Boshqarishning tashkiliy - ma’muriy usullari.Boshqarishning bu usuli
ikki qismdan iborat bo’lib, tashkiliy ta’sir va farmonli (ma’muriy) ta’sirlarni
shakllantiradi. Tashkilotchilik faoliyati eng nozik masalalardan bo’lib, ishlab
chiqarishdagi
hamma
kamchiliklar
(yo’qotishlar)
u
bilan
bog’liqdir.Tashkilotchilik bu ishlab chiqarishdagi tozalik, intizom va natijada
yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlardir. Yaxshi tashkilotchilik bu—bir
maromda
ishlaydigan
kishilarning
guruh-laridir.Tashkilotchilik
ishlab
chiqarishning hamma sohalarida o’mak bo’lishi kerak.Tashkilotchilik
ma’murchilik faoliyatiga ham bog’liqdir.Masalan, buyruq.Buyruqning ham o’z
andozasi bor. Buyraqda asosiy narsalar (ashyo, kimga tegishligi, bajarish
muhlati, mablag’lar) o’z aksini topishi kerak.Buyraqda uni tayyorlagan
kishining, yuristning (buyraqda nomlari qayd etilgan kishilarning) vizalari
(imzolari) bo’lishi kerak.Buyraq shoshma-shosharsizliksiz, atroflicha, savodli
tayyorlanishi kerak.Buyraqda rahbar hammadan keyin qo’l qo’yadi.
Buyraq — bu rahbarning yozma holdagi istagidir.Buyruqqa faqatgina
birinchi rahbar qo’l qo’yadi.Buyruqdan tashqari korxonalarda farmon ham
mavjud bo’lib, ko’pincha u korxona doirasida kuchga ega bo’ladi.
Tashkiliy tartiblashtirishning shakllaridan ko’p tarqalgani bu
yo’riqnomalar (ko’rsatmalar)dir. Tashkiliy me’yorlashning asosi me’-yoriylik
bo’lib, uning o’z o’lchov birliklari (vaqt, og’irlik, uzunlik, dona va hokazolar)
dir.
Me’yoriylik dogma bo’lmay moslashuvchan bo’lmog’i kerak. Nizom -
tashkiliy hujjatlarning bir turi bo’lib, tuzilmaviy bo’linmaning vositasi, huquq va
majburiyatlarini aniqlaydi. Mansab (lavozim) yo’riqnomalari mansabdorning
huquq va majburiyatlarini aniqlaydigan tashkiliy huj-jatdir. Uslubiy
ko’rsatmalar ham tashkiliy hujjatlar qatoriga kirib ish (hisob) tartibini, ish
(hisob) uchun kerakli elementlarni aniqlaydi va omilkor (kompitent)
tashkilotlar, mutaxassislar tomonidan tasdiqlanadi.