2. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining
asosiy bosqichlari.
Psixologiya tashqi olamni faol ravishda sezgilar, idrok, tafakkur,
hissiyot va boshqa shaklda aks ettiruvchi psixik jarayonlar va psixik xodisalar
haqidagi fandir. Ko’p asrlar davomida psixologiya tavsifiy bilimlar sohasi
sifatida shakllandi.
Qadimgi zamonlardan boshlab ijtimoiy hayot ehtiyojlari har bir kishidan
boshqa kishilarning psixologik xususiyatlarini, ularning xarakterlarini, xulq-
atvorini o’rganishni va hisobga olishni taqoza qilgan. Hayot davomida
boshqalarning xulq-atvorini kuzatish, ulardan amalda foydalanishga intilish
jarayonida kishi ruhiy olamida (psixikasida) ko’p tushunarsiz, ba’zan sirli
xodisalarga duch kelganlar. Bunday xodisalar jonning ishi deb tushunilgan.
Ularning tasavvuricha, jon o’z mohiyatiga ko’ra o’lmas, boqiy, ko’rinmas,
hidsiz, ilohiy (xudo tomonidan berilgan) xususiyatdir. Tana jon uchun
vaqtinchalik joy. Jon tanadan chiqib ketishi, qaytib kelishi mumkin, jon tanani
boshqaradi deb hisoblaganlar. Kishilar hayotida uchraydigan (masalan, tush
ko’rish, alahsirash, jahl, o’lim va h. k. ) xodisalar jonning faoliyati va
xususiyati bilan tushuntirilgan. Masalan, tush ko’rish - jonning tanada chiqib
ketishi va boshqa jonlar bilan uchrashishi, o’lim - jonning qaytib kelmasligi
bilan tushuntirilgan. Jonning o’zini turlicha tasavvur qilganlar. Gretsiyalik
mutafakkirlardan Geraklit (eramizdan oldingi VI asr) jonni "uchquncha"dan,
Demokrit (eramizdan oldingi V asr) "olov atomi"dan iborat deb hisoblaganlar.
Shu bilan birga tabiatni o’rganish, aniq va tibbiy fanlardagi rivojlanish, kishi
tanasi tuzilish haqidagi bilimlarning boyishi natijasida psixika (jon) haqidagi
bilimlar ham ilmiylashib borgan. Eramizdan oldingi VI asrda yashab o’tgan
grek vrachi Alkmeon anatomiya hamda tibbiyot sohasidagi tajribalarga
asoslanib, psixikaning organi MIYA degan fikrni ilgari surdi. Keyinchalik
ko’pchilik olimlar (shu jumladan Aristotel ham) psixikaning asosiy organi yurak
bo’lsa kerak degan fikrni himoya qilganlar. "Medisina fanining otasi" Gippokrat
(eramizdan oldingi V asr) temperament haqidagi (sharqda temperament "mijoz"
deb yuritilgan) ta’limotni yaratdi. Ularning fikricha kishi temperamenti kishi
tanasidagi "sharbatlar" (suyuqliklar) aralashmasi va ularning nisbati bilan
tushuntirilgan. Shunday qilib psixikani ilmiy tushunishda ilmiy tushunishga
katta qadam qo’yilgan.
6
Ko’pchilik adabiyotlarda psixologiya fanining asoschilaridan biri ("otasi")
makedoniyalik mutafakkir Aristotel (eramizdan oldingi IV asr) deb ko’rsatiladi.
Aristotel jonning rivojlanishi tirik tabiatning rivojlanishi bilan muvofiq boradi
degan g’oyani ilgari surdi va himoya qildi. Unga qadar jon va tirik tana ikki xil
narsa deb qaralar edi. Aristotel jon va tananing birligi haqidagi g’oyani
maydonga tashladi. U psixika haqidagi fikrlarini "Jon haqida" nomli risolasida
aks ettirdi. Bu risola psixologiya fani sohasida maxsus yozilgan birinchi asar
hisoblanadi. Aristotel tomonidan yoritilgan sezgilar, ularning turlari,
assosiasiyalar haqidagi fikrlar bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani
yo’q.
Eramizdan oldingi II asrda rimlik vrach Galen fiziologiya va medisina
sohasida erishilgan yutuqlarni umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari
haqidagi tasavvurlarni birmuncha boyitdi.
XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib
berdi. Tana va jonni tushunish sohasida tubdan o’zgarishlar yuz berdi. Inson
tanasi mashinaga o’xshatiladi. Tana ham mashina singari ishlaydi deb qaraladi.
Buyuk fransuz mutafakkiri Dekart hatti-harakatlarning reflektor ("refleks" so’zi
fransuz tilidan kirib kelgan bo’lib "aks ettirish" degan ma’noni anglatadi)
xarakteri haqidagi g’oyani ilgari surdi.
XIX -XX asrga kelib barcha fanlar sohasida (ayniqsa biologik va aniq
fanlar) erishilgan yutuqlar ta’siri ostida psixologiya fanida, psixikani
tushunishda juda katta o’zgarishlar ro’y berdi.
XIX - XX asrda psixologiya mustaqil, eksperimental fan sifatida
rivojlandi. Bunga tabiiy fanlar sohasida, ayniqsa biologiya, sezgi organlari
fiziologiyasi,
psixofizika
va
psixofiziologiya,
oliy
nerv
faoliyati
fiziologiyasining rivojlanishi, hamda psixologiyaga pedagogika, medisina,
ishlab chiqarishning talabining kuchayishi sabab bo’ldi.
Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixini to’rt bosqichga bo’lish
mumkin:
I. Psixologiya jon, ruh haqidagi fan sifatida. Psixologiyaga bundan 2500 yil
avval shunday ta’rif berilgan. U davrda inson hayotidagi ko’plab tushunarsiz
voqyealarni jon, ruh va uning xususiyatlariga bog’lab tushuntirishga uringanlar.
II. Psixologiya ong haqidagi fan. Tabiiy fanlarning rivojlanishi ta’siri ostida
XVII asrda paydo bo’ldi. Kishining fikrlash, his qilish, istaklarining namoyon
bo’lishini ong deb atadilar. Psixologiya fanining eng asosiy tadqiqot metodi
o’z-o’zini kuzatish va tahlil qilish hisoblangan.
III. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda shakllangan bo’lib,
psixologiyaning asosiy vazifasi bevosita kuzatish imkoniyati bo’lgan psixik
xodisalar, ya’ni kishining xulq-atvori, harakatlari, reaksiyasi kabilarni
o’rganish hisoblangan. Kishining hatti-harakatlari ostida yotgan motivlar
hisobga olinmagan.
IV. Psixologiya psixik faktlarni, psixik xodisalarning mexanizmlari va
qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sifatida. Hozirgi zamon psixologiya fani
psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi, falsafa, tabiiy va tibbiy fanlar, aniq
fanlar sohasidagi ko’plab boy tajribalarga asoslanib shakllangan.
|