Genetik psixologiya X1X va XX asrlar psixologiya fanining yutuqlari uchun eksperimental metod bilan birgalikda unga taraqqiyot printsipining kiritilishi ham katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Taraqqiyot ideyasi, xususan ruh haqidagi ta‘limotdagi taraqqiyot ideyasi qadimgi zamon mutafakkirlarining ko`pchiligi (Geraklet, Efnssk va boshqalar), tomonidan aytilgan ideyadir.
Yangi zamonda esa (18-X1X asrlarda) bu ideya nazariy jihatdan Fridrix Shelling (1775-1854 y.) va ayniqsa Gegel filosofiyasida ishlab chiqilgan edi. X1X asrning o`rtalaridan boshlab Ch.V. Darvin (1809-1882 y.) va Gekkel (1834-1918 y. )larning asarlari tufayli taraqqiyot ideyasi biologiyaning printsipi bo`lib qoldi.
O`sha vaqtlarda K.Marks va F.Engelslar butun o`tmish filosofiyasi va tabiatshunosligining yutuqlariga asoslanib, dialektik materializmning ilmiy nazariyasini ishlab chiqdilar, bu nazariyaga binoan, rivojlanish printsipi butun mavjudotning tabiat, jamiyat va tafakkurining asosiy qonunidir.
Filosofiya va tabiatshunoslikdagi umumiy yo`nalish ta‘sirida psixologiyada ham psixik xayot hodisalarini o`rganishda genetik printsip qaror topadi. Bu printsip inson hamda hayvon, katta yoshdagi kishilar hamda hamda har xil yoshdagi bolalar psixik hayotining xususiyatlarini yaxshi tushunish zaruriyati bilan taqozo qilindi.
Jamiyatning tarixiy taraqqiyotida inson ongi qanday paydo bo`ldi va qanday o`zgarib keldi degan masala ham o`zining hal qilishini talab qilib turardi.
X1X asrning oxirlaridan boshlab, psixologiyaning sohalari-hayvonlar psixologiyasi ( zoopsixologi), tarixiy psixologiya va turli yoshdagilar psixologiyasi maydonga keldi.
Zoopsixologiya (hayvonlar psixologiyasi )
Zoopsixologiya- bu hayvonlarning nerv sistemasi taraqqiyotiga, biologik sistematikasiga (hayvonlarning har xil turiga), shuningdek yashash tartibi xususiyatlariga binoan ularning psixik hayot formalarini o`rganadigan fan. Bu psixologiyaning asosiy problemasi “hayvonlar aqliy taraqqiyotining tarixi”dir.
Bu psixologiya har xil hayvonlar psixikasini bir-biriga taqqoslab, qiyos qilib o`rgangani uchun, qiyosiy psixologiya deb ataladi. Bu psixologiya psixika taraqqiyotini hayvon organizmlarining biologik tuzilishiga bog`lab o`rganganligi uchun, u biologik psixologiya deb ham yuritiladi.
Hayvonlar hulqini o`rganishga bo`lgan qiziqish juda qadim zamonlardayoq paydo bo`lgan. Olimlar tomonidan boy ma‘lumotlar to`plangan.
Yangi zamonda tabiatshunosliklardan J.Lamark (1744-1802 y). va Ch.Darvin hamda ular evolyutsion ta‘limoti izdoshlarining asarlari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Zoopsixologiyaning taraqqiyotiga bu fanning Rossiyadagi asoschisi biolog –darvinist V.A.Vagner (1849-1934 y) katta hissa qo`shdi. U bir qancha chuqur ilmiy asarlar yozgan, shulardan eng muhimlari: “Qiyosiy psixologiyaning biologik asoslari” ikki tomlik, “Biopsixologiya va yondosh fanlar”, “Psixik qobiliyatlarning paydo blishi va tarqqiysi” 1-9 nashri, “Qiyosiy psixologiyadan etyudlar”dir.
Yuqori taraqqiy qilgan hayvonlar psixologiyani o`rganishda sovet tadqiqotchilari ham juda ko`p qimmatli hissa qo`shdilar. Masalan, N.Yu Voytonis (1887-1946 y.) maymunlar aqlini, ularning orientirovka qilish qobiliyati va qidirish faoliyatini, “qurollar” dan foydalanishni, to`dalanish munosabatlarini o`rgandi. Voytonisning eng muhim asari “aql taraqqiyotining ilk tarixi” (1949 y.)edi.
Ayniqsa N.N.Dadigina-Kotsning yuqori tarqqiy qilgan hayvonlar psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlari shuxrat qozondi. U maymunlar faoliyatining turli xil formalarini batafsil tasvirlab berdi: hayvon va inson tafakkurining sifat jihatidan farqini o`rgandi, maymun (shimpanze) va inson bolasi psixikasini taqqoslab tekshirdi, hayvonlar xulqini o`rganishning yangi metodikasini ishlab chiqdi. Ladigina –Kots adqiqotlarining natijalari uning quyidagi asarlarida bosib chiqarilgan: “SHimpanzening bilish qobiliyatlarini tekshirish (1923y) ; “Eksperiment sharoitlarida moslashish-harakat malakalari” (1928 y.); “Inson bolasi va shimpenze bolasi”. (1935 y.).
Hayvon psixikasi haqidagi ta‘limotda ikki oqim-antropomorfik (idealistik) hamda mexanistik (materialistik) oqimlar kurash olib bordilar. Birinchi oqim vakillari hayvonlar xulqida ularning insonlarnikiga o`xshagan sub‘ektiv psixik hayoti namoyon bo`ladi, deb hisobladilar. Bu ilmga asoslanmagan oddiy qarash edi. Darvin va uning bir qancha izdoshlari (Romene va boshqalar) hayvon xulqining ba‘zi murakkab formalarini “aqlli” harakatlar deb talqin qildilar.
Dekart o`z zamonasida, hayvonlar-bu faqat mashina: ularda ruh yo`q, ularning butun xulqi faqat mexanik mushak harakatlardangina iboratdir, deb jar soldi.
V.A.Vagner o`z tekshirilarida hayvonlar xulqini tushuntirishda antropomorfizmni ham, soddalashtirilgan mexanik ta‘limotini ham tanqid qildi.
Hayvon psixikasini o`rganish sohasida nemis olimi Volfgang Keller ham muhim ishlar qildi. Biroq, u o`zining “Odamsimon maymunlarning aqlini tekshirish” (1917 y.)
degan va boshqa psixologik asarlarida maymun psixikasi bilan odam psixikasining farqlarini aniq ko`rsatib bermaydi. Bu atropomorfik qrashlar I.p.Pavlov tomonidan qattiq tanqid qilindi. I.P.Pavlov tomonidan qattiq tanqid qilindi. I.I.Pavlov maymun va boshqa hayvonlar psixik faoliyatining moddiy shartli-reflektor asosini isbotlab berdi.
Tarixiy psixologiya
Bu fan ongning hamda inson shaxsining paydo bo`lishi va tarixiy taraqqiyot bosqichlariga oid masalalarni o`rganadi.
Bu masalalarni o`rganisha bo`lgan qiziqish, asosan, ijtimoiy tarixiy fanlarning tarqqiyoti munosabati bilan paydo bo`ldi. Inson ongi taraqqiyoti tarixida, albattda eng qiziqarlisi ibtidoiy ong xususiyatlari haqidagi masaladir, ong funktsiyalaridan esa eng qiziqarlisi eng qiziqarlisi inson tafakkuridir.
X1X asr oxiri va XX asr boshlaridagi burjua fanida Teylorning “Ibtidoiy madaniyati”, frayzerning “Oltin shox” asarlari va ayniqsa, Levi-Bryulning “Madaniyatning bosqichlaridagi jamiyatlarda tafakkur funktsiyalari”, “Ibtidoiy tafakkur” nomli kitoblari mashhur edilar.
Levi-Bryul ibtidoiy odamning tafakkuri hozirgi zamon odamining mantiqiy tafakkuridan tubdan farq qiladi: u mantiqdan oldin (unda ziddiyat qonuni inkor qilinadi) paydo bo`lib, tabiiy va g`ayri tabiiy narsalarning farqiga bormaydi, deb da‘vo qildi.
Levi–Bryulning aytishicha, ibtidoiy odamning tasavvurida dastlabki sabab bilan oqibat bevosita bog`langandir: bu o`rinda oraliq bog`lanishlar inkor qilinadi Levi–Bryulning fikricha, bunda daxldorlik qonuni (parpitsiptsiya) ga amal qilinadi. Uning boy etnografik materialari va ba‘zi xulosalari ancha ahamiyatga ega, lekin uning ibtidoiy tafakkurning madaniy odam tafakkuridan sifat jihatidan farq qilishi haqidagi qoidasi ilmiy jihatdan tanqid qilishga arzimaydi.
Tarixiy psixologiyaning asosiy muammosi inson ongi taraqqiyotining mehnat formalarining tarixiy tarqqiyotiga, sinfiy kurashga, ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarga bog`liq ekanligini isbotlashdan iboratdir.