"psixologiya"


- guruh uchun tarqatma material



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/175
tarix24.01.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#80408
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   175
psixologiya

4- guruh uchun tarqatma material 
Iroda. Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish. Irodani tarbiyalash.
Iroda – bu biror bir maksadga erishish uchun ichki va tashki tusiklarni,
kiyinchiliklarni yengish bilan uzidagi bor imkoniyatlarni, kuchlarni safarbar 
qilish bilan boglik bo’lgan shaxs xususiyatidir. Iroda - bu kishining oldiga 
ko’yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan 
faoliyati va xulk-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi 
demakdir. Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o’z 
ehtiyojlariga ko’ra o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladigan kishining mehnat 
faoliyatida paydo bo’ladi.
Iroda o’zaro bog’lik ikkita vazifaning - undovchi va tormozlash 
vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi va ularda o’zini namoyon qiladi.
Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan tahminlanadi. Harakat oldingi 
vaziyat bilan bog’liq bo’lgan paytdagi reaktivlikdan farqli o’laroq faollik 
harakatning ayni o’zida namoyon bo’ladigan ichki xolatiga nisbatan subyektning 
o’ziga xos xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi. Kishining 
harakatga undovchi mayillari mahlum bir yo’lga solingan sistemani oziq-
ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan yashirinish ehtiyojdan tortib to 
mahnaviy, estetik va intellektual xis-tuyg’ularni boshidan kechirish bilan 
bog’lik yuksak niyatlarga borib taqaladigan motivlar iyerarxiyasini tashkil 
etadi. Agar yuksak motivlar deb quyilari, shu jumladan, hayotiy, muhim 
motivlar tusilishi va tutib turilishi yuz bersa, bu irodaning namoyon bo’lish
hisobiga bo’ladi.
Kishining tavakkalchilik sharoitidagi xatti-harakati irodaning xarakterli 
ko’rinishlaridan biri.
Tavakkalchilik - bu subyekt uchun uning ichki nomahlum va muvaffa-
kiyatsizlikka duch kelganda mumkin bo’ladigan noqulay oqibatlar (jazolash,


223 
og’riq tahsirini o’tkazish, travma, obro’ni yo’qotish va shu kabi) haqidagi 
tahminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning xarakteristikasidir.
Tavakkalchilik 
paytida 
kutilayotgan 
noxushlik 
bunday 
xolatdagi 
muvaffaqiyatsizlik ehtimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg’unlashtirilishi 
bilan belgilanadi. Tavakkalchilikning birinchi sababi va turi bu yutuqqa umid 
bog’lash,
muvaffaqiyat 
qozonilganda 
kutilayotgan 
kattalikning 
muvaffaqqiyatsizliklar oqibati darajasida ortishidir.
Tavakkalchilikda oqlangan va oqlanmagan tavakkalchiliklar bo’lib, ular 
bir-biridan farq qiladi. Oqlangan tavakkalchilik yakunning har qanday 
noaniqligi va muvaffaqiyatsizlik keltirishi mumkinligiga qaramay oqlanmagan 
tavakkalchilikdan farq qilib, irodaviy qarorga kelayotgan paytda barcha 
«yoklovchi» va «qarshilarni», tavakkalchilik xatti-harakatini belgilovchi 
motivlarning g’oyaviy va ahloqiy yuksakligi, oqilona ravishda o’ylab ko’rishni 
va shunday qilib, harakatning xavfsizlik variantiga nisbatan xavfli variantini 
afzal ko’rishni nazarda tutadi. Bunda harakat (ishning yakuni tasodifga) omad 
keladi yeki kelmaydi bog’liq bo’ladigan yoki, aksincha, muvaffaqiyat tavakkal
qilayotgan kishining shaxsiy sifatlari (uning qobiliyatlari, qathiyligi,
malakalari va h. o) bilan belgilanadigan vaziyatlar bo’lishi mumkin.
Tavakkalchilikning ikkinchi turi «vaziyat usti» yoki «xolis niyatli” 
tavakkalchilik deb, yoki bo’lmasa «tavakkalchilikni deb tavakkalchilik» qilish 
demakdir 
Ehtiyojlar 
bir 
xil 
harakatlarning 
bajarilishini 
belgilaydigan 
va 
boshqalarining bajarilishiga xalaqit beradigan har xil sabablarga (motivlarga) 
aylanadi. Irodaviy harakatlarning sabablari hamisha ozmi-ko’pmi darajada
anglanilgan xarakterda bo’ladi.
U yoki bu ehtiyojning kanchalik anglanilganiga bog’lik xolda intilish va
istakni ham farq qilsa bo’ladi.
Intilish - xali differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanil-magan
ehtiyojdan iborat faoliyat motividir.
Istak - faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning yetarli darajada tushunib
yetilganligi bilan xarakterlanadi.
Irodaviy aktning eng muhim bo’g’inlari - qaror qabo’l qilish va uni ijro 
etish ko’pincha alohida xissiy xolatning irodaviy zo’r berish sifatida 
tavsiflanadigan xolatning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Irodaviy zo’r berish 
bu xissiy hayajon shakli bo’lib, kishining harakatga qo’shimcha motivlarni 
vujudga keltiruvchi, gohida yo’q bo’luvchi yoki yetarli bo’lmovchi ichki 
resurslarini (xotirasi, tafakkuri, hayoli va boshqalar) safarbar etuvchi va ancha 
zo’rayish xolati kabi boshdan kechiriladigan sabablardir.
Irodaviy zo’r berish natijasida bir xil motivlarning harakatini to’xtatib 
ko’yib, boshqalarining harakatini xaddan ziyod kuchaytirish mumkin bo’ladi.
Irodaviy kuch-g’ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo’rquv, charchash
kabilar ustidan qozonilgan g’alaba anchagina xissiy zavq beradi.
Tashqi to’siq yengib o’tish lozim bo’lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik 
kabi boshdan kechiriladigan bo’lsa u irodaviy zo’r berishni talab qiladi.


224 
Irodaviy faoliyatning ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli 
tuzilma va o’z-o’zini boshqarish sifatida eng avvalo o’ziga, o’z xissiyotlariga,
xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik har xil odamlarda har 
xil darajada ifodalanadi. Oddiy ong o’zining namoyon bo’lishi tezligiga qarab
farqlanadigan, bir qutibda irodaning kuchi, boshqa birovda esa kuchsizligini 
ifodalaydigan narsaning individual xususiyatlarining spektrini qayd qiladi.
Kuchli irodaga ega bo’lgan kishi qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llarida 
uchraydigan istagan qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, ayni chog’da qathiylik,
mardlik, jasurlik, chidamlilik kabi irodaviy fazilatlarni namoyon qiladi. Irodasi 
sust kishilar qiyinchiliklar oldida ojizlik qiladilar, qathiyatlik, sabot-matonat 
ko’rsatmaydilar, hulq-atvor va faoliyatning yanada yuksak, mahnaviy jixatdan 
oqlangan motivlari uchun o’zlarini tuta bilmaydilar, bir daqiqalik mayilni
yo’qota olmaydilar.
Irodasi sustlikning namoyon bo’lish doirasi xuddi kuchli irodaning 
xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir. Irodasi sustlikning eng chekka darajasi 
psixika normasi chegarasidan tashqarida bo’ladi. Abo’liya va apraksiya,
masalan, shunga kiradi.
Abo’liya - bu miya potologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga 
intilishning yo’qligi, harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabo’l qilish
zarurligini tushungan xolda shunday qilaolmaslikdir.
Vrachning aytganini bajarish zarurligini aniq faxmlagan abo’liya-ga 
mubtalo bo’lgan bemor buning uchun biron narsani qilishga o’zini majbur qila 
olmaydi. Tabiiy hulq-atvor uning uchun eng xarak-terlidir.
Apraksiya - miya tuzilishining shikastlanishi natijasida kelib chiqadigan
harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishi-dir. Agar nerv 
to’qimalarining buzilishi miyaning peshona qismlarida to’xtab qolsa, xatti-
harakatlarni erkin to’g’rilashni buzilishida namoyon bo’ladigan apraksiya 
boshlanadi. Bu harakatlar berilgan programma va binobarin, irodaviy aktning
bajarilishini qiyinlashtirib qo’yadi.
Irodaviy fazilatni baholash «kuchli-kuchsiz» ulchovi bilan ifodalan-masligi 
kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, agar xal qiluvchi bo’lmasa ham,
muhim ahamiyatga egadir. Irodaviy ko’rinishlar xarakte-ristikasi, ularning 
mahnaviy bahosi irodaviy akt amalga oshirili-shining asosiga quyilgan 
motivlarning sosial ahamiyatiga bog’liq. Mahnaviy jixatdan tarbiyalangan 
irodali kishi eng avvalo o’zining individual intilishlarini irodaga va kollektiv 
obro’-ehtiboriga, jamiyat manfaatlariga bo’ysundiradigan jamoachidir.
Irodani tarbiyalash xususida so’z yuritganda irodani mustaqil tarbiyalash 
usullari har xil bo’lishi va ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishini 
bilishimiz lozim: irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf 
etishni odat qilishdan boshlash kerak; qiyinchiliklarni va to’siqlarni bartaraf 
etish mahlum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi; qabo’l qilingan 
qaror bajarilishi kerak; agar kishi uzoqqa muljallangan maqsadni oldiga qo’ygan
taqdirda uzoq istiqbolni nazarda to’tishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini 
ko’rishi, yaqin kelajakka muljallangan istiqbolni ko’ra olish. Irodani 
tarbiyalash to’g’risida gapirilar ekan, faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishi 


225 
faqat u yoki bu irodaviy fazilatlar shakllanishiga emas, balki belgilanadigan 
narsaning real bajarilish sharti sifatidagi tegishli ko’nikmalarning borligiga,
qo’yilgan maqsadlarga erishilishiga bog’liq ekanligini unutmaslik kerak.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, asosiy irodaviy fazilat-larining
rivojlanishi kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti jarayonida, u 
bilan birgalikda ishlashi davomida yuz beradi. Jamiyatdan tashqarida,
kollektivdan tashqarida kishining irodasi normal rivojlana olmaydi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin