Psixologiya fanlarini о‘qitish metodikasining predmeti. Reja



Yüklə 75,5 Kb.
tarix06.10.2023
ölçüsü75,5 Kb.
#152621
Psixologiya fanlarini о‘qitish metodikasining predmeti.


Psixologiya fanlarini о‘qitish metodikasining predmeti.
Reja.

1.Psixologiya fanlarini о‘qitish metodikasi faning predmeti.


2. Oliy maktab talabalarida psixologiya kurslari bо‘yicha tushuntirish,
3 Yangi bilim berish va ongiga singdirishdan iborat kо‘nikmalarni shakllantirish.

Metodika – pedagogik fanlar, shuningdek ijtimoiy tizim talab qiladigan, pedagogika fani kо‘rsatgan umumiy о‘rta va oliy ta’limning maqsad vazifalariga mos ravishda ishlab chiqiladi.


Dars berish metodikasi - bu о‘quv fani xususiyatining sharti sifatida ta’lim va tarbiya jarayonining tizimi haqidagi kо‘rsatmadir.
Bu tizimni bilish о‘qituvchiga psixologiyaning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlarini va о‘qitish jarayonini boshqarish imkonini beradi. Psixologiyani о‘qitish metodikasi barcha psixologiya sohalari uchun umumpedagogik qoidalarni ajratib kо‘rsatish bilan birga psixologik materiallarini о‘rganishning о‘ziga xosligini moslashtirishga asoslanadi. Psixologiya о‘qitish metodikasi о‘qituvchining о‘quvchilarga psixologiyaga doir bilimlarni ongli mustahkam ravishda egallab olishlari uchun о‘quv materialini yetkazishning oqilona usul va vositalarini kо‘rsatadi. Shu bilan birga pedagogika - о‘qituvchi uchun retseptlar va kо‘rsatmalar tо‘plami emas, balki ilmiy fan hisoblanib, uning qoidalari psixologiyani о‘qitish jarayoni qonuniyatlarini shunga mos ravishda ishlab chiqishga asoslanadi.
Metodika о‘quv jarayoni mazmunini, ta’lim va tarbiya usullari va shakllarini о‘rganadi. Metodikaning barcha bо‘limlari bir-biriga bog‘liq bо‘ladi. Metodika о‘quv faoliyatida qо‘llaniladigan usul va vositalar shuningdek о‘qitishning noan’aviy uslublarini belgilab beradi Shu tariqa, metodika quyidagi savollarga javob beradi: Psixologiyani nima uchun о‘rganish kerak? Nimaga va qanday о‘qitish kerak? Kanday qilib va nima bilan tarbiyalash kerak?
Psixologiya о‘quv fani sifatida о‘qitish shakli va usullarining о‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Psixologiya о‘quv fani sifatida maqsadi, hajmi, tuzilishi, usullari va ifoda etilishi bо‘yicha farqlar mavjud. Psixologiya fanining maqsadi – fan tomonidan qо‘lga kiritilgan ma’lumotlar va qonuniyatlar haqida о‘quvchilarga, talabalarga axborotlarni yetkazishdan iborat. О‘quv darsini olib borishga vakt cheklangan bо‘lib bunda о‘quvchilar ortiqcha ma’lumotlar bilan band etmay mustahkam ilmiy asosdagi bilimlar va muammolar bilan tanishtiriladi. О‘quv fanida bilimlar tuzilishi va ularni bayon etilishi shakllari boshqacha, bulib,bu haqda K.D.Ushinskiy quyidagi fikrni ilgari suradi: «Fanni ilmiy va pedagogik bayon etish – bu ikkita turli narsalardir va butun dunyo pedagoglari ilmiy tizimlarni pedagogika fanini qayta ishlash ustida faoliyat olib bormoqdalar». Shunday qilib, о‘quv fani maktab, kollej, institut, umumiy ta’lim muassasalari va о‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos qonuniyatlari bilan belgilanadigan, mutaxasislik doirasidagi tizimdagi kerakli fanlardan tanlab olingan bilimlarni uzida birlashtiradi.
Metodikaning fan sifatida rivojlanishi о‘qituvchining shaxsiy tajribasi asosidagi metodik fikrlari, pedagogik mahoratdan ilmiy umumlashtirish, tadqiqotlarda asoslangan subyektiv ijodiyotdan obyektiv ilmiy nazariyaga о‘tib borishda davom etdi.
Umuman olganda, har bir о‘qituvchi guruhlar va sinflarda hamda yillar davomida metodik usullar samaradorligini tekshirib о‘zi dars о‘tish jarayonini о‘rganib boradi. Eng muhim metodik yangiliklarni oldingilarga bog‘lagan holda eng qulay usullarini ishlab chiqib, uni amalga oshirishdan iboratdir.
Psixologiyani о‘qitish jarayonida ishlab chiqilgan qonuniyatlar asosida metodika fan sifatida belgilandi. Metodika о‘zining о‘rganish obyektiga ega bulib u psixologiyaning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi о‘qitishning barcha masalalarini qamrab oladi. Uning boshqa о‘quv fanlari metodikalaridan farq qiluvchi jihati psixologiyani о‘rganish xususiyatlari, sabablari о‘ziga xosliklari mavjud, bо‘lib shunga bog‘lik ravishda о‘qitish usullari qо‘llaniladi. Fan о‘zining kashf etgan qonuniyatlari asosida hodisalarning bog‘liqlik sabablarini tushuntirib beradi va shu bilan bu hodisani ma’lum sharoitlarda deyarli takrorlash imkonini beradi. Metodikada bunday qonuniyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • psixologiya о‘quv materiallari tuzilishi va mazmunida fanlarni birlashtirib olib borish;

  • kо‘nikma va mahoratlarini asta sekin rivojlantirib borib о‘quvchilar, talabalarning anglab yetgan mustahkam bilimlarni egallashlari;

  • uquv materialining asosiy roli va dars berishning shakl va usullari unga mos kelishi;

  • uqitish jarayonida tarbiyaning barcha tomonlarini bir biriga bog‘liqligi;

  • dars о‘tish jarayoninig yaxlitligi va tizimlilig;

Ana shu qonuniyatlar asosida psixologiya ukitish metodikasida tarbiyalovchi funksiyasining umumiy tizimi aniqlandi, ular quyidagilardan iborat:

  • psixologik tushunchalar tizimi;

  • uqitish usullari tizimi;

  • psixologiyani о‘qitish jarayonida tarbiya va ta’limni rivojlantirish tizimi;

  • uquv ishlarining shakli, tizimi;

  • dars о‘tishning moddiy bazasini yaratish bilan boglik tizimi;

Metodika amaliy tekshirib kо‘rilgan ilmiy nazariyani beradi, u kuchni tejab sarflash va о‘quv vaqtidan tо‘g‘ri foydalanish orqali о‘qitishga imkon beradi. Metodika ta’lim va tarbiya maqsadlarini tushunib yetish, bu maqsadlarga olib boruvchi butun pedagogik jarayonni kо‘ra olishni, dars berishning eng samarali va qulay shakllari, metodlari va vositalarini egalab olishga imkon beradi.
«Birgina nazariyasiz pedagogik tajribaning о‘zi - deb ta’kidlaydi K.D.Ushinskiy, - bu tibbiyotda tabiblikning о‘zidir». Bilimi yо‘q о‘qituvchi kо‘pincha bir qator pedagogik xatolarga yо‘l qо‘yganidan sо‘ng, metodikada ancha yillar oldin ma’lum bо‘lgan narsalarni kashf etadi. Metodik nazariyani bilmay turib о‘qituvchi kо‘pincha о‘zi puxta egallab olgan, lekin о‘qitishning muhim bо‘lmagan tomonlariga berilib ketib, har doim ham butun tizimni qamrab olish imkoniyatiga ega bо‘lmaydi, buning natijasida о‘qitishning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlariga erisha olmaydi.
Bilim, mahorat va о‘qituvchining shaxsiy qiyofasi, sinf e’tiborini mohirlik bilan jalb etishi о‘qitish sifatini oshiradi, lekin shu bilan birga о‘qituvchining о‘qitish san’ati tug‘ma qobiliyatlariga bog‘liq deb xulosa chiqarishga asos bо‘la olmaydi. О‘qituvchi fanning faqatgina ilmiy mazmuninigina bilishi kerak, degan fikr ham notо‘g‘ri. Bunday qarashlar nazariya va metodikaga fan sifatidagi munosabatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. О‘qituvchining pedagogik ijodi u metodika nazariyasini yaxshi egallab olganidagina yuksak samara berishi mumkin. Metodika о‘qituvchi uchun ijod qilishga, turli usullarni bilib olishga, о‘qitish va tarbiyalashda qulay uslub va vositalarni egallashlariga keng yо‘l ochib beradi.
Psixologiya yosh fiziologiyasi, falsafa, pedagogika bilan uzviy bog‘liq bо‘ladi va psixologiyani о‘qitishda bu bog‘liqlik о‘rnatiladi. Falsafiy pedagogik bilimlar о‘qituvchilar uchun juda zarurdir.Metodika xususan psixologik о‘ziga xoslik bilangina belgilanmaganligi, balki о‘quvchilarning yosh xususiyatlari bilan ham belgilanganligi sababli yosh psixologiyasiga ham tayanadi. Tushunish, tasavvurlarining tо‘g‘riligi tushunchasi va mahoratlarning rivojlanishi, bilimlarini mustahkamlash, о‘quvchilarning yosh psixologiyasi asosida amalga oshirilishi kerak. Psixologiya о‘qitish metodikasi pedagogik fan hisoblanib, pedagogika bilan didaktika yо‘nalishi bо‘yicha uning hamma fanlar uchun umumiy bо‘lgan va tarbiya yо‘nalishi bо‘yicha uzviy bog‘liq hisoblanadi.
О‘qitish tamoyillarini bilish о‘quv fanini samarali о‘qitish uchun zarurdir. Tamoyil deganda - odatda biror bir faoliyatda tayanilishi kerak bо‘lgan ba’zi bir dastlabki qoidalar tizimi tushuniladi.
Didaktik tamoyillar yoki о‘qitish tamoyili о‘qitish maqsadlari va о‘quvchilarning о‘rganish faoliyati qonuniyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. T.A.Ilina о‘qitish tamoyillaridan quyidagilarini kо‘rsatadi:

  1. Kо‘rgazmalilik tamoyili;

  2. О‘quvchilarning о‘qishda ongliligi va faolligi tamoyili;

  3. О‘qitishning tushunarlilik tamoyili;

  4. О‘qitishning ilmiyligi;

  5. О‘quvchilarning individual xususiyatlari va yoshini hisobga olish tamoyili;

  6. Muntazamligi va izchillik tamoyili;

  7. Bilimlarni mustahkam egallash tamoyili;

  8. Ta’limning hayot bilan bog‘liqligi tamoyili;

  9. О‘qitish jarayonida tarbiyalash tamoyili;

Oliy va о‘rta maktabning zamonaviy didaktik tamoyillari (L.D.Stolyarenko bо‘yicha):

  1. Rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ta’lim;

  2. Ilmiyligi va tushunarliligi, yoshga bog‘liqligi;

  3. О‘qituvchining rahbarlik roli ostida о‘quvchilarning ongli va ijodiy faolligi;

  4. Kо‘rgazmaliligi va ijodiy fikrlashini rivojlanishi;

  5. Ta’limning tizimliligi va muntazamliligi.

  6. О‘qitishda mustaqil ta’lim olishga yо‘naltirish;

  7. Ta’limning hayot va kasbiy faoliyat amaliyoti bilan bog‘liqligi.

  8. О‘quvchilarning о‘qitish natijalari va idrok etish qobiliyatlarini rivojlanishining mustahkamligi.

  9. О‘qitishning ijodiy hissiy ta’siri;

  10. О‘qitishning jamoatchilik xususiyatlari va о‘quvchilar individual xususiyatlarini hisobga olish;

  11. Ta’limni insonparvarlashtirish va ijtimoiylashtirish;

  12. Ta’limni kompyuterlashtirish;

  13. Ta’limning integrativligi, fanlar о‘rtasidagi bog‘liqliklarni hisobga olish;

  14. Ta’limning inovatsionligi;

Eng muhim didaktik tamoyillar.

  • ta’lim ilmiy va dunyoqarash xarakteriga ega bо‘lishi;

  • ta’limni muammolilik xususiyatiga ega bо‘lishi;

  • ta’lim kо‘rgazmali bо‘lishi;

  • ta’lim faol va ongli bо‘lishi;

  • ta’lim tushunarli bо‘lishi;

  • ta’lim muntazam va ketma – ket tartibda bо‘lishi;

  • uqitish jarayonida ta’limda, о‘quvchilarni rivojlantirish va tarbiyalashni uzviy birlikda amalga oshirib borish;

Oliy maktabda о‘qitish tamoyillari.

  • oliy ta’limning bо‘lajak mutaxassis shaxsini rivojlantirishga qaratilganligi;

  • zamonaviy oliy о‘quv yurti ta’limini fan (texnika), ishlab chiqarish (texnologiya) zamonaviy va kelajakdagi rivojlanish an’analari mazmuniga ega bо‘lishi;

  • oliy о‘quv yurtida о‘quv jarayoni umumiy, guruhli va individual shakllarda tashkil etishning optimal umumlashganligi;

  • mutaxassislarni tayyorlashning turli bosqichlarida о‘qitishning zamonaviy metod va vositalarini qо‘llash;

  • mutaxassislarni ularning kasbiy faoliyati aniq sohasida talablarga javob bera oladigan qilib tayyorlash, ularning raqobatga bardosh bera olishlarini ta’minlash;

Zamonaviy oliy ta’limning muhim elementi metodologik tayyorgarlik hisoblanadi. Fan va amaliyotning rivojlanishi axborotlar oqimining rang-barangligi shaxsda barcha zarur narsalarni о‘zlashtirish va egallab olishga kuch va imkoniyat yetmaydi. Shuning uchun u shunday о‘quv materialini о‘zlashtirishi kerakki, uning hajmi qisqa bо‘la turib uni yuqori ma’lumotlar bilan qurollantirsin va ikkinchi tomondan, keyinchalik bir qator sohalarda muvaffaqiyatli ishlashiga imkon bersin. Bu yerda oliy о‘quv yurtida ilmiy bilimlarni tanlab olish masalasi paydo bо‘ladi. Lekin buning о‘zi yetarli emas. Shu bilan birga talabalarda umumiy intellektni, turli vazifalarni hal etish qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish muhim bо‘lib qoldi.
Oliy о‘quv yurtlarida о‘qitishning о‘ziga xos alohida tamoyillari mavjud:

  • oliy о‘quv yurtidan keyin amaliy ishlashi uchun zarur bо‘lgan bilimlarga о‘qitish;

  • talabalarning yoshi, ijtimoiy – psixologik va individual xususiyatlarini hisobga olish;

  • ta’lim va tarbiyani kasbiy yо‘naltirilganligi;

  • ta’limni fan, ijtimoiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy bog‘lanishi;

Bilim, mahorat va о‘qituvchining shaxsiy qiyofasi, sinf e’tiborini mohirlik bilan jalb etishi о‘qitish sifatini oshiradi, lekin shu bilan birga о‘qituvchining о‘qitish san’ati tug‘ma qobiliyatlariga bog‘liq deb xulosa chiqarishga asos bо‘la olmaydi. О‘qituvchi fanning faqatgina ilmiy mazmuninigina bilishi kerak, degan fikr ham notо‘g‘ri. Bunday qarashlar nazariya va metodikaga fan sifatidagi munosabatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. О‘qituvchining pedagogik ijodi u metodika nazariyasini yaxshi egallab olganidagina yuksak samara berishi mumkin. Metodika о‘qituvchi uchun ijod qilishga, turli usullarni bilib olishga, о‘qitish va tarbiyalashda qulay uslub va vositalarni egallashlariga keng yо‘l ochib beradi.


Psixologiya yosh fiziologiyasi, falsafa, pedagogika bilan uzviy bog‘liq bо‘ladi va psixologiyani о‘qitishda bu bog‘liqlik о‘rnatiladi. Falsafiy pedagogik bilimlar о‘qituvchilar uchun juda zarurdir.Metodika xususan psixologik о‘ziga xoslik bilangina belgilanmaganligi, balki о‘quvchilarning yosh xususiyatlari bilan ham belgilanganligi sababli yosh psixologiyasiga ham tayanadi. Tushunish, tasavvurlarining tо‘g‘riligi tushunchasi va mahoratlarning rivojlanishi, bilimlarini mustahkamlash, о‘quvchilarning yosh psixologiyasi asosida amalga oshirilishi kerak. Psixologiya о‘qitish metodikasi pedagogik fan hisoblanib, pedagogika bilan didaktika yо‘nalishi bо‘yicha uning hamma fanlar uchun umumiy
ADABIYOTLAR:

  1. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, 1999, 127-147-betlar

  2. V.A.Kruteskiy Pedagogik psixologiya asoslari. Toshkent, 1976, 223-240-betlar.

  3. R.S.Nemov Psixologiya M: 1990, 169-275-betlar.

  4. Ensiklopedik lug’at, 2-tom, Toshkent, 1990, 247-bet

  5. E. G’oziyev Pedagogik psixologiya asoslari, Toshkent, 1997, 51-57-betlar.

Yüklə 75,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin