Adabiyotlar: 1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент 2014.
3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
TAYANCH TUSHUNCHALAR: Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi. Uning mohiyati tuyg‘ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks ettirishdan iborat. Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsulot va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) hosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon. Psixologiya – odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan. Psixik holatlar – psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo‘lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.