O’qituvchi:Talabalada mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida nazariy bilim, ko`nikma, malakalarni kelgusi faoliyatlarida qo’llash haqida mustail fikirlarni shakillantirish.
Talaba: Mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida tassavurga ega bo’lish, olingan bilimlarni amaliyotda qo’lash ko’nikmasiga ega bo’lish
O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.
2-Mashg’ulot. Psixologiyadan amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda interfaol metodlarni qo’llashni o’rganish. Dars jarayonida «Aqliy xujum» metodlaridan maqsadli foydalanish ko’nikmasini shakllantirish:
a.Guruh oldiga muammo qo’yish.
b.”Aqliy hujum” qoidalarini belgilash.
v.”Aqliy hujum” mutodining qo’llanish usulini o’zlashtirish.
“AQLIY XUJUM” usulini qo’llash metodikasi.
“Aqliy hujum”metodining mohiyati:
Jamoa hamkorligi asosida muammoni echish jarayonlarini vaqt bo’yicha bir qancha bosqichlarga(g’oyalarni generatsiyalash,ularni tanqidiy vakonstruktiv holatda ishlab chiqish)ajratishdan iborat.
Dars jarayonida aqliy hujumdan maqsadli foydalanish ijodiy.nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi.”Aqliy xujum”ni uyushtirish bir muncha sodda bo’lib,undan ta’lim mazmunini o’zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining echimini topishda ham juda qo’l keladi.
Dastlab guruh yig’iladi va ular oldiga muammo qo’yiladi
Bu muammo echimi to’g’risida barcha ishtirokchilar o’z fikrlarini bildiradilar.Bu bosqichda hech kimning o’zga kishi g’oyalariga “hujum” qilishi yoki baholashiga haqqi yo’q.
Demak, “Aqliy xujum”yo’li bilan qisqa minutlarda o’nlab g’oyalarni yuzaga chiqish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Aslini olganda g’oyalar sonini qo’lga kiritish asosiy maqsad emas,ularmuammo echimini oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo’ladilar.
Bu metod shartlaridan biri-hech qanday tashqi ta’sirsiz qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo’lishi kerak.Bildirilgan g’oyalarning 5 yoki 6tasigina asosiy hisoblanib,muammo echimini topishga salohiyatli imkoniyatlar yaratadi.
SHunday qilib,”Aqliy xujum”qoidalarini quyidagicha belgilash mumkin:
-olg’a surilgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;
-ish sifatiga emas,soniga qaratiladi,g’oyalar qancha ko’p bo’lsa,shuncha yaxshi;
-istalgan g’oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilinadi;
-muammo echimidan uzoq g’oyalar ham qo’llab-quvvatlanadi;
-barcha g’oyalar yoki ularning asosiy mag’zi(farazlari)qayd etish yo’li bilan yozib olinadi;
-“Hujumni o’tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;
-beriladigan savollarga qisqacha (asoslanmagan)javoblar berish ko’zda tutilishi kerak.
VAZIFASI.”Aqliy hujum”qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga,muammoni ko’rish chegarasini kengaytirishga,fikrlash bir xilligini yo’qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi.Eng asosiysi,muammoni echish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o’tiladi vaguruh(auditoriya)yanada jipslashadi.
OB’EKTI.Qo’llanish maqsadiga ko’ra-bu metod universal hisoblanib,tadqiqotchilikda(yangi muammoni echishga imkon yaratadi),o’qitish jarayonida (o’quv materialini tezkor o’zlashtirishga qaratiladi).rivojlantirishda(o’zini-o’zi bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi)asqotadi.
QO’LLANISH USULI.”Aqliy hujum”ishtirokchilarioldiga qo’yilgan muammo bo’yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin.Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o’z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo’ladi.Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. ”Aqliy hujum” tugagach, muhimlik jihatiga ko’ra eng yaxshi takliflar generatsiyalanadi vamuammoni echish uchun zarurlari tanlanadi.
Izoh.Biz yuqorida “Aqliy hujum”usuli bilan tanishdik. Aytmoqchi bo’lgan fikrimiz inkor va ta’kid xususida Biz yuqorida ko’rib o’tgan usulimiz “Amerikacha” usul tariqasida talqin qilinadi. Aslida ,bu metod mualliflari bizning bobokalonlarimiz,desak noto’g’ri bo’lmaydi.Hali Amerika kashf etilmagan bir davrda o’z aql mash’ali bilan dunyoni yoritgan qomusiy olimlarimiz Ahmad-alFarg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa mutafakkirlarimizni olamizmi yoki etti iqlimni zabt etgan shohu-sultonlarimizni olasizmi,ular o’z muammolarini echishda ana shu metoddan keng foydalanishgan. Ular bu metodni boshqacha nomlashgan, ya’ni- “kengash”, ”mashvarat”, ”maslahat”, deb atashgan. Misol uchun sohibqiron Amir Temur saltanat oldida turgan muammolarni echishda mashvarat chaqiribya.barcha saroy ahlining,vaziru-ulamolarning, farzandlarining fikrlarini diqqat bilan eshitgan va ular asosida yagona hukm chiqargan. ”Agar (g’anim ustiga)lashkar tortmoqchi bo’lsam, urish-yarashdan o’rtaga so’z tashlab, amirlarimning bu ikkovidan qay biriga moyiligini bilishga intilardim.Agar yarashdan so’z ochsalar, buning foydasini urushning ziyoniga solishtirib ko’rardim,agar urushga moyil bo’lsalar, naf’ va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko’rardim, qaysi biri foydaliroq bo’lsa, shuni ixtiyor qilardim”. (“Temur tuziklari”. Toshkent. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.1996yil.16-bet.)
Bugun ana shular haqida o’ylab, sharq g’arbdan urgangan degan fikrning to’g’riligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.