Instinktlar. Instinktlar hayvonlar hatti-
harakatlarining murakkab, tug’ma shaklidir. Masalan: qushlarning in yasashda
cho’p, loy tanlashi, o’rgimchaklarning to’qish san’ati. Asalari o’z kataklarida
go’yo puxta hisob qilib turganday, aniq reja bilan ko’radi. Bundan tashqari
asalarilarda bir-birini xabar berish qobiliyati mavjud. Instinktlar bir qator
moslashuv harakatlari tizmasidan iborat. Bir harakatning tugallanishi boshqa
harakatni vujudga keltiradi. Instinktiv harakatlar yuzaki kuzatganda o’zining
"maqsadga muvofiqliligi" bilan kishini hayratda qoldiradi. Biroq bu "maqsadga
muvofiq hatti-harakatlarda maqsadni anglashni uchratmaymiz. Instinktlar
ma’lum tashqi qo’zg’atuvchi(lar)ning ta’sir ko’rsatishiga javob tariqasida
yuzaga keladi. Instinktiv hatti-harakat deyarli o’zgarmaydi, lekin bu
harakatning bironta muhim qismi o’zgarib qolsa, u har gal maqsadga
muvofiqligini yo’qotadi. Masalan, agar asalarilarning asal saqlash uchun
yasalgan uyalarini orqa tomonidan qirqib qo’yilsa (ya’ni tagi teshib qo’yilsa),
bunday holda asalari ma’lum miqdordagi asalni tagi teshik uyaga solib, garchi
asal uyaning tagidan allaqachon oqib ketgan bo’lsa ham, uyaning og’zini ustki
tomondan mum bilan berkitib quya beradi. Harakatlarning instinktiv shakllari
faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdirlar. Shuni qayd qilib qilib
o’tish kerakki, garchi ma’lum instinktlar bir turdagi barcha organizmlarga xos
bo’lsa ham, lekin ularni amalga oshirish alohida organizmlarda biroz
boshqacharoq bo’ladi. Instinktiv hatti-harakatlarning ana shunday nisbatan har
xil tarzda amalga oshirilishi yashash sharoiti keskin o’zgargan xolda
organizmlar turining saqlanib qolishiga imkon beradi.
Ko’nikmalar. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda, xususan sut
emizuvchilarda hatti-harakatning yanada aninroq aks ettirishga yordam beruvchi
yangi, ildamroq shakllari ko’proq rol uynaydi. Bular - ko’nikmalar (harakatning
individual tarzda orttirilgan shakllari). Ko’nikma deganda hayvonlarda shartli
bog’lanishlar asosida yuz beruvchi va avtomatik ravishda sodir bo’luvchi
harakatlar tushuniladi. Instinktlar singari ko’nikmalar ham taraqqiyotning turli
bosqichlarida uchraydi. Lekin yaqqol ifodalangan ko’nikmalarni faqat bosh
miyaning po’stiga ega bo’lgan hayvonlardagina ko’rish mumkin. Hayvonlar
ko’nikmalarining tarkibiga kiruvchi harakat elementlari hayvon mansub bo’lgan
turning tajribasini qayta tiklovchi tug’ma harakatlardan ham takrorlash
jarayonida mustahkamlangan tasodifiy harakat namunalaridan iborat bo’lmog’i
mumkin. Hayvonlarda hosil qilingan (bo’lgan) ko’nikmalar sharoit
murakkablashishi yoki o’zgarishi bilan o’zi ham o’zgarishi, yangi,
o’zgartirilgan sharoitga ko’chishi mumkin. Ko’nikmalar bir-birlaridan muhim
jixatdan farq qilishlari mumkin: bir holatda ko’nikmalar o’zlarining
avtomatizmlariga ko’ra instinktlarga yaqinlashsalar, boshqa bir holatda
intellektual harakatlarga yaqinlashadilar.