Psixologiya tarmoqlari



Yüklə 51 Kb.
səhifə3/3
tarix26.01.2023
ölçüsü51 Kb.
#80895
1   2   3
1404027198 49933

Yosh psixologiyasi
Bu fan insonning yoshiga qarab psixikasining rivojlanib borish xususiyatlari va qonuniyatlarini o`rganadi, ilk bolalikdan tortib, toki qarilik yoshigacha bo`lgan har bir yosh bosqichida psixik tuzilishining o`ziga xos xususiyatlarini, inson ongining turli yoshga qarab rivojlanishini belgilab beruvchi faktorlar ni aniqlaydi.
Yosh psixikasi sistemasida, ayniqsa, bolalar psixologiyasi
Muhim o`rin egallaydi. Bu psixikaning go`daklik, ilk bolalik, maktabgacha va yosh davrlaridagi rivojlanishini o`rganadi. O`sishning bu davrlari inson shaxsi va ongining eng intensiv shakllanish davridir. Bolalar psixologiyasining asosiy problemasi “Bolaning aqliy taraqqiyoti tarixidir”.
Bolalarning yoshlik xususiyatlari ta‘lim va tarbiya bilan shug`ullanuvchi kishilarni eng qadimdan beri qiziqtirib keldi. Bu masalalarga Ya.Amos Komenskiy (1592-1670 y.), Frebel (1782-1852 y.), I.G.Pestalotstsi (1746-1827 y.) va boshqalar ham katta e‘tibor berganlar.
Ta‘lim va tarbiya ishlari praktikasida bolalarning diqqat, idrok, xotira, tafakkur va nutq xususiyatlari haqida boy materiallar to`plangan.
X1X asrning ikkinchi yarmida yosh (bolalar) psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi sifatida shakllana boshlaydi. Bola psixikasining rivojlanishi haqida birinchi bo`lib nemis fiziologi V.Preyer (1841-1891 y) o`zining “ Bola qalbi ” (1882 y.) degan asarida sistemali ma‘lumot berdi. XX asrning boshida bolalar psixologiyasidan katta tekshirish ishlari olib boriladi: V.SHtern (1871-1938 y.) “Ilk bolalikda xotirlash, guvohlik va yolg`on”, Ernst Meyman (1862-1915 y.) “Eksperimental pedagogikadan lektsiyalar” uch tom, “Eksperimental pedagogikadan ocherklar”, Byuller Karl “Bolaning ruhiy rivojlanishi ”, Piaje Jan (1896 y.) “Bolaning nutqi va tafakkuri”.
Revolyutsiyagacha bo`lgan davrda bolalarning yoshlik xususiyatlarini o`rganish sohasida K.D.Ushinskiy va P.F.Kapterev (1849-1922 y.) lar tomonidan juda ko`p ishlar qilindi. Ushinskiyning “ Inson tarbiya predmeti sifatida” degan aktta asari yosh psixologiyasi va bolalar psixologiyasi sohasidagi chuqur mazmundor asar sifatida hozirgacha o`z ahamiyatini yo`qotmagan.
Sovet tuzumining dastlabki davrlarida bolalar psixologiyasi taraqqiyotida P.P.Blonskiy (1884-1941 y.)ning “Psixologik ocherklar” va L.S.Vichotskiyning (1896-1934 y) “Taanlangan psixologik asarlar ” kabi tekshirishlari katta o`rin egalladi.
VKP (b) Markaziy Komitetning 1936 yil 4 iyunda chiqargan “xalq maorifi Komissarliklari sistemasidagi pedologik buzg`unchiliklar haqida” degan tarixiy qaroridan keyin bizda, ayniqsa, bolalar psixologiyasi sohasidagi ilmiy-tekshirish ishlari kuchayib ketdi. Bunda bolalar psixikasining turli bosqichlariga alohida e‘tibor berildi.
Sovet psixologlarining tadqiqotlari inson ongining turli yoshda rivojlanishi uning hayot sharoitlariga bog`liq ekanligini ko`rsatdi. Bu rivojlanishning hal qiluvchi omillari ta‘lim va tarbiya, shuningdek rivojlanayot odamning shaxsiy faoliyatidir. Sovet psixologlari A.A.Smirnov, I.A.Leontev, N.D.Levitov, I.A.Mechinskaya, A.A.Lyublinskaya, D.G.Elkonin, L.I.Bojovich, M.V.Zaporojets va boshqalarning ishlari xuddi mana shu yo`nalishda bormoqda.
Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin