27
3(2) -MAVZU: SHAXS VA UNING FAOLIYATI
(Mazkur mavzu 4 soatga mo’ljallangan bo’lib 2 bo’limi “Faoliyatning
psixologik tahlili” deb nomlanadi)
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari.
Talaba bu mavzuni to’la
o’zlashtirgandan so’ng:
- Inson faoliyati va uning psixologik to’zilishi biladi;
- Faoliyat va ijtimoiy xulq motivasiyasini aytib beradi;
- Motivlarning turlarini sanaydi;
- Shaxs va uning motivlari: muvaffaqiyatga erishish va mag’lubiyatlardan
qochish motivlariga ta’rif beradi;
Tayanch so’z va iboralar:
Shaxs
faolligi, tashqi faollik,
ichki faollik, faoliyat,
perseptiv harakat,
mnenik faoliyat,
fikrlash faoliyati, imajitiv faoliyati, malaka, ko’nikma,
motiv, ijtimoiy ustanovka.
Asosiy savollar
:
1.
Shaxs va uning faolligi
2.
Ehtiyojlar va ularning turlari.
3.
Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar.
4.
Ijtimoiy hulq motivlari va shaxs motivasiyasi.
5.
Motivlarning turlari
1.Shaxs va uning faolligi.
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har
bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy
xususiyat —
bu uning
faolligidir.
Faollik (lotincha «actus» — harakat,
«activus» — faol so’zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi
barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu —
o’sha oddiy qo’limizga
qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog’liq
elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish
paytlarimizda amalga
oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador
ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning
ongi va o’z-o’zini anglashi
muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat
turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
Dostları ilə paylaş: