1-mavzu.Psixologiya predmeti va rivojlanish tarixi
Psixika o’ziga aloxida bir olam emas: organik xayotning yuksak formalaridan bo’lib, faqat xayvonlar bilan odamga xosdir. Odam psixikasi xayvonlar psixikasidan sifat jixatidan farq qilib odamda psixik xayotning yuksak formasi-ong bor. Odam ongli zotdir.

Psixik xayot xodisalari juda xilma-xil bo’lib bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’ladi.
Psixologiyaning vazifasi ana shu bog’lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib berishdir.
Psixik xodisalar va butun psixika rivojlanib kelgan va rivojlanmokda.
Psixologiya psixik xayot xodisalari yoki qisqacha qilib aytganda psixikadan baxs yuritadi.
www.arxiv.uz
Psixika- bu yuksak tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi (xususiyati), subekt tomonidan obektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub`ekt izidan uzoklashtirmay ifodalashi,xuddi shu asnoda o'z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmish, xozirgi davr va kelasi zamon xodisalari ifodalangan va tartibga solingandir.

Genetik kelib chiqishiga binoan psixika o’z reflektor tipiga va tarixiga ega bo’lgan aloxida siklli tizim sifatida yuzaga kelgan. Reflektorlik organizm xayotining ob`ektiv sharoitlari birlamchiligini va ularni psixika yordami bilan idrok qilishning ikkilamchiligini bildiradi.