117
Psixologiya fanining asosiy metodlari
Soliyeva Komila G‘ayrat qizi
Urganch davlat universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada psixologiya fani metodlari, kuzatish metodi,
so‘rov metodi haqida yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
metod, kuzatish metodi, suhbat metodi.
Abstract:
This article describes
the methods of psychology, the observation
method, and the survey method.
Key words:
method, observation method, interview method.
Аннотация:
В данной статье описаны методы психологии,
метод
наблюдения и метод опроса.
Ключевые слова:
метод, метод наблюдения, метод интервью.
Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining
mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan
foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi.
Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida
to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi.
Bu fikrlar
bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta
ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik
hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin
juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir
118
tarmog’i o’z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab
metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va
unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini
aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini
isbotlashga yordam beradi. 3-rasmda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash
shakllari keltirilgan. Ushbu metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki
bu
psixik jarayon, xolat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar
to’playdi, to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi
mumkin.
Kuzatish metodi
Bu usul eng tabiiy va hayotiy metodlar jumlasiga kiradi. Chunki biz hayotda
o’rgangan ko’p
odatlarimiz, harakatlarimizning asosida o’zining bilim-bilmay
kuzatgan, xotiramizda shu tarzda olib qolgan ma’lumotlarimiz yotadi. Ilmiy nuqtai
nazardan esa kuzatuvning turlari va bosqichlari farqlanadi.
So’rov metodi
Odamlarni so’roq qilish, u yoki bu bilmagan yoki qiziqtirgan narsalarni so’rab
o’rganish insonga xos xislat. Ko’cha-kuyda ketayotganimizda
ham vaqtni yoki
ko’chalar nomini so’rovchilar bo’ladi. Katta tadbirlar arafasida, mustaqillik, “Navro’z”
119
bayramlari arafasida odamlar kayfiyatlarini bilish uchun ham oddiy odatiy so’roqlar
o’tkazilishi rasm bo’lgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada ham fikr-o’ylarni
o’rganish orqali qimmatli ilmiy ma’lumotlar to’plash vositasi sifatida qadrlanadi.
Shuning uchun so’roq metodlari psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi
ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi
tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar
javob qaytarishi kerak
bo’ladi.
Xulosa qilinadigan bo’lsa, shuni aytish kerakki, so’rov metodlari inson
psixologiyasini o’rganish,
uning dunyoqarashi, saviyasini aniqlashning qimmatli
usulidir. Lekin uni professional tarzda to’g’ri ishlatish va natijalarni to’g’ri tahlil qilish
juda katta amaliy ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimova V.M., Akramova F.A. Psixologiya. Ma’ruzalar matni. 1-qism. – T.:
TDIU, 2005. – 208 b.
2.
Mayers D. Sosialnaya psixologiya / Perevs angl. – SPb.: Piter, 1999. – 688 s.
3.
www.google.com
internet tarmog‘i