122
narsa va xodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Uy,
ko’prik, koinot, daraxt kabilar tushunchalardir.
Tushunchalar odatda konkret
va abstrakt bo’ladi. Konkret tushunchalarga parta, doska, shkaf, mel, deraza
kabilar kirsa, abstrakt
tushunchalarga esa muxabbat, baxt, go’zallik, uzunlik,
balandlik, kenglik, harakat kabilar kiradi.
Tushunchalar ko’lami jihatdan uch to’rga bo’linadi: yakka tushunchalar,
umumiy tushunchalar va to’planma tushunchalar.
Yakka tushuncha deb yakka predmet yoki xodisa xaqidagi tushunchaga
aytiladi. Masalan, Alisher Navoiy, Qo’qon,
Sirdaryo, Sobir Rahimov kabilar.
Umumiy tushuncha deb bir jinsda bo’lgan narsa va xodisalar to’plami haqida
yaxlit fikr yuritishga aytiladi. Masalan, kitob, maktab, student, o’spirin,
yulduz va boshqalar.
Tuplanma tushuncha deb bir xil narsalarning to’plamiga aytiladi. Masalan,
kutubxona, paxtazor, yig’ilish kabilar.
Fikr yuritishda tushuncha bilan so’z o’zaro bog’langan
holda namoyon
bo’ladi. Bir tomondan, so’z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikinchi
tomondan so’z tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi.
Tushunchalar bir yoki undan ortiq so’zlardan xosil bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: