"psixologiya"



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/175
tarix24.01.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#80408
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   175
psixologiya

 
2. Psixika va ong. 
Ko’pincha biz psixika bilan ongni bir ma’noda ishlatamiz. Bu to’g’ri. 
Chunki psixikaning yuksak shakli ong bo’lib hisoblanadi. Lekin psixika 
insonlarga ham, hayvonlarga ham xosdir, ong esa faqat insonlarga xos 
xususiyatdir.
Obyektiv borliq inson miyasida turli xil darajada aks etadi. Ong 
psixikaning eng yuksak darajasi bo’lib, u faqat insongagina xosdir. Ong 
ijtimoiy-tarixiy sharoitda, mehnat faoliyatida boshqa odamlar bilan til 
yordamida munosabatda bo’lishi natijasida shakllangan. Ontogenetik taraqqiyot 
jarayonida ham ong ijtimoiy muhit ta’siri ostida faoliyat va muloqot jarayonida 
shakllanadi.
Psixologiya fanida "ong" tushunchasi bilan bir qatorda "ongsizlik", "ong 
osti" tushunchalari ham o’rganiladi va tahlil qilinadi. Ongsizlik psixikaning 


17 
quyi darajasi bo’lib, bunda qilinayotgan ishlarga hisobat berilmaydi, xulq-atvor 
va hatti-harakatlar ongli ravishda boshqarilmaydi. Ongsizlik sohasiga quyidagi 
psixik xodisalarni kiritish mumkin: uyqu holatidagi xodisalar (tush ko’rish); 
ilgari ongli bajarilgan, ammo ko’p takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan 
hatti-harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo anglanmaydigan mayllar va h. k.
Kasal odam psixikasida yuzaga keladigan ba’zi patologik holatlar ham ongsizlik 
xodisalari jumlasiga kiradi: alahlash, gallyusinasiya va shu kabilar.
Hayvon psixikasi bilan inson ongini bir-biridan farq qila bilmoq kerak.
Inson ongining hayvon psixikasidan asosiy farqini quyidagilarda ko’rish 
mumkin: 
1. Inson hayvonlardan farq qilib o’z faoliyatining bo’lajak natijasini oldindan 
ko’ra olishi mumkin. Bundan tashqari, kishi o’z ishini oldindan rejalashtiradi,
uni bajarish uchun eng oson yo’l, usullarni tanlaydi.
Agar hayvonlar atrofdagi muhitga ongsiz ravishda moslashsalar, inson 
esa o’z ehtiyojini ko’prok darajada qondirish uchun muhitga ongli, rejali 
ravishda moslashadi. Bu moslashish mehnat jarayoni orqali bo’ladi.
2. Inson shuning uchun o’z faoliyatini rejalashtiradiki, oldindan ko’ra biladiki,
chunki u nutqqa egadir. Uning nutqqa ega bo’lishi hayvonlardan ajratib 
turuvchi ikkinchi muhim farqidir. Doimo boshqalar bilan munosabatda bo’lish,
kitob o’qish, ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishish, texnikani egallash 
tufayli inson o’z ongini boyitib, o’stirib boradi.
3. Insonning hayvonlardan yana bir muhim farqi shuki, u jamiyat ichida,
jamoa ichida yashaydi. Jamiyatda yashamasdan, jamoa a’zolari bilan 
munosabatda bo’lmasdan turib inson shaxsi shakllanmaydi.
Insonning ongi mehnat jarayonida, yangi-yangi mehnat qurollarini yasash 
prosessida o’sib boradi.
Xulosa qilganimizda, psixologiya inson va hayvonga xos bo’lgan psixik 
jarayonlarni, ularning paydo bo’lish yo’llarini va rivojlanish xususiyatlarini 
o’rganadigan fandir. Psixika esa bosh miya va nerv sistemasining mahsulidir.
U doim o’sib, rivojlanib boradi. Psixikaning eng yuksak shakli ong bo’lib, u 
faqat insonlarga xosdir. Ong shaxsiy va ijtimoiy shaklda bo’ladi.
Inson psixikasining taraqqiyoti filogenez va ontogenezni boshidan 
kechiradi. Filogenez shuki, odamzod paydo bo’lgandan toki hozirgi davrgacha 
avloddan-avlodga psixika takomillashgan holda o’tgan. Masalan, dastlabki 
odaminson maymunlar yoki ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi odamlar bilan 
hozirgi insonlar psixikasi o’rtasida beqiyos darajada katta farq bor. Ontogenez 
esa bola tug’ilgan kundan toki umrining oxirigacha yoshining ortib borishi bilan 
psixikasining ham o’sib, rivojlanib borishidir.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin