O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Hayvonlarning intellektual harakatlari. Ayrim narsalar o’rtasidagi
murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini
tashkil qiladi. Yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o’rtasidagi
munosabatlarni payqay oladilar va mazkur vaziyatga qarab, uning natijasini
oldindan ko’ra olishadilar. Bunday harakatni aqliy harakat tipi deyish mumkin.
Odamlar yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni
(odamsimon maymunlarni) alohida o’ringa qo’yadilar. Ularning faoliyatining
aktivligi, buning ustiga ularda ko’zning yuksak darajada taraqqiy qilganligi
ularning idrok doiralarini beqiyos ravishda kengaytiradi, tajriba boyliklarini
nihoyatda oshirib yuboradi, ko’nikmalarning tarkib topishi hamda harakat
shakllarining vujudga kelishi uchun boshqa hayvonlardagiga qaraganda
baquvvat asosni yuzaga keltiradi. Maymunlar intellekti (akli) ularning
murakkab masalalarni yecha olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular
faoliyatining yo’nalishi bilan ham xarakterlanadi. Maymunlar qo’llariga tushib
qolgan narsalarni soatlar davomida mayda bo’laklarga ajratadilar, odamlarni har
xil usullar bilan o’z qafaslari oldiga jalb qiladilar, yerda sudralib ketayotgan
xashoratni kuzatib tura oladilar. Maymunlar xulq-atvoridagi bunday
xususiyatlarning kelib chiqishiga ularning yashash usuli sabab bo’lgan. Boshqa
hayvonlarga nisbatan maymunlarda harakatlarning taraqqiyot darajasi qo’l
tipidagi oldingi oyoqlarning mavjudligi bilan ham bog’liqdir. "qo’l"ning
mavjudligi tufayli maymunlar tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab
munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir. Ma’lum sharoitlarda
maymunlarda instinktiv shakllari ham nomoyon bo’ladi. Biroq taraqqiy etgan
katta maymunlarning instinktiv harakatlari taraqqiyotning pastki bosqichidagi
hayvonlarning instinktiv harakatlaridan jiddiy farq kiladi. Masalan uy qurish
jarayonida maymunlar materialni analiz qilib ko’rar ekan. Instinklarda tashqi
sharoit hisobga olinar ekan. Maymunlarda ko’nikma xosil qilishning ham o’ziga
xosligi bor. Agar past darajada rivojlangan hayvonlarda ko’nikma tez
shakllantirilsa,
maymunlarda
bu
jarayon
biroz
murakkab
kechadi.
Maymunlarning "qiziquvchanligi" natijasida ularning diqqatini ko’pincha biror
harakat va obyektga qaratish, tuplash qiyin.