Psixologiya


Qadimgi Gretsiya mustamlakachilik siyosatining yo’nalishlari



Yüklə 32,44 Kb.
səhifə2/4
tarix18.11.2022
ölçüsü32,44 Kb.
#69790
1   2   3   4
MUSTAQIL ISH ITT

Qadimgi Gretsiya mustamlakachilik siyosatining yo’nalishlari.

Qadimgi Gretsiya mustamlakachilik yo’nalishlari 3 turga bo’linadi. Birinchisi shimoliy va sharqiy Qora dengiz sohillarida ochilgan yo‘llar. Bu yerda eng katta grek mustamlakalaridan Olviya (Buga ustesi), Xersones, Feodosiya va Pantikapey (Qrim), Fanagoriya (Kubani ustesi) bo’lgan. Grek mustamlakachilik harakatining yana bir yo‘nalishi G’arb tomon Appenin va Pireney yarimorollari tomon yo‘nalgan edi. Eng katta va asosiy grek mustamlakalari Italiya sohillarida va Sitsiliya orollarida edi. Mustamlakalarda kelib joylashgan greklar juda katta shaharlar barpo etdilar, jumladan Sirakuzi, Tarent, Neapolis, Messinu va b. Nihoyat, greklarning oxirigi yo‘nalishi janubga ya’ni Shimoliy Afrikaga yo‘nalgan edi. Gretsiyaning mustamlakachilik harakati uning boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirdi. Mustamlakachilik Gretsiya jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib va uning xo‘jalik hayotini kengaytirdi va eng ahamiyatlisi u quldorlik tuzumini yanada rivojlantirdi.
So‘nggi, Gretsiya hayotida to‘rtinchi voqea bu eramizdan avvalgi VI va IV asrlarda Afina quldorlik davlatini gullab yashnashi edi. Eramizdan avv. VI asrga kelib Gretsiyaning eng rivojlangan shahri Afina o‘rta Gretsiyaning janubi-sharqida Attikada joylashgan edi. Attika uch tarafidan dengiz bilan o‘ralgan, qoyali tog‘lar tashkil topgan bo‘lib dehqonchilik bilan shug‘ullanib bo‘lmasdi. Lekin u yer osti metallarga boy edi jumladan kumush, marmar va yuqori sifatli loyning mavjud bo‘lishi unda hunarmandchilik va savdo rivojlanishiga olib keldi.Eramizdan avv. VIII asrlarda Afinani boy zodagonlar («Evpatrid» -oliyjanoblar) boshqarar edi. Ularning saralangan vakillari (arxontam) va maslahat kengashi (arxeopaglar)ga qadimgi basilevslarning davlat boshqaruv vakolati tegishli edi. Evpatridlar borgan sari demoslarni eza boshladilar. Mustamlakachilik natijasida Attikada demoslar ichidan yangi savdo - sanoat tarmog‘i yangi sinf ajralib chiqa boshladi, bu yangi sinf o‘zi ham qul va kambag‘al sinfni siqib chiqara boshladi.
Bu yangi quldorlar evpatridlarning o‘zboshimchaligi bilan kelisha olmasdi va yangi quldorlar o‘zlariga tarafdorlar yig‘a boshladilar.Afina o‘z kuch-qudratini grek - forslar (mil.avv.500-479y.) bilan bo‘lgan jangda katta o‘lja va asirlar bilan mustahkamlab oldi. Afina butun grek davlatlar ittifoqini va Afina dengiz qo‘mondonligini tuzdi. Natijada Afina Qadimgi Gretsiyaning iqtisodiy va siyosiy markaziga aylanadi.Eramizdan avv. V asrga kelib Afina iqtisodiy rivojlanishning cho‘qqisiga chiqdi, uning zamirida qullar mehnatidan keng foydalanish yotadi. Qullar xalq xo‘jaligining hamma sohalarida ishlatila boshlandi, jumladan qishloq xo‘jaligida, qurilishida, kemalarda hunarmandchilik ustaxonalarida, tosh konlarida va b. Ergasteriya - deb nomlangan hunarmandchilik ustaxonalarida qullar mehnatidan keng foydalanilardi, ular metall buyumlar, sopol idishlar, qurollar va mebel, oyoq-kiyim, taqinchoqlar yasash bilan shug‘ullanishar edi.Vaqt o‘tishi bilan Afinaning tashqi ko‘rinishi o‘zgardi, yangi imoratlar qad ko‘tardi, u o‘z zamonining hunarmandchilik va madaniyat markaziga aylandi. Afinaning Pirey gavani o‘z davrining mashhur savdo portiga aylandi. Chunki Pirey orqali Afina va boshqa grek polislari vino, alifa moyi, metallar va turli buyumlar olib chiqilardi va Pireyga non mahsulotlari, shirinliklar, qimmatbaho buyumlar va fil suyagi, temir, mis va shunga o‘xshash turli xil mahsulotlar olib kelinar edi. Savdo bilan birgalikda, Gretsiyada pul almashtiruvchilardan chiqqan sudxo‘rlar paydo bo‘ldi. Metall pullar keng muomalaga qo‘yilgan edi.Lekin Afinaning rivojlanishi davomiy emas edi. Eramizdan avv. 433yilda Afinada Gretsiya janubidagi Sparta nomli kuchli aristokrat quldor davlat bilan jang boshladi. Bu jangda Sparta yutib chiqdi. Ikkala davlatning urushdan keyin kuchsizlanishi eramizdan avv. IV asrda Gretsiya shimolida joylashgan Makedoniya tomonidan bosib olinishiga sabab bo‘ldi. Mashhur Makedon shohi Iskandar Zulqarnayn keyinchalik o‘zining g‘olibona yurishlari bilan Sharqqa qarab yo‘l oldi. Iskandar juda katta imperiya tuzdi lekin u katta bo‘lgani bilan juda tarqoq edi shuning uchun u tezda mayda-mayda davlatlarga ajralib ketdi. Shundan so‘ng antik dunyoning siyosiy hamda iqtisodiy markazi sekinlik bilan g‘arbga, ya’ni Appenin yarimorolariga ko‘cha boshladi va qudratli qadimgi Rim davlatchiligi paydo bo‘la boshladi.Quldorlik tuzumi rivojlanishining eng yuqori nuqtasi Antik davr, ya’ni Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim davrlariga to‘g‘ri keladi. Antik davlatlarda quldorlik ancha-mukammal, klassik shaklga keldi.Qadimgi Gretsiya va Rimda quldorlik davlatining tashkil etilishi ibtidoiy jamoa tuzumini butunlay tugatilishiga sabab bo‘ldi. Qullar antik jamiyatda asosiy ishchi kuchi bo‘lib qoldi.Antik davr quldorlik munosabatlarining shakllanishi yirik urushlar bilan uzviy bog‘liq edi, chunki urushlar natijasida egallangan hududlardan moddiy boyliklar hamda juda ko‘p asirlar olib kelinardi va ular o‘z navbatida qullarga aylantirilardi.Greklarning madaniy, siyosiy va xo‘jalik hayotining qadimgi o‘choqlari bo‘lib Krit oroli va Mesopotamiya yarimorolining sharqiy sohilidagi Miken shahri hisoblangan, shu bilan birga Gretsiyaning eng qadimgi davri Kritmiken davri deb ataladi. Uning xronologik davrlanishi eramizdan avvalgi III ming yillik va eramizdan avvalgi XII asrga to‘g‘ri keladi. Krit-miken davrida moddiy madaniyat shakllanadi, bunga toshdan uylar qurish, mis va bronzadan yasalgan qurollarni ishlatish, kemasozlik va dengizchilikning paydo bo‘lishi isbot bo‘la oladi.
Qadimgi Gretsiya tarixining keyingi, ya’ni ikkinchi davri eramizdan avvalgi XI-IX asrlarni o‘z ichiga oluvchi gomer davri hisoblanadi. Bu davr Qadimgi Gretsiyaning taniqli shoiri Gomer nomi bilan atalgan, chunki uning asarlarida eramizdan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlaridagi qadimgi greklar iqtisodiy hayotining yorqin ko‘rinishlari aks etgan.Gomer davri ibtidoiy jamoa ishlab chiqarishi tuzumining parchalanishi va quldorlik munosabatlari shakllanishi jarayoniga to‘g‘ri keladi. Grek urug‘ jamoalari boshqaruviga oqsoqol «basileve» tayinlangan. Bir nechta urug‘lar «fratriy»larni tashkil etgan va o‘z navbatida bir nechta fratriylar guruhi «fill»larni tashkil etgan. Vaqt o‘tishi bilan mulk taqsimotidagi tengsizlik sababli urug‘lar yirik-yirik oilalarga bo‘linadilar, keyinchalik esa oilalar hududiy jamoalarga birlasha boshladilar. Har bir oilaga yer uchastkalari ajratildi va bu uchastkalar meros sifatida avlodlarga o‘tkazila boshladi. Basilevslar va boshqa ko‘pgina urug‘ boshliqlari turli harbiy o‘ljalar evaziga boyib boshladilar hamda asta-sekin katta yer egalariga va quldorlarga aylandilar, shuningdek boy va katta harbiy kuchga ega bo‘lgan jamoa kengashi a’zolari boshqaruvchi sinfni tashkil qila boshladilar. Bularning hammasi sinfiy jamiyat shakllanishi, davlatning paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Keyingi bosqich eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda Qadimgi Grek shahar - davlatlari (polislar)ning paydo bo‘lishi va «buyuk grek mustamlakaga aylantirishi» sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Polis markazi bo‘lib atrofi devor bilan o‘ralgan shahar hisoblangan, uning atrofida esa qishloq aholisi joylashgan. Polisning barcha aholisi 2 tabaqaga - erkin aholi va qullarga bo‘lingan. Erkin aholi ham o‘zlarining mulklari hajmiga ko‘ra turli qatlamlarga bo‘lingan. Boylar qoida bo‘yicha urug‘ aslzodasi bo‘lgan va ular asosan polis harbiy kuchlarini yaratgan. Ular o‘zlarini «aristokrat»lar deb atashgan, shuning uchun shaharning siyosiy tuzilishi “aristokratiya”larga bo‘lindi. Erkin aholining qolgan qismini dehqonlar va hunarmandlar tashkil etgan. Aholining bu qatlami «demos» deb atala boshlandi va grekchadan tarjima qilganda «xalq» degan ma’noni beradi.Grek yerlarining mustamlakalashtirilishi natijasida boshqa hudud va mintaqalarda ham quldorlik shaharlari-davlatlari tashkil topa boshladi. Eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda greklar yangi yerlarni egallash maqsadida o‘sha davrga nisbatan yirik sayohatlar va yurishlar uyushtirishdi.Shundan so‘ng qadimgi dunyoning siyosiy va iqtisodiy markazlari g‘arbga, qadimgi davrning yanada qudratli quldorlik davlati - Rim joylashgan Apennin yarimoroli tomonga surila boshladi.


  1. Yüklə 32,44 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin