PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI JUMANOVA NILUFAR
Birinchi bosqich. Psixologiya – ruh haqidagi fan (Arastu). Psixologiyaning bunday ta’rifi ikki ming avval keltirilgan edi. Ruhning mavjudligi bilan inson hayotidagi barcha noma’lum hodisalarni tushuntirib berishga urinar edilar.
Ikkinchi bosqich. Psixologiya – ong haqidagi fan (R. Dekart, B. Spinoza, D. Lokk, G. Leybnits, D. Gartli). XVII asrda tabiiy fanlar rivoji bilan yuzaga keldi. Fikrlash, sezish, xohishga bo‘lgan layoqat ong deb ataldi. O‘rganishning asosiy metodi bo‘lib, insonning o‘zini kuzatishi va voqelikni bayon etishi hisoblanar edi.
Uchinchi bosqich. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda paydo bo‘ldi (D. Uotson, E. Torndayk). Psixologiyaning vazifalari – tajribalar qo‘yish va bevosita ko‘rish mumkin bo‘lganlarni, aynan, insonning xulq-atvori, harakatlari, ta’sirlanishga javoblarini kuzatish (harakatlarni keltirib chiqaruvchi motivlar hisobga olinmas edi).
To‘rtinchi bosqich. Psixologiya ob’ektiv qonuniyatlarni, psixikaning faoliyat va ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlarni o‘rganuvchi fan sifatida
P sixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni o‘z ichiga qamrab olib, bu davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini samarali bo‘lishi uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Bu boradagi ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo‘nalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surildi. XX asr boshlarida bixeviorizm, freydizm yo‘nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm yo‘nalishi hayvonlarda o‘tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo‘lib, uning namoyondalari E.Torndayk va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. «Bixeviorizm» ingliz tilida “hulq-atvor” degan ma’noni bildiradi. Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, hulq bilan tashqi muhit o‘rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladi. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qo‘zg‘atuvchi), ya’ni sezgi a’zolariga ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchiga o‘q otish, unga qanday javob reaksiyasi bo‘lishini, yoki bunday reaksiyani qanday stimul tug‘dirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi «S -> R» dir.
Freydizm yo‘nalishiga venalik psixiatr z.freyd asos solgan. uning fikricha, odam mohiyatiga ko‘ra hayvonga o‘xshaydi. odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga: rohatlanish va reallik tamoyiliga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi z. freyd o‘zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta’limotga aylantirib, g‘arb mamlakatlarida katta e’tibor qozondi.
Bu yo’nalish psixologiya tushunchasiga mutlaqo yangi nazariyalarni , strukturalizm, funksionalizm, bixeviorizm yoki geshtal-psixologiya yo’nalishlarining odam ruhiyati tushunchalariga qarama-qarshi fikrlarni olib keldi. Keling bu qarashlar haqida so’z yuritsak:
1.Behushlik dunyosi Freyd to’kidlardiki hayotda psixologik jarayonlar ong bilan, ya’ni inson hushida bo’lgan vaqtdan ko’ra ancha ko’proq.Inson hushi psixologik hayotining atigi o’ndan bir qismini tashkil etadi. Aslida bundanda kuchliroq psixologik jarayon mavjud . Bu keng tushuncha insonning psixologik hayotida yashirin va erishib bo’lmaydi. U barcha yashirin hohish va istaklarni tuyg’ularni , motiv va tajavuzkorlik kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Inson psixologik hayotining eng katta qismini mana shu yashirin psixologik jarayon olib boradi.Ruhiyat bilan bog’lik bo’lgan barcha muammolar yechimining kaliti ongsiz ravishda ongli ravishga o’tish darajasini ta’minlab berishdir.
2.Psixoanalitik metod: Freyd katta yoshdagi odamlarning ruhiyatidagi muammolar ularning yoshligidagi yoddan chiqqan kechinmalar sabab bo’lishini ta’kidlab o’tgan. U ruhiyat bilan bog’lik muammolarni yechish uchun yangi g’ayri tabiiy psixoanalitik metodni yaratdi.Bu metod o’z ichiga behushlik holatida analiz jarayonini oladi.Mana shu maqsadda Freyd quyidagi metodlarni sanab o’tgan.(20 бет)
A) Erkin uyishma . Bu metodda ular individni yotqizishib, uning miyasiga ya’ni hayoliga nima kelsa shuni aytib berishi kerak bo’ladi.
B) Tush Tahlili: Freydning fikricha orzu bu inson tetik vaqtidagi uning hohish istaklarini yashirin ko’rinishi. Bu istak va kechinmalar inson tushida aks etadi. Tushlarning taxlili inson ichidagi barcha haqiqiy tuyg’ularni chiqarib berishi mumkin.
C) Har kungi psixopatologiya tahlili yashirin xohish-istaklar yoki kechinmalar behush vaziyatdagi ko’rinishini kundan-kunga psixopatologik nuqtai nazaridan inson , hatti harakatlar orqali bilib olish mumkin. Masalan gapirish ohangidan , harakatlaridan.
3.Psixikaning tuzilishi Freyd uch xil tushunchani yaratdi , identifikator, ego va super ego. Bu inson psixikasini tuzilishi, uning shaxsiyatini , ruhiyatini tushintirib beruvchi tushunchalardir.
Identifikator inson shaxsiyatining eng chuqur va kam ma’lumotga ega bo’lgan qismidir. U hech qanday realikka ham, qoidalarga ham ega emas. Psixologiyani rivojlanishi ,tarixiy tasvirlanishi .
Ruhiyatning super ego etik ahloqiy qismi. Bu ideallik va haqiqiy reallik haqida o”ylamaslik. Mukammallik bu uning maqsadi , lazzatlanishni qidirish yoki vayron qilish emas . Barcha harakatlar Freydning fikricha id , ego , va super –ego o”rtasidagi dinamik muvozanat tomonidan tushunarli bo”lishi mumkin. Idning talablari o”zining muhtojlarini va appetiteni qoniqtirish bilan birga , o” sha vaqtda ikkalasini tichlantiradi. Voqeylik nuqtayi nazari tomonidan identifikatorni boshqarish va super egoni tinchlantirish uchun . Yaxshi tartibdagi inson o”z egosi tomonidan boshqariladi , nevroz ayb xissidan tashvishlangan , uning super egosida chiqayotgan ; uning idi telbalik.
«Psixik tahlilning maqsadi muvozanatni tiklashdan iborat :Qayerda bo”lgan bo”lsa o”sha yerda bo”lishi keak » . ( Freyd 1935).
Psixo-seksual rivojlanish : Freyd ko”rsatmasiga muvofiq jinsiy aloqa – hayot biror ish qilish yoki hayotdagi fundamental maqomdir. Jinsiy aloqa faqatgina kattalarga xos emas. Bolalarham boshidan jinsiy aloqa xohishida bo”lishadi. Bola bir necha turli hil psixo-seksual quyidagi bosqichlardan o’tadi
Psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o‘n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O‘zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kyolganini ko‘rish mumkin. Masalan, eramizning II-III asrlarida rivoj topgan manixizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik qarashlar sistemasi umuman bo‘lmagan. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan. CHunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70- yillarning oxiri 80- yillarning boshida I. YOqubov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o‘rgandi. Tadqiqot natijasida, shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o‘rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining qurilishiga sabab bo‘ladigan asosiy motiv—bu “Farzandli bulish”, (birinchi o‘rinda), ikkinchi o‘rinda “Jamoatchilikning gap-so‘ziga qolmaslik”, uchinchi o‘rinda “Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va hokazolar aniqlandi. N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir. Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar o‘tkazildi. Masalan, V.M.Karimovaning o‘zbek xotin-kizlari ijtimoiy tasavvurlarining o‘zgarishi mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1987), E. Usmonovning o‘zbek ayollarining suitsidal (ya’ni o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1993), E. No‘‘monovaning o‘zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlariga bag‘ishlangan, M.Zokirovaning erkak va ayollardagi rollar hakidagi tasavvurlarning o‘ziga xosligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti, M.Toshpo‘latovning o‘zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘ziga xos qirralarini o‘rganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi