9
muxandislik psixologiyasi
— avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari
operatorining faoliyatini,
odam — texnika
o’rtasida funksiyalarni taqsimlash va
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi;
harbiy psixologiya
— kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon
bo’ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o’rtasidagi
munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;
savdo psixologiyasi
— jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari,
ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, haridorga xizmat
ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan,
modalar psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator
masalalarini o’rganadi;
tibbiyot psixologiyasi
— shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-
atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.
Shuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi,
boshqaruv
psixologiyasi,
shaxs
psixologiyasi,
sport
psixologiyasi,
psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi boshqa ko’plab sohalari
mavjudki, ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda
psixologiyaning fan sifatidagi o’rni va maqsadidan kelib chiqadi.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik
mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu
yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan
bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan
sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqyei o’ziga xos va
yetakchidir.
1.
Falsafa va psixologiya
aloqasi bu ikkala fanning inson va uning hayoti
mohiyatini to’la anglash va uning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o’rni
va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining
rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya
falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri
qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega
bo’lishiga yordam beradi.
Sosiologiya
fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar
sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, psixologiya
ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko’lami
kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil
ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb
etgan ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular
jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi.
2.
Pedagogika bilan psixologiyaning
o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy
va azaliy bo’lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga
oshirishdagi roli va nufuzi o’ziga xosdir. Respublikamizda amalga
oshirilayotgan yangi «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» hamda «Kadrlar
tayyorlashning milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va
o’zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Milliy dasturda
e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur
10
bilimlar sohibi bo’lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar
orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq
etishda pedagogikaning o’z uslub va qoidalari yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun
ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish
davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o’qitish
texnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy hamda
intellektual qobiliyatlarga nechog’lik ta’sir ko’rsatayotganligini o’rganish
asosida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik
metodlar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi.
3
. Biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b. q.
psixik xodisalar va
jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning
kechishi qonuniyatlarini obyektiv o’rganish uchun material beradi. Ayniqsa,
bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini
boshqarishda va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e’tirof etgan holda
psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan
omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish
uning tug’ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo
etgani sababli, o’sha tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda
psixofiziologiyaning qator usullaridan (miya assimetriyasi qonunlari, miya
bioritmlarini yozib olish, neyrodinamik xodisalarni aniqlash, qon aylanish va
tana haroratini o’lchash metodlari) o’z o’rnida foydalanadi va biologiya,
anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan
yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan
barcha yutuqlar psixologiyaning predmetini mukammalroq yoritishga o’z
hissasini qo’shgan.
Kibernetika
fani sohasidagi yorishilgan yutuqlar psixologiya
uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish
va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va
kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus
dasturdan o’z o’rnida foydalanadi. Ayniqsa, axborot asri bo’lgan XX va har bir
alohida ma’lumotning qadr-qimmati oshishi ko’tilayotgan XX1 asrda
informasion texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda
kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi.
4.
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning
o’zaro aloqasi va hamkorligi ham
yangilik bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish
sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish
qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. Shaxsini tarbiyalash
va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo’lga
kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga
olsa, iqtisodiyot o’z navbatida iqtisodiy islohotlarning obyekti hamda subyekti
bo’lmish inson omilidagi barcha psixologik o’zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish
va shu asnoda bashorat qilish vazifasini yechishi kerak.
Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada
rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji
uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o’sha barcha fanlar
bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi. Bu tibbiyot, qishloq ho’jaligi, kimyo
|