"psixologiya"



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/175
tarix24.01.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#80408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
psixologiya

 
 



1-MAVZU: PSIXOLOGIYANING PREDMETI, VAZIFALARI VA 
TADQIQOT METODLARI 
 
 
Aniqlashtirilgan 
o’quv 
maqsadlari
Talaba 
bu 
mavzuni 
to’la
o’zlashtirgandan so’ng: 
-Psixologiyaning paydo bo’lish tarixini biladi; 
- Psixologiya fanining maqsadini aytib beradi; 
- Psixologiyaning tarmoqlarini sanaydi; 
-Har bir tarmoq uchun ta’rif beradi; 
- Psixologiya atamasi uchun klaster tuzadi. 
Tayanch so’z va iboralar
Psixologiya, psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, shaxs xususiyatlari,
xulq-atvor, fikrlash, his qilish, umumiy psixologiya , pedagogik psixologiya 
yosh davrlari psixologiyasi, metod, kuzatish, eksperiment, test, anketa,
so’rov, sosiometriya, suhbat, intervyu 
 
Asosiy savollar:
1.Psixologiya fanining predmeti.
2.Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy 
bosqichlari.  Sharq mutafakkirlarining falsafiy va psixologik qarashlari 
3.Psixologiya fanining tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.Psixologiya fanining metodlari.
1. Psixologiya fanining predmeti. 
Har bir fan boshqa fanlardan o’z predmeti bilan farq qiladi. Psixologiya 
ham alohida fan sifatida, voqyelikning alohida sohasi bo’lgan psixik (ruhiy) 
hayotni o’rganadi. “Psixologiya” so’zining o’zi yunoncha psyuxye (ruh, jon) 
va logos (so’z, ilm) degan ikki so’zdan olingan bo’lib, ma’nosi ruh haqidagi 
ilm demakdir. Lekin uning bu ma’nosi hozirgi zamon psixologiyasining asl 
mazmunini ochib bera olmaydi Chunki hozirgi psixologiya fani psixika, uning
zohir bo’lishi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fandir (G’oziyev E).
1
Psixologiya psixik holatlar, psixik jarayonlar va ularning mexanizmlarini 
o’rganadigan fandir (A. V. Petrovskiy).
2
Har birimizda mavjud bo’lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol,
nutq, tafakkur, hissiyot, idora kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari har 
bir shaxsning o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlar: qiziqish, havas, qobiliyat va 
iste’dod, temperament va xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga 
kiradi. Psixik jarayonlarning umumiy yig’indisini bir so’z bilan psixika deb 
yuritamiz.
Psixika organik hayotning yuksak formalaridan bo’lib, u hayvonlar va 
insonga xosdir. Lekin hayvonlarning psixikasi inson psixikasiga nisbatan 
1
G’oziyev E. F. Psixologiya. –Т. : «O’qituvchi», 2007. -508 b.
2
Umumiy psixologiya. А. V. Petrovskiy tahriri ostida. –Т. : «O’qituvchi», 2002. -508 b. 



soddaroq tuzilgandir. Inson psixikasi miqdor jihatidan ham, sifat jihatidan ham 
hayvonnikidan farq qiladi.
Insondagi psixik hayot sohalari nihoyat xilma-xildir. Shunga 
qaramasdan ular bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. Psixologiya 
fanining vazifasi ana shu bog’lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib 
berishdir. Bundan tashqari, Respublikamiz mustaqillika erishgan hozirgi 
davrda inson ongidagi sarqitlarni, birinchi navbatda, sobiq kommunistik 
g’oyalardan xalos qilish, bolani yangicha fikr yuritishga o’rgatish, uning 
ongiga ta’sir qilishning eng samarali yo’llarini ko’rsatib berish ham 
psixologiyaning vazifasidir.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin