Psixologiya kafedrasi



Yüklə 2,77 Mb.
səhifə193/206
tarix25.12.2023
ölçüsü2,77 Mb.
#196083
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   206
Psixologiya kafedrasi

Tayanch iboralar
Aqliy rivojlanish mezoni (ong JQ - aqliy yosh (AYo) va xronologik yosh (XYo) orasidagi munosabatni bildiruvchi mezon. A.r.m. ushbu formula orqali aniqlanadi:
JQ = x 100
Intellektning biror bir yosh shkalasiga suyangan holda test natijalari orqali
rivojlanishini aniqlash mumkin.
Geniallik (lot. Genius - aql zakovat, buyuk iste'dod) - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodiyoti bilan o’zini namoyon qilish hodisasi.
Zehn, layoqat - nerv tizimining ba'zi genetik nazariyalari anatomik-fiziologik xususiyati bo’lib, u kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki individual tug’ma tabiiy zaminidir.
Iste'dod - shaxsning ma'lum faoliyatida ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi.
Kommunikasion qobiliyatlar - kishining boshqa odamlar bilan bo’ladigan muloqotni yaxshilaydigan va birgalikdagi faoliyatda psixologik qovushuvchanlikni ta'minlaydigan qobiliyat.
Layoqat - nerv tiziminnig ba'zi irsiy determinlashgan anatomfiziologik xususiyati. Odamda qobiliyatlarni tarkib toptirish va rivojlanishining dastlabki yakka tug’ma, tabiiy zaminidir.
Mayl - shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etilganligi, shaxsda kuchli istak, hohish tarzida namoyon bo’lib, bajo keltirilganda odamga mamnuniyat baxsh etadi.
Musiqiy qobiliyat - shaxsning musiqiy layoqatini belgilovchi psixologik xususiyatlari.
Umumiy iste'dod - kishining qobiliyatlari birligi. Bu shaxsning aqliy (intellektual) imkoniyatlari doirasi bilan faoliyatining o’ziga xosligi darajasini belgilab beradi.
Frenologiya (yunon. phren - ong, logos - ta'limot) - odamda u yoki bu xildagi qobiliyatlarning o’sganligini bosh suyagining tuzilishiga qarab aniqlash mumkin degan nazariya. Bu nazariya avstriyalik vrach F.Gall tomonidan tavsiya etilgan.
Qobiliyatlar - shaxsning ma'lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta'minlaydigan individual psixologik xususiyatlar.
1. Qobiliyatlar tushunchasining mazmunini izohlang?
2. Qobiliyatlarning sifati va miqdor tavsifi nimalarda ko’rinadi?
3. Qobiliyatlar tuzilishini tarkibini ko’rsating?
4. Qobiliyat borasidagi nazariyalarning mazmuni nimalarda ko’rinadi?
5. Qobiliyatlarning tabiiy asoslarini ajratib ko’rsating?
6. Qobiliyatlarning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar nimalar bilan belgilanadi?



Yüklə 2,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin