"psixologiya"


Tafakkurning individual xususiyatlari



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3. Tafakkurning individual xususiyatlari. 
Tafakkur muammodan, savoldan, taajjublanish, hayratga tushish yoki 
ziddiyatdan kelib chiqadi. Mazkur muammoli vaziyat shaxsni fikr yuritishga 
tortadi, uning faoliyatini noaniq muammoni hal qilishga undaydi. 
Muammoli vaziyat o’z ichiga quyidagi muhim tomonlarni qamrab olishi 
mumkin, birinchidan, muammoning quyilishini inson tushunib yetishi,
ikkinchidan, muammoni hal qilishga yordam beruvchi vosita, usul, yo’l, aqliy 
harakatlarni insonning o’zi izlab topishi va ularni ma’lum sistemaga solishi,
uchinchidan, inson muammoni hal qilish uchun saralangan usullarni avvalgi 
usullardan ajratish, ya’ni ularning salbiy tomonlarini olib tashlab, qolganlaridan 
o’z o’rnida va to’g’ri foydalanishi, to’rtinchidan, inson muammo yechimining 
to’g’riligiga ishonch hosil qilishi uchun tanqidiy nuqtai nazardan tekshirib 
chiqishi kabilar.
Muammo hal qilingandan keyin uni tanqidiy nazardan tekshirib chiqish va 
to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qilish faoliyati ham ijobiy xarakter kasb etadi.
Shunday qilib, bir talay amallardan foydalanish tufayli muammo hal qilinadi: 
qo’yilgan muammoni bo’laklarga ajratib analiz qilish, muaamoni yahlit holda 
tushuntirib berish, muammoni hal etish uchun vositalar qidirish, topgan 
vositalarni qo’llash, muammoni tanqidiy tekshirib chiqish, shuningdek, 
muammo yechimi to’g’risida mantiqiy xulosaga kelish kabilar.
4. Hayol va uning turlari. Hayol jarayonida analitiko-sintetik faoliyat.
Hayol tafakkur singari yuksak darajada rivojlangan bilish prosesslari 
jumlasidan bo’lib, u insonlargagina xos jarayondir. Hayol inson faoliyatining 
turli sohalarida muhim rol uynaydi. Chunki mehnatning natijasini aniq tasavvur 
qilmasdan turib kishi ishga kirishmaydi. Mehnatning bo’lajak natijasini hayol 
yordamida oldindan ko’ra bilish esa inson faoliyatining hayvonlar instinktiv 
harakatlaridan tub farqi bo’lib hisoblanadi. Har qanday mehnat jarayonida hayol 
faol ishtirok etadi. Hayol ayniqsa badiiy, ilmiy, adabiy, texnik, konsturktorlik 
faoliyatlari, umuman ijodiy faoliyatning eng muhim tomoni bo’lib hisoblanadi. 


124 
Hayolning psixik jarayon sifatidagi birinchi va asosiy vazifasi mehnatning 
bo’lajak natijasini (masalan, stolni tayyor holatda) oldindan ko’ra bilish bilan 
birga, uning oraliq maxsulotlarini (stulga kerakli barcha detallarni birin-ketin 
yasash) ham oldindan aniq tasavvur qila olishdan iboratdir. Bundan tashqari, 
hayolning vazifasi o’zimiz bevosita ko’rmagan, idrok qilmagan narsa va 
xodisalarning obrazlarini miyamizda gavdalantirishdan ham iboratdir.
Hayol deb biz ilgari idrok qilmagan, tajribamizda uchratmagan narsa va 
xodisalarning obrazlarini mavjud xotira tasavvurlari asosida miyamizda 
yaratishda ifodalanadigan faoliyatga aytiladi. Turmushning muayyan bir 
sharoiti, odamning bilish, amaliy, axloqiy, estetik va boshka extiyojlari hayol 
jarayoniga sabab bo’ladi. Ma’lumki, kishilar o’tmishda tabiat berayotganiga 
qanoat qilmay, uni o’zgartirish, qayta qurish va undan ko’proq narsalarni undirib 
olish uchun hayol surganlar. Natijada hayollarida yangi-yangi mehnat qurollari 
obrazlarini yaratganlar, bu obrazlar asosida esa o’sha qurolning o’zini 
yasaganlar. Demak, dastlab hayol obrazlari tabiatni o’zgartirshga extiyoj sezish 
tufayli kishilarda paydo bo’lgan. 
Tafakkur o’xshab hayol ham muammoli vaziyat, ya’ni extiyojlarni 
qondirish uchun yangi-yangi usullar qidirish jarayonida vujudga keladi. 
Boshqacha aytganda, extiyojni qondirish uchun extiyoj sezayotgan narsani aniq, 
ravshan tasavvur qilish lozim bo’ladi. Hayol jarayoni orqali borliqni aks ettirish 
aniq obrazlar shaklida, aniq tasavvurlar shaklida bo’lsa, tafakkur jarayoni orqali 
aks ettirish tushunchalar orqali bo’ladi. Ko’pincha biror ehtiyojni qondirish 
uchun qilinayotgan faoliyat jarayonida hayol va tafakkur barovar ishtirok etadi,
ya’ni har bir harakat fikr yuritish orqali amalga oshirilishi bilan birga, harakat 
usullari yaqqol tasavvur qilib ham turiladi.
Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hal qilinishi lozim 
bo’lgan narsa qanchalik noaniq, noravshan bo’lsa, hayolning roli shuncha ortadi 
yoki aksincha. Hayolning yana qimmatli tomoni shundaki, yetarli bilimga ega 
bo’lmasdan turib ham muammoli vaziyat paytlarida qaror qabul qilishi va uni 
bajarishga yo’l topishi mumkin. Tafakkurda esa chuqur bilimsiz muammoli 
masalalarni hal qilib bo’lmaydi.
Odatda turli sohalarga oid axborotlarning yetarli bo’lmagani kishini hayol 
surishga olib keladi. Agar u hamma narsani bilganda edi hayol surmas, faol 
ravishda hayol obrazlari yaratmas edi. Bizni o’rab olgan olamda o’rganilmagan 
narsalar qanchalik ko’p bo’lar ekan, hayol shunchalik inson uchun foydali bo’lib 
qolaveradi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin