Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o‘z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko‘rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo‘llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni tajriba yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan faktlarning asosiy ko‘pchiligi psixologiyada eksperimental yo‘l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funksiyalar ko‘proq eksperiment yo‘li bilan o‘rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, qobiliyatlar) ham shu metodda o‘rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini hali eksperiment metodi bilan o‘rganib bo‘lmaydi.
Har qanday holatga nisbatan eng yaxshi izoh yoki tushuntirish atroflicha izlanishdan keyin paydo bo‘ladi. Tadqiqotchi psixologlar ilmiy uslublardan foydalanadilar ammo ular kimyogarlar va fiziklar uchratmaydigan muammolarga duch kelishadi. Bir muammoni misol qilib ko‘rsatamiz: Psixologlar ma’lum odamlar jamoasini ilmiy jihatdan o‘rganayotganda ulardan birining o‘zini g‘ayrioddiy tutishda havotirda bo‘lishadi. Kimyogar metan molekulalarini o‘raganayotganda hech qanday havotirda bo‘lmaydi. Kimyogarlar xohlagan narsasini ustida amliyot bajarishi mumkin albatta labaratoriyani portlatmagan holda psixologlar odamlar bilan bevosita uchrashgan holda qat’iy belgilangan cheklovlar asosida ish olib boradilar. Yana boshqa bir muammo shundaki odamlar kuzatuvdaliklarini bilib qolishsa o‘zlarini noodatiy tuta boshlaydilar. Kimyogarlarning kimyoviy moddalarida bunday muammoning kelib chiqshi aqlga sig‘maydi. Bu bo‘limda siz fanning umumiy tamoyillari va bu tamoyillardan psixologlar chiqgan maxsus uslublar haqida o‘rganasiz.
Dalillarni yig‘ish fan bu bilim demakdir. Ilm-fan - bu nusxa ko‘chirsa bo‘ladigan ma’lumotlarga asoslangan bilimlarni qidirishdir.
Keling dastlab ma’lumot yig‘indisi keyin esa nusxa ko‘chirsa bo‘ladigan iborasi haqida fikr yuritaylik.
Tadqiqot ehtiyotkorona qidirish bilan boshlanadi. Masalan Robert Provine kulguni savdo markazlariga borib kim qachon kulganini tasmaga yozib olgan.
Psixologlar kuzatish orqali masalaga oydinlik kiritmoqchi bo‘lsa xohlasa gipoteza paydo qilishadi va sinab ko‘rishadi.
Gipoteza-aniq taxminiy izoh gipotezani sinash quyidagi 4 qisimni tasvirlovchi pog‘onalar ketma-ketligi bilan amalga oshiriladi. Ko‘p ilmiy malumotlardagi maqollar ham aynan shu ketma-ketlikka amal qiladi. Bu kitobning har bir bobida, siz dalil nima deb nom berilgan bo‘limda psixologik ta’limga kamida bitta namuna topa olasiz ularning har birini gepotezadan to so‘ngida unga izoh berilgunga qadar izchillik bilan amalga oshiriladi.1 Kundalik hayotingiz davomida siz o‘z tanlovingizning to‘g‘riligiga ko‘pincha ishonchsizlik bilan qaraysiz. Ko‘pchilik odamlar har doim ham ruhiy holatini va psixologik sifatlarini to‘g‘ri tavsiflab bera olmaydi, bunga intilmasligi ham mumkin. Psixologiyada proektiv testlar metodikalari haqida ko‘p izlanishlar olib borilgan.