29
psixologiyaning asosiy g’oyalaridan saqlanib qolingan psixotahlil va
bexiviorizm yo’nalishlarini o’zaro bir-biridan namoyishkorona ajratib turuvchi
“uchinchi kuch” atamasini kiritgan olimdir.
A. Maslou “Sabablar va shaxs” (1954) kitobida o’ziga xos, noyob
konsepsiyani taklif etgan bo’lib, unga ko’ra insonlar – ehtiyojlar, mayllar va
qobiliyatlarning nasliy psixologik tizimiga ega bo’lib, ular odatda jamiyat
ravnaqi uchun xizmat qiladilar.
A. Maslouning fikricha, sog’lom rivojlanish uchun bizning
qobiliyatlarimizni faoliyatlarda amalga oshirish, ko’rsatish darkor, zero, psixik
bo’zilishlarning alomati ana shu ichki imkoniyatlar, qobiliyatlarni tormozlash
yoki shu qobiliyatlarni ro’yobga chiqarmaslik natijasida paydo bo’ladi.
A. Maslou mashhur ehtiyojlar iyerarxiyasi chizmasini yaratgan bo’lib, bu
unga ko’plab e’tirozlar va e’tiroflarni olib keldi. Unga ko’ra dastlabki shart,
ya’ni asosiy fiziologik ehtiyojlar (ochlik, chanqoqlik) yuqori ustun hisoblangan
ehtiyojlardan (o’z-o’zini hurmat qilish va o’zini ro’yobga chiqarish) oldin
qondirilishi kerakdir. O’zini o’zi ro’yobga chiqarishning aniq turlari inson
xarakteriga bog’liq holda o’zgarib boradi.
A. Maslou nazariyasining tanqidchilari uning fikrlaridagi validlik
darajasiga ishonqiramay qaradi. Ularning fikricha, tashqi chiroyiga qaramay,
A. Maslou nazariyasi ilmiy asosga ega emas va dalil, isbotlar bilan qo’llab-
quvvatlanmagan. A. Maslouning o’zi esa bu nazariyani eksperimental
tomondan muvaffaqiyatli deya olmasa-da, lekin u ko’p odamlarning shaxsiy
tajribalari bilan mos keladi va ularga hayot mazmunini anglashga yordam
bergan, deb ta’kidlaydi.
A.
Maslou
ehtiyojlar
iyerarxiyasi
bo’yicha
bixevioristlardan
birinchilardan bo’lib o’z ishlarida insoniy ehtiyojlarni qanchalik murakkab
ekanligini va motivasiyaga ta’sirini yaratib beradi. 1940 yilda o’zining
motivasiya nazariyasini yarata turib, A. Maslou shuni tan oladiki, insonlar turli
xil ehtiyojlarga ega va bu ehtiyojlarni beshta asosiy toifaga ajratish mumkin.
Shunday qilib, A. Maslou ehtiyojlarning iyerarxik modelini yaratgan (1-
rasm). Uning tushunishicha, odamlar ehtiyojning ko’plab turlarini boshlaridan
kechiradilar. Muallif ularni bir necha guruhga bo’lib tahlil qilgan:
1-rasm. A. Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi
Dostları ilə paylaş: