish iltimosi bilan murojaat qiladilar. Bunday murojaatlarning ko‘payishiga shubhasiz, birinchidan, so‘nggi yillarda respublikamizda maktabgacha yoshdagi bolalar muammolariga, umuman bolalarning salomatligiga alohida e’tibor bilan qaralayotgani; ikkinchidan, maktabgacha yoshdagi bolalikning inson shaxsi shakllanishi va aqliy rivojlanishidagi ahamiyati haqidagi ilmiy ommabop kitoblar, gazeta-jumallar maqolalari, maxsus ko‘rsatuvlarning ko‘payib borayotganligi sababdir. O ta-onalar ko‘pincha psixologdan bola normal rivojlanayotganligini bilish uchun keladilar. Shuning uchun ular psixologning ta’kidlarini, maslahatlarini odatda e’tibordan chetda qoldiradilar. Ota-onalaming o‘z bolalari psixik rivojlanish darajasini aniqlashga bo‘lgan ishtiyoqi ortishining yana bir sababi ta’lim tizimining murakkablashishi, turli o‘quv muassasalari — litseylar, gimnaziyalaming paydo bo‘lishidir. Ta’lim tizimidagi o ‘zgarishlar ta ’sirida ko‘plab ota-onalar farzandlarini ta’limga ancha erta tayyorlab borish kerakligini anglay boshladilar. Shu tufayli bo‘lsa kerak, bolani 6 yoshdan maktabga berish muammosi bilan murojaat qiluvchi ota-onalar ancha ortdi. Psixologning bola 6 yoshdan maktabga borishi uchun uning qaysi bilish jarayonlarini rivojlantirish kerakligi haqida bergan maslahat va ko‘rsatmalari ota-onalar tomonidan ancha katta e’tibor bilan qabul qilinmoqda. 2. Ikkinchi guruh murojaatlari bolalarning qobiliyatlarini aniqlab berish yuzasidan boMadigan iltimoslaridan iborat. Xilma-xil qiziqarli to‘garaklar (musiqa, rasm chizish, ingliz tili va h.k)ning mavjudligi, buning ustiga ba’zi adabiyotlarda bolalarning qobiliyatlari 3 — 4 yoshdayoq malum bo‘ladi, degan malumotlar ota-onalami psixolog huzuriga yetaklamoqda. Psixologning vazifasi bolani bu yoshda biror sohaga masalan, musiqa yoki matematikaga majburan intensiv o‘qitishning salbiy oqibatlarini tushuntirib, bola uchun ayni damda har 26 tomonlama rivojlanish muhimligini ota-ona ongiga yetkaza bilishga qaratilishi kerak. Biroq ayni vaqtda psixolog maktabgacha tarbiya muassasasida biror faoliyatga layoqati — qoblliyat nishonalari unib chiqayotgan bolalarni aniqlashga, Ularning rivojlanishini kuzatishga, maxsus dastur asosida individual ish olib borishga o‘z e’tiborini qaratishi lozim. 3. Uchinchi guruh murojaatlariga bola xulqidagi salbiy Xislatlar tufayli paydo bo‘lgan xavotirlar kiradi. Bunda otaonalar asosan bolalarning tajavuzkorligi, tortinchoqligi, xayolparastligi, his-hayajonga beqarorligi, asabiylashuvchanligi yuzasidan murojaat qiladilar. Bir narsa kishini tashvishga soladiki, bunday murojaatlar soni tobora ortib bormoqda. Bolalar xulqidagi og‘ishishlar asosida yotgan sabablarni psixologlar 3 turkumga ajratadilar: a) ota-onalarning bola ruhiy rivojlanish qonuniyatlarini bilmasligi. Rivojlanish qonuniyatlarini bilmaslik oqibatida otaonalar bolalarga ularning yoshiga mos bo‘lmagan talablarni qo'yadilar, «beboshlik» davrlaridagi xususiyatlami esa xulqItvordagi og‘ishish deb baholaydilar. Bunday holda psixolog bola ruhiy rivojlanish xususiyatlarini yotig‘i bilan ota-onalarga tushuntirib qo‘yishi, ularga bola bilan bo‘lgan muloqot uslubini 0‘zgartirish, unga qo‘yayotgan talablarga e’tiborliroq bo‘lishini tavsiya etishi lozim bo‘ladi; b) bola xulq-atvoridagi og‘iihishlarga asab buzilishlaming ham ta’siri. Ular nevrozlar, psixosomatik kasalliklar, ruhiy rivojlanishda orqada qolish asoratlari bo‘lishi mumkin. Bu holda psixolog qoMidan kelgan yordamini ko‘rsatib, mutaxassis-psixonevrolog, nevropatolog, psixiatrga murojaat qilishni maslahat berishi kerak; d) bolaning xulq-atvoridagi og‘ishishlariga noto‘g‘ri oilaviy tarbiya eabab bo‘lishi ham mumkin. Haddan tashqari ko‘p erkalatish, qo‘rqitish, og‘ir jismofliy jazolar, befarqlik kabi ota-onalarning tarbiya bobidagi xatolari bola xulqidagi normadan chetga chiqishning sababiga lylanishi mumkin. Bunday holda bir marotaba beriladigan maslahat bilan chegaralanib bo‘lmaydi. Ota-onalar bilan muntazam tushuntirish ishlari olib borishga to‘g‘ri keladi. Shunisi •yanchliki, noto‘g‘ri tarbiya oqibatlari haqida so‘nggi paytlarda qancha ko‘p gapirilsa, tarbiyasida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bolalar soni shunchalik ko‘payib bormoqda. Shu tufayli profilaktika maqsadida maktabgacha tarbiya muassasa psixologi ota-onalar bilan olib boriladigan targ‘ibot tashviqot ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yishi kerak. Bu borada o‘ziga xos «Ota-onalar klubi»ni tashkil etish ham maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachilar ham psixologga nisbatan kamroq bo‘lsa-da murojaat qiladilar. Ularning murojaati aniq xarakter kasb etadi. Ko‘pchilik tarbiyachilarni asosan tajavuzkor yoki yomon o‘zlashtiruvchi bolalar tashvishga soladi, chunki har ikki toifadagi bolalar bog‘chadagi tarbiyaviy jarayonni qiyinlashtiradilar. Haddan tashqari tortinchoq, o‘ziga ishonmaydigan bolalar tarbiyachilaming alohida e’tiborini talab qiladi, shuning uchun tarbiyachilarni asosan boladagi u yoki bu xususiyatning psixologik mexanizmi rivojlantiruvchi mashq va o‘yinlar, o‘yinchoqlami tanlashda nimaga ko‘proq e’tibor berish haqidagi psixolog maslahati qiziqtiradi. Albatta, ota-onalar kabi tarbiyachilarni ham u yoki bu bolaning psixik rivojlanish darajasi qiziqtiradi. Zero, bunday ma’lumotlar tarbiyachilarga bolalar bilan ishlashda yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan rivojlantiruvchi ishlar muammosi Ko‘plab tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalar juda egiluvchan va ta’sirga beriluvchan ekanligini tasdiqlaydi. Bu davrda bolalar juda ko‘p narsani o‘zlashtirishi mumkin ekan. Ammo bolaning imkoniyatlari cheksiz emas, bola imkoniyatlari yosh va psixofiziologik xususiyatlar bilan chegaralangan. Awalo shuni unutmaslik kerakki, bola bu davrda tez o‘sayotgan bo‘ladi. Bolalar bilan ishlash dasturi ishlab chiqilar ekan, albatta, biror narsani qilish uchun ular qancha asab — psixik kuch sarf qilish ini ham inobatga olish kerak. Masalan, 3 — 7 yoshli bolalarga erkin harakatlanish imkoniyati berilsa, u ko‘p harakatlar qilishi mumkin. Biroq u aniq harakatni bajarishga majbur etilsa, u tez toliqib qoladi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishning muhim sharti ular bilan ishlash 28 ehog‘ida qo‘llanayotgan usul va tarbiya shakllarining bolalar psixofiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishidir. Ta’lim-tarbiya jarayoni asosan didaktik o‘yinlar, turli xil amaliy va tasviriy faoliyat shakllarida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalar bilan an’anaviy maktab darsi shaklida aslo ishlab bo‘lmaydi. Bolalar bog‘chada ta’lim olishlari uchun bu jarayon ularning tabiiy rivojlanishi bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. Psixolog mashg‘ulotidan maqsad bilim va ko‘nikma bilan qurollantirish emas, rivojlantirish ekanini unutmasligi kerak. Psixolog rivojlantiruvchi ishlarining mohiyati shundaki, ular yordamida bolaning turli tuman bilish jarayonlari va shaxsiy xususiyatlari rivojlanishiga ijobiy turtki beriladi, ular takomillashtiriladi. Psixolog ishining natijalari darhol namoyon bo‘lmaydi. Shu tufayli ko‘pincha tarbiyachi va ota-onalarning hafsalasi pir bo‘lib ketadi. Shuning uchun ota-ona va bog‘cha tarbiyachisi ongiga shuni yetkazish kerakki, psixologning ishi o‘qitish emas, balki rivojlantirish. Rivojlanish esa asta-sekin yuz beradi. Shu sababli bolaning rivojlanish jarayoni sezilmay o‘tadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan rivojlantiruvchi ishlarning asosiy shakli o‘yindir, chunki o‘yin ushbu davrdagi yetakchi faoliyat sifatida bolaning psixik rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ayni vaqtda bola o‘yin davomida yangi bilimlami egallab boradi. 1.10. Maktab psixologi ishining o‘ziga xos tomonlari Psixolog ishini nimadan boshlashi kerak? Bugungi kunda ko‘pchilik umumiy o‘rta ta’lim maktablari 0‘zining psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay rahbar va o‘qituvchilar ko‘pincha psixologning qo‘lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasawur etolmaydilar. Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hech narsa o‘zgarmaganini ko‘rishgach, ularda «Maktab psixologining o‘zi nima keragi bor?» degan savollar tug‘iladi. 29 Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o‘rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi. Maktabga kelgach, psixologlar ko‘pincha amaliyotning ular oldiga qo‘ygan muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak. Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o‘rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalami bajarishi talab etiladi: 1. Bolalarning har bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish. 2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik-pedagogik o‘rganilishini ta’minlash. 3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish. Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog o‘qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas. Psixolog maktabda yengib o‘tishi kerak bo‘lgan birinchi to‘siq — bu maktabning pedagogik jamoasiga qo‘shila olishdir. Bordi-yu, psixolog bu murakkab organizmga qo‘shilib keta olmasa, o‘z ishida muvaffaqiyatga erishishi juda qiyin kechadi. Bunga esa bir necha omil sabab bo‘ladi. Ko‘pincha o‘qituvchilar psixologni bolalami qanday qilib tarbiyalashni, qanday yashashni o‘rgatuvchi inson sifatida ко‘rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan salbiy tushunchani shakllantirib oladilar. 0 ‘z-o ‘ziga ishonchi sust bo‘lgan o ‘qituvchilar psixologni go‘yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning mavjud sharoitga tez ko‘nikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit beradi. Buning oldini olish uchun psixolog o‘qituvchilar bilan o‘zaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o‘zini 30 bilag‘on qilib ko‘rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb hisoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, o‘qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida qabul qilsinlar. Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmasligini, mo‘jizalar ko‘rsatish uning qo‘lidan kelmasligini tushuntirishi lozim. 0 ‘qituvchi bilan bo‘lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik muammo bo‘lmagani uchun u bo'yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan qo‘rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo‘yishda ota-onalar bilan aloqa o‘matish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo‘lishi va o‘zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlami ajratishi lozim. Demak, umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan awal psixolog: — o‘zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo‘lgan munosabatlami to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi; — o‘z ishining asosiy maqsadi — bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash ekanini doim yodda saqlashi; — oczining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi lozim bo‘ladi. 0 ‘qituvchi psixologning mijozi va yaqin hamkori 0 ‘qituvchilar ham alohida e ’tibor talab qiladigan obyektdir. Amaliyot shuni ko£rsatadiki, odatda o‘qituvchilar psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘ladilar. Hamma gap psixolog o‘zini qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda psixologning o‘qituvchilarga nisbatan egallaydigan pozitsiyasi juda muhim rol o'ynaydi. Psixolog pozitsiyasining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: a) pedagog bilan munosabat; b) pedagogni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish; 31 d) sub’yekt — sub’yekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik. Mana shunday holat pedagoglar bilan bo‘lgan ijobiy hamkorlikni ta’minlay oladi. Dastlabki kezhrda psixolog o‘qituvchilarga o‘z yordamini haddan tashqari faollik bilan tiqishti rmasl igi zarur. Kamtarona ravishda, agar zarur bo‘lsa, yordam berishga tayyorligini ma’- lum qilsa, shuning o‘zi kifoya. Kimdir darrov hamkorlikka shoshiladi, kimdir birozdan so‘ng, kimgadir umuman psixolog yordami kerak bo‘lmaydi. 0 ‘qituvchilar bilan ishlashda bolada ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga asosan o‘qituvchi sababchi bo‘layotganini ta’kidlab turishi kerak. Psixologning ishi «soyada» qolishi kerak. Shunda u pedagoglar orasida tan olinadi. 0 ‘qituvchilar bilan olib boriladigan individual ishlardan tashqari ular bilan seminarlar shaklida psixologik targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadga muvoviqdir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad kimgadir o‘z bilimlarini ko‘z-ko‘z qilish emas, balki pedagoglaming psixologik madaniyatini oshirishdir. Ushbu mashg‘ulotlarni shunday tashkillashtirish kerakki, o‘qituvchilar passiv tinglovchi bo‘lib qolmasinlar. Buning uchun har bir psixologik ma’lumotga ulami o‘z tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak. Oxirida esa biror bir hazil aralash testni bajarish hammaga yaxshi kayfiyat baxsh etadi. Har qaysi maktab psixologi oldidagi savol shuki «0‘zim yordamimni taklif qilaymi yoki o‘qituvchilar murojaat qilishini kutaymi?» Mayli bu savolga har kirn o‘z vaziyatidan kelib chiqib javob bera qolsin. Lekin psixolog bir narsani unutmasinki, o‘qituvchilaming unga murojaat qilishi ularning pedagogik staji va tajribasiga bog‘liq emas. Bu ko‘proq ularning shaxsiy fazilatlariga: muloqotga kirishuvchanlik darajasi, xavotirlanuvchanlik, qiziquvchanligi, yangilikka ochiqligi va boshqalarga bog‘liq. 0 ‘qituvchilar bolalar haqida har qanday uzoq muddatli psixologik tadqiqotlar natijalaridan ko‘ra ko‘proq narsa biladi. Ular bolalar bilan har kuni muloqotga kirishadilar va tabiiyki, ularga ta’sir etish uchun ko‘proq imkoniyatga egalar. 32 Demak, shunday ekan, psixolog o‘qituvchining yaqin hamkori va yordamchisi bo‘lishi kerak. Psixologlar shuni unutmasinlarki, maktab hayotini o‘ziga xos sahna asari deb tasawur qilsak, undagi rollar quyidagicha taqsimlangan bo‘ladi: 1. Bolalar. 2 .0 ‘qituvchi. 3. Psixolog. 4. Hisobchi. 5. Oshpaz. Hurmatli psixologlarga birinchi rol ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik sharofati bilan o‘z taraqqiyotining yangi davriga kirdi. Mamlakatda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarining jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlar qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan 2020-yil 25-dekabrda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston yoshlar forumi-2020” da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig so‘zlagan nutqidagi yoshlar e’tiborini alohida ta’kidlashimiz joizdir.
Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz” – deb O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev yoshlarga katta ishonch bildirdi.

Yüklə 154,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin