"psixologiya"


-guruh uchun tarqatma material



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/175
tarix24.01.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#80408
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175
psixologiya

1-guruh uchun tarqatma material
Shaxsning ustanovkalari 
Motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi 
yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va 
holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga 
oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki 
mag’lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning 
sabablari bizga ayon bo’lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari 
avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») 
hodisasi orqali tushuntiriladi.
Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy obyektlar, xodisalar,
guruhlar va shaxslarni Idrok qilish, baholash va qabo’l qilishga nisbatan 
shunday tayyorgarlik xolatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon 
shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz,
bayrog’imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, tijorat ishlari bilan 
shug’ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu 
tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o’rnashib 
qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o’tgan hissiyotlarni boshdan 
kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo’lib,
ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida 


152 
shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ro’yobga 
chiqadi. Demak, motiv — har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning 
sababi (undov), sharti bo’lsa, ustanovka — ana shu harakat yoki faoliyatni 
amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli 
tizimini ishlab chiqqan: 
A. Kognitiv komponent — ustanovka obyektiga aloqador bilimlar, g’oyalar,
tushuncha va tasavvurlar majmui; 
B. Affektiv komponent — ustanovka obyektiga nisbatan subyekt his qiladigan 
real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emosional munosabatlar); 
V. Harakat komponenti — subyektning obyektga nisbatan real sharoitlarda 
amalga oshirishi mumkin bo’lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo’lish).
Bu uchala komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, vaziyatga 
qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo’lishi mumkin. Shuni aytish 
lozimki, komponentlararo monandlik bo’lmasligi ham mumkin. Masalan,
ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish 
bo’lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars 
qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va 
harakat komponentlarida uyg’unlik yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z 
va ish birligi prinsipining turli shaxslarda turlicha namoyon bo’lishini eslatadi.
Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa, va bu 
narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib qoladi va ustanovkaga 
aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va 
sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo’lmasligiga 
yoshlarni o’rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining 
samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar orasida eng ko’p o’rganilgani 
ustanovka masalasidir. Bu masalani gruzin psixologi D. N. Uznadze va uning 
xodimlari ishlab chiqqan.
Ustanovka bilish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojni ma’lum usulda 
qondirishga tayyor turish tushuniladi. Ko’rsatma berish shaxsning o’zi anglab 
yetmagan bir holatdir. Bunday holatda shaxs biror ehtiyojini qondirishi mumkin 
bo’lgan ma’lum faoliyatga tayyor turgan bo’ladi.
Kishining o’z maqsadiga erishish yo’lida uchraydigan qiyinchiliklar 
tufayli unda ishonchsizlik, umidsizlik holatlari hosil bo’ladi. Buni frustrasiya 
deyiladi.
Frustrasiya kishini tajang, tajovuzkor, qo’pol qilib qo’yishi yoki 
aksincha uni yuvosh qilib qo’yishi mumkin. O’quvchilarga tarbiya berishda 
frustrasiyani oldini olib, yengib bo’lmaydigan narsa yo’qligini, bu 
qiyinchiliklar vaqtincha ekanligini aytib, ishontirib ularda istiqbolni yaratish 
kerak.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin