3-Mashg’ulot. Dars jarayonida “Munozara”usulini qo’llashni o’zlashtirish. Munozara o’tkazish metodikasi: a. Munozara mavzusini tanlash va ishtirok etish.
b. Aqliy hujum topshirig’ini berish va qoidalarini tushuntirish.
v. Kitobni tanlash.
g. Guruhlarni g’oyalar bo’yicha birlashtirish,g’oyalarni tahlil qilish.
d. Munozarani yakunlash..
Bu metod yordamida talabalaraga muayyan muammo bo’yicha to’liq axborotlar etkaziladi, munozara uchun tanlangan mavzuni talabalar ayovsiz “shturm” qiladilar va pirovad natijada muammoga tegishli ma’lumotlarni atroflicha o’rganadilar.
Munozarani o’tkazish metodikasi.
1. Munozara olib boruvchi – boshlovchi (o’qituvchi, jurnalist, boshliq va hokazo) mavzuni oldindan tanlaydi va ishtirokchilarni taklif etadi.
2. Boshlovchi ishtirokchilarga “aqliy hujum” topshirig’ini beradi va uning qoidalarini tushuntiradi:
- “hujum” dan maqsad – muammo echimiga oid variantlarni mumkin qadar ko’proq taklif etish;
- o’z aql – idrokingizni markazlashtirishga xarakat qiling va diqqatni muammo echimiga qaratgan holda fikrlar bildiring. Bildirilgan g’oyalar umumiy fikrga zid bo’lsada, hech biri rad etilmaydi;
- boshqa ishtirokchilar g’oyalarini ham rivojlantiring;
- taklif etilganlarni baholashga urinmang, bu ish bilan siz keyinroq shug’illanasiz.
3. boshlovchi kitobini tayinlaydi va u yuzaga kelgan barcha g’oyalarni yozib boradi. Muhokama vaqtida so’zga chiquvchilar tartibi o’rnatiladi, munozaraga barcha ishtirokchilar jalb etiladi va ularga o’z fikrlarini ifodalash uchun imkoniyatlar beriladi. Agar biror bir kishi tomonidan “aqliy hujum”ni o’tkazish qoidalari buzilsa, boshlovchi zudlik bilan muhokamaga aralashadi. Birinchi bosqich yangi g’oyalar paydo bo’lguncha davom etaveradi.
4. boshlovchi ishtirokchilarning tanqidiy tafakkuri “charxlanishi” uchun qisqacha tanaffus e’lon qiladi. Keyin ikkinchi bosqich boshlanad Munozara ishtirokchilari guruxlanadi va birinchi bosqichda bildirilgan g’oyalarini mustahkamlaydilar. G’oyalar guruh bo’yicha birlashtirilib, mualliflar ularni tahlil qilishga kirishdilar va natijada o’rtaga qo’yilgan muammoning echimiga tegishli bo’lgan fikrlargina ajratib olinadi.