Psixologiya fanining predmeti va fanlar tizimida tutgan o`rni


HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANI VA UNING FANLAR TIZIMIDA TUTGAN O`RNI



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə5/6
tarix11.05.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#111540
1   2   3   4   5   6
Psixologiyaning falsafa doirasidagi rivojlanishi.

HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANI VA UNING FANLAR TIZIMIDA TUTGAN O`RNI
Hozirgi vaqtda psixologiya o`zining alohida predmetiga, o`zining maxsus vazifalariga va o`zining maxsus tekshirish metodlariga ega. Psixologiya sohasiga taalluqli bir qancha psixologik tashqilotlar, o`quv yurtlari, nashriyotlar mavjud. Psixologlarning ilmiy assosiatsiyalari, psixologlar jamiyatlari ish ko`rmoqda. Psixologik muammolar bo`yicha respublikamizda va xalqaro konferentsiyalar, kongresslar yig`ilib turibdi. Psixologiya fanini, uning ilmiy va amaliy ahamiyatini hozirgi kunda hamma tan olmoqda. Ma`lumki, psixologiya fani XX asrda falsafa fani tarkibidan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. O`z-o`zidan ravshanki bu bilan psixologiya falsafadan chetda qolib, undan butunlay uzoqlashgani yo`q. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosini falsafadagi ilmiy-falsafiy tasavvurlar, turli falsafiy qarashlar tashqil qiladi. Shu bilan birga psixologiya sohasida erishilayotgan ilmiy va amaliy yutuqlar o`z navbatida falsafa fanini, falsafiy amaliyot va nazariyani boyitadi.
Psixologiya fani faqatgina falsafa bilan emas, balki tabiiy fanlar bilan ham uzviy bog`liq. Bu borada psixologiya fanining rivojlanishiga fiziologiya sohasidagi yutuqlarning (miya faoliyati, nerv tizimi, oliy nerv faoliyati, psixikaning reflektor tabiati, psixik jarayonlarning neyrofiziologik mexanizmlari haqidagi bilimlar) ta`sirining rolini oshirib baholash juda qiyin.
Tabiiy fanlar sohasida olingan bilimlar psixologiya fanining tabiiy-ilmiy asosini tashqil qiladi.
Hozirgi zamon texnik taraqqiyoti kishi psixikasiga katta talablar qo`yadi. Barcha sohalarda psixik omillarning roli oshib bormoqda. Kishining xotirasiga, tafakkuriga, idrokiga, temperamenti xususiyatlariga, reaktsiya tezligini hisobga olishga e`tibor kuchaymokda. Chunki odamning ishda jiddiy xatolarga yo`l qo`ymasligi, ishni buzmasligi uning psixik va shaxsiy fazilatlariga ko`p jihatdan bog`liq. Shu sababli "Odam - mashina" tizimini to`g`ri tashqil qilishda psixologiya fanining ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa texnik fanlar va psixologiya o`rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga, bir-biriga kirishib ketishiga olib kelmoqda.
Psixologiya va pedagogika o`rtasidagi aloqalarni alohida ko`rsatib o`tish lozim. Garchi psixologiya va pedagogika o`zaro bog`liq fanlar bo`lsada, ular orasidagi aloqa ko`p yillar mobaynida ko`p jihatdan psixologiyaning pedagogikaga "moslashuviga", pedagogika esa psixologiya sohasida erishilgan "tayyor ma`lumotlarni" yuzaki hisobga olish tarzida bo`ldi.
Har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash vazifasi va psixologiya sohasida qo`lga kiritilgan yutuqlar ta`lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishda psixologiyaning imkoniyatlaridan keng foydalanish imkonini beradi.
Psixologiya oldida turgan vazifalardan biri, pedagogik amaliyotda qullanilayotgan qoidalarni (ta`lim va tarbiya mazmuni, metodlari, usullari va h.k.) psixologik jihatdan asoslab berishdangina iborat emas. Psixologiya pedagogik amaliyotdan oldinda borishi, pedagogika uchun yangi yo`llar ko`rsatishi lozim. Psixologiyaning yordamisiz pedagogika o`z oldiga qo`ygan ko`plab vazifalarni muvaffaqiyatli hal qila olmaydi. Chunki texnik taraqqiyot, o`zlashtirilishi lozim bo`lgan informatsiyalar hajmi va o`zlashtirish suratining keskin oshishi, mustaqil va ijodiy fikrlashga talabning oshishi amalda psixologik bilimlardan keng foydalanishni taqoza qiladi.


Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin