"psixologiya"



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/175
tarix24.01.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#80408
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   175
psixologiya

Tizimchanlik tamoyili.Bu tamoyil boshqaruvchi va boshqariluvchi 
tizimchalarni ko’rsatgichlari bir-biri bilan bog’liq bo’lgan murakkab tizim 
holatida qarashni taqozo qiladi. 
Shajaraviylik tamoyili boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalarga ko’p 
pog’onali shajara tarzida yondashishimizni tavsiya qiladi. 
Mos kelishlik tamoyili boshqaruvchi tizimchaning murakkabligi 
boshqariluvchi tizimchanikidan past bo’lmasligini ko’zda tutadi yoki oddiy 
ibora bilan aytganda, murakkab ishlab chiqarishga sodda boshqarish tizimini 
loyihalab bo’lmasligidan dalolat beradi. 
Qayta aloqa tamoyili boshqarish ta’siri natijasida obyektda bo’la-yotgan 
o’zgarishlar haqidagi axborot boshqaruv tizimiga vaqtida yetkazilishini 
ta’minlaydi. 
Qayta aloqa ijobiy va salbiy boiib qaysi birini tanlashni boshqarav 
tizimini loyihalagan kishilar oldiga qo’yilgan maqsadlar hal qiladi. Xulosa qilib 
aytganda — boshqarishning hamma tamoyillari muhim bo’lib, turmush ularni 
amaliyotda qo’llashni taqozo etadi. 
O’z ishini boshqarish tamoyillari asosida olib borishlik rahbar uchun 
ahloq me’yori ekanligi amaliyot taqozosidir. 
Boshqarish usullarining mazmuni. Boshqarishning iqtisodiy 
usullari—mavjud Goriy) ijtimoiy tizimning obyektiv iqtisodiy manfaatini 
ko’zlagan holda xo’jalik yuritish usullaridir. Bu usullar tarkibiga rejalashtirish, 
narx-navoni shakllantirish va boshqa iqtisodiy ko’rsatgichlar kiradi. Amaliyotda 
xo’jalik yuritish jarayonida sharoitlar o’zgaradi.Sharoitlarning o’zgarishiga 
qarab, qo’yilgan maq-sadni inobatga olgan holda, xo’jalikni olib borish 
mexanizmini, jamiyatdagi mavjud qonunlarni buzmagan holda, o’zgartirish 
kerak. 
Iqtisodiy munosabatlar quyidagi manfaatlarni qondirishi kerak: 
1. Jamoatchilik manfaati, (qurilishlar, transport va hokazolar). 
2. Tashkilot manfaati (ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejasi va 
hokazolar). 
3. Shaxsiy manfaat, (malaka oshirish, ish haqi va boshqa daromad-lar). 
Jamiyatdagi ishlatiladigan richaglar uchchala manfaatlar bo’yicha ijobiy 
natijalarga olib kelishi kerak.Lekin, bu narsa doimo kuza-tilavermaydi, ya’ni 
ba’zida umumiy ko’rsatgichlar bajariladiyu, shaxsiy ko’rsatkichlar to’la 
inobatga olinmaydi.To’la xo’jalik hisobida ishlay-digan korxonalarda bu 
uchchala ko’rsatkich, daromadga bo’lingan holda inobatga olinishi 
kerak.Shaxsiy manfaat juda nozik narsa. Shuning uchun ham har bir ijrochiga 
rejaviy ko’rsatkichlar, molning narxi, daromad, ashyo sarfi va boshqa 
qiziqtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar etkazilishi kerak. Shunday 
bo’lganda, har bir xodimning faolligi, mas’uliyatligi keskin oshadi.Bu esa ishlab 
chiqarish hajmining, mol sifatining, daromadning, ish unumdorligining 


75 
oshishiga olib keladi.Har bir xodim ishning pirovard natijasini oshirishga da’vat 
qiluvchi kishiga aylanadi. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin