А
Б
В
Г
В
А
Б
В
Г
А
Б
В
Г
А
Б
Г
В
“O’ZINGIZNI BILASIZMI?” testini qayta ishlash.
To’rt guruhga jamlangan 16 ramzga diqqat bilan qarang. Ular «Harakat», «Osoyishtalik», «Qat’iyat» va «Qat’iyatsizlik» xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Har bir guruhdan o’z holatingizga mos keluvchi biror ramzni tanlang.
T/r
|
Harakat
|
T/r
|
Osoyish-
talik
|
T/r
|
Qat’iyat
|
T/r
|
Qat’iyat- sizlik
|
A
|
4
|
A
|
10
|
A
|
10
|
A
|
10
|
B
|
8
|
B
|
8
|
B
|
8
|
B
|
8
|
V
|
9
|
V
|
2
|
V
|
2
|
V
|
6
|
G
|
10
|
G
|
4
|
G
|
2
|
G
|
6
|
8 – 13 ballgacha. Sizning hulq – atvoringiz birinchi navbatda atrofingizdagilarga bog’liq bo’ladi. Siz osonlikcha ruhiy tushkunlikka tushasiz, hayajonga tushishingiz ham oson, o’zingizga yoqmagan ishga kirishishga juda qiynalasiz. Atrof – muhit sizga kuchli ta’sir ko’rsatadi, SHuning uchun sizning o’z qarorlarining sohibi deyish mumkin emas. Siz o’ta hissiyotlisiz, kayfiyatingiz sizni boshqaradi.
14 – 20 ballgacha. Siz «oqimga qarab suzasiz», ammo o’z uslubingizni topishga harakat qilasiz. O’zingizga nisbatan tanqidiy munosabatdasiz, Atrofdagilar ishonchli dalillarsiz sizga ta’sir eta olishmaydi. Agar siz shu vaqtgacha himoya qilayotgan narsa zararli ekanligini sog’lom aql bilan anglasangiz, undan voz kechishga kuchingiz yetadi.
21 – 27 ballgacha. O’zingizni begunoh deb hisoblaysiz. Siz tashqi ta’sirga beriluvchansiz. SHaxsiy qarashlaringiz, e’tiqodingizni hayotda uchraydigan vaziyatlarga moslashtirib, «qulaygina oraliqni» egallashga urinasiz. Instinktiv tarzda to’g’ri yo’l tanlay olishingiz sizga doim yordam beradi.
28 – 34 ballgacha. Sizning o’z qarashlaringiz va tamoyillaringizdan qaytishingiz juda qiyin. Kimdir sizga qanchalik ta’sir qilishga urinsa, unga siz shunchalik qarshilik ko’rsatasiz. Buning mohiyati shundaki, sizning o’jarligingiz ostida qandaydir nohush vaziyatga tushib qolishdan qo’rquv yashiringan.
35 – 40 ballgacha. Fikringizdan qaytarishga hech kimning kuchi yetmaydi. Qo’ygan maqsadingizga erishishda hech narsani nazarga olmaysiz. Sizni yaxshi tushungan va bilgan odam o’zingizga sezdirmaydi, mohirlik bilan sizning harakatlaringizni to’g’ri yo’naltirib qo’yishi mumkin. Demak, kamroq o’jarlik va ko’proq aql – idrok namoyon etish lozim.
Topshiriq №-3
«GEOMETRIK SHAKLLAR ASOSIDA ODAM RASMINI CHIZISH» metodikasi
Maqsad: SHaxs tiplarini aniqlash.
Ko’rsatma; Quyida berilgan geometrik shakllardan foydalanib, odam rasmini chizing. Har bir shaklni kichraytirish yoki kattalashtirish mumkin, ularni bir-biriga birlashtirish mumkin, lekin shakllar soni o’ntadan oshmasigi va kam bo’lmasligi zarur, kam bo’lsa qo’shimcha figuradan foydalaning, ko’p bo’lsa ortiqcha figurani o’chiring.
Rasmni baholash uchun uchburchaklar sonini yuzlik, aylanalar sonini o’nlik, kvadratni esa birlik bilan hisoblang. (masalan) uchburchak 6 ta, aylana 3 ta, kvadrat 1 ta bo’lsa 631 bo’ladi.
1-tip – 901, 910, 820, 811; 703; 712; 721; 730; 604; 613; 622, 631, 640 – «rahbar».
2-tip – 505, 514, 523, 532; 541; 550 – «tartibli bajaruvchi».
3-tip – 406, 415, 424, 433;442; 451; 460 – «ishchan»
4-tip – 307, 316, 325, 334; 343; 352; 361; 370 – «olim».
5-tip – 208, 217, 226, 235; 244; 253; 262; 271; 280 – «intuitsiyali»
6-tip – 109, 118, 127, 136; 145; 019; 028; 037; 046 – «ixtirochi, loyihachi, musavvir».
7-tip – 550, 451, 460, 352; 361; 370; 253; 262; 271; 280; 154, 163, 172, 181, 190, 055, 073, 082, 091 – «empatik».
8-tip – 901, 802, 703, 604; 505; 406; 307; 208; 109 – «empatik emas».
TIPLAR XARAKTERISTIKASI
1-tip «Rahbar» - o’z nomidan ma’lumki rahbarlik, tashiklotchilik qobiliyati bor odamlar bo’lib, ijtimoiy ahloq asosida o’zini tutuvchi, yaxshi ma’ruzachi, har joyda tez moslashuvchi, yashil rangni yaxshi ko’radi.
901, 910, 802, 811, 820 – o’zgalarni o’ziga bo’ysunishini yaxshi ko’radi.
703, 712, 721, 730 – so’z bilan ta’sir etuvchi
604, 613, 622, 631, 640 – o’qituvchi rahbar.
2-tip «Bajaruvchi» - rahbarga o’xshash tomonlari ko’p, lekin bir qarorga kela olmasligi bilan farq qiladi, yuksak kasbiy, tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kuchli, haqiqatparvar, tez-tez nerv tizimi kasallanib turadi (zo’riqish natijasida).
3-tip «Ishchan» turli xil qobiliyat va talant egasi, bir necha kasblarni biladi, bir fan bilan cheklanmaydi, tartibsizlikni, ifloslikni yomon ko’radi. (SHu masalada tez-tez janjallashib turadi) tez xafa bo’ladi, ko’ngli yumshoq.
415 – «SHoir», 424 – «o’ta ishchan».
4-tip «Olim» - o’z nomidan ma’lumki ilmiy ishga layoqatli, izlanuvchan, intellekti kuchli, nazariy bilimi kuchli, o’z ishining ustasi.
316 – nazariy jihatdan har qanday nazariyani ishlab chiqa oladigan, ko’p ishlovchi.
325 – hayotni o’rganuvchi olim, tibbiy xodim, biolog, bu tipga kino, tsirk, teatr, rejissyor va hokazolar kiradi.
5-tip «Intuitsiyali» - nerv tizimi yaxshi ishlaydigan, lekin charchamaydigan, bir ishdan ikkinchi ishga tez o’ta oladigan, yangilikka intiluvchan, o’zgalarni himoya qiluvchi, texnik ijodkorlik bilan shug’ullanuvchi, o’zining axloq normasiga ega bo’lib o’shanga bo’ysunadi va kuchli nazorat qiladi, o’z ozodligini hech narsaga almashmaydi.
235-psixolog;
244-filolog;
217-tasviriy san’at;
226-yangilikka o’ch.
6-tip – «Ixtirochi, loyihachi, musavvir» - bularda idrok, tasavvur (asosan, fazoviy tasavvur) kuchli, texnik, badiiy intellektual ijodkorlik bilan shug’ullanuvchi. O’z g’oyalariga ega, hissiyotli, o’z ahloq normasiga ega.
019 – yaxshi ma’ruzachi;
118-konstruktor.
7-tip «Empatik» - o’zgalarning g’ami va shodligiga sherik, xarakteri, muloyim, o’zgalarni o’ylab o’zini unutib qo’yadigan shaxslar tipi.
8-tip «Empatik emas» - empatik tipining teskarisi, egoistik xususiyatli boshqalarni o’ziga bo’ysindiruvchi, agar shunday qilolmasa o’z muammosi bilan o’zi ovora bo’lib, yakkalanib qoluvchilar tipi.
Bulardan tashqari rasmda ajralib turuvchi tasvirlar bo’lsa:
Bo’yin – tez xafa bo’luvchi
Quloq – tinglashni biluvchi
CHo’ntak – bolalarni o’ylovchi
SHlyapa – tashvishli
Yuzda faqat og’iz bo’lsa – ko’p gapiruvchi
Yuz to’liq (qosh, ko’z, burun, og’iz) – davraning guli
Yuzda faqat burun bo’lsa – hidni sezuvchi, yaxshi ko’ruvchi.
PSIXOGEOMETRIK TEST
Q uyidagi berilgan geometrik shakllardan birini tanlang va uni sizning eng yaxshi ko’rgan shaklingiz ekanligiga ishonch hosil qiling, qolganlarini esa 2,3,4,5 darajalarini tanlang. Siz tanlagan shakl bo’yicha o’zingizning xarakter sifatlaringiz va o’zingizni tutishingiz kerakligini bilib oling.
Bu test birinchi marta Amerikalik Sьyuzen Dilengir tomonidan ishlab chiqarilgan va rus psixologlari A.A.Alekseeva, L.A.Gromova tomonidan qayta ishlab chiqilgan.
Testning aniqlik darajasi 85-90% ni tashkil etadi.
Ijobiy xislatlar
|
Salbiy xislatlar
|
KVADRAT
|
Diqqat e’tiborli, tartibli, mehnatsevar ijodkor, bir qarorli, chidamli, tejamkor, do’stlari kam, lekin doimiy ishni reja bilan bajaradi. Kiyinishi qoida bilan (oq, qora). Fikrlash doirasi keng.
|
Fantaziyasi kam, o’zini gapini o’tkazuvchi, qitmir, o’ta ehtiyotkor o’zini hammadan aqlli hisoblovchi, hissiyoti kam, «qog’ozboz», jahldor va h.k.
Ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish kerak
|
UCHBURCHAK
|
Maqsadga qarab intiluvchi harakatchan, o’ziga ishonchi kuchli, mehnatkash ijodkor, rahbar bo’lsa g’amxo’r va ishni yaxshi bo’lishi uchun kurashuvchi, chidamli.
|
O’zini sevuvchi, egoist, o’z manfaati uchun hech narsadan qaytmaydi, chidamsiz. Maqtab turib munosabat qilish kerak.
|
TO’G’RI TO’RTBURCHAK
|
O’zini izlovchi shaxs hamma shakldagilardek bo’lishga intiladi.
|
O’zini izlovchi shaxs o’zini topishga yordam berish kerak.
|
AYLANA
|
Garmonik (barkamollik) shaxs belgisi. O’zaro munosabatning yaxshilanishi uchun kurashuvchi kommunikativlik kuchli empatiya, kuchli yaxshi psixolog, axloq normasiga qat’iy rioya qilvchi
|
Mehnatsevar emas, tartibsiz, g’iybatchi, yaxshi munosabatda bo’lsangiz ishni yaxshi olib boradi.
|
ZIGZAG
|
Boshqalarga o’xshamaydigan shaxs aylanadagidek xarakterga ega. Intuitsiyasi kuchli ijodkor, ixtirochi, ilmiy xodim. Tafakkuri kuchli, nafosatda kuchli shaxs tahlilchi, har xil g’oyalar egasi.
|
Tartibni yaxshi ko’rmaydi (ishda) o’z ishini yaxshi biladi va bajaradi. Hissiyoti o’ta kuchli (shuning natijasida urushqoq bo’lishi mumkin). Egoistligi bor. O’z holiga qo’ysangiz va taqdirlab tursangiz juda yaxshi ishlaydi.
|
16, 1, 14, 3, 12, 5, 10, 7
8, 9, 6, 11, 4, 13, 2, 15
Dostları ilə paylaş: |